105
11. Guash, bo‘yoq‚ mo‘yqalam.
12.
Leska, mayda qum qog‘oz.
Avval qo‘g‘irchoqning boshini yasaymiz. Buning uchun bizga loy kerak
bo‘ladi. Loydan yasalgan kallani bosh tarafidan pastga
qaratib quloqlarining
o‘rtasidan leska bilan bo‘lib olamiz. Shunda kallaning yuz qismi va orqa qismi
paydo bo‘ladi. Silliq faner ustiga yuz tarafini qo‘yamiz. Alohida idishda alebastrni
suv bilan aralashtirib tayyorlab olamiz. Loydan yasalgan yuz qismiga ozgina yog‘
surtamiz va tayyorlangan alebastrni quyib qolipni tayyorlaymiz va ochiq havoda
quritamiz. Loyning orqa tarafini ham shu yo‘l bilan tayyorlab olamiz. Alebastr
qotganda so‘ng ichidagi loyni olib tashlaymiz va qolip ichiga pape-mashe qilib bir
necha kavat kogoz yopishtiramiz. Qog‘ozni qolip ichiga yelimlashda oq qog‘ozdan
bir necha bo‘lak yelimlaymiz, chunki bosh qismning usti oq rangda bo‘lishi, keyin
esa unga tana rangi berilishini hisobga olish kerak.
Oldin suv va undan kleyster
tayyorlab olamiz. Qolipimiz ichiga 4 qoplam suv bilan qog‘oz bo‘laklarini, so‘ng
kleyster bilan gazeta bo‘laklarini yopishtiramiz. Kleyster orqali 6 qoplam hosil
qilamiz va ochiq havoga bir kunga qo‘yib qo‘yamiz. Orqa tarafini ham shunday
qilamiz. Endi qurigan qolipdagi niqobni olib ustidagi keraksiz qog‘ozlarni yirtib
tashlanadi. Niqobning chetiga «Moment» kleydan surtib‚
orqa va oldi qismi
106
yopishtiriladi. Qurigandan so‘ng bir-biriga yopishtirilgan joyiga lenta qilib kesib
olingan chitni «PVA» yelimi bilan yopishtiriladi. Kallaning hamma joyini oq
qog‘oz va kleyster bilan 2 qatlam pape-mashe qilinadi. Hosil bo‘lgan
kalla
qurigandan so‘ng dahanning pastki tarafidan qaychi yoki bigiz orqali teshiladi va
oldindan tayyorlangan yog‘ochni (40sm) tiqib, kallaning tepa qismidan qoqib
mahkamlanadi va ustidan yana bir marta qog‘oz bilan pape-mashe qilinadi. Tayyor
bo‘lgan kallani bo‘yash uchun idishga bo‘yoq tayyorlaymiz.
Idishga suv, ohak,
PVA yelimi solib, yaxshilab aralashtiriladi va qizil, sariq guashdan solinadi.
Bo‘yoqni odam tanasining rangiga o‘xshatishga harakat qilamiz. Kalla mayda qum
qog‘oz orqali silliqlanadi va tayyorlangan bo‘yoq
bilan bosh qism gubkada
bo‘yaladi. Bir xil qilib bo‘yashga harakat qilinadi. Buyoq ikki-uch marta beriladi.
Bo‘yoq qurigandan so‘ng guash orqali qo‘g‘irchoqning ko‘zi, qoshi va boshqa yuz
qismlari chiziladi. So‘ng qora duxoba yoqi qora matodan soch tayyorlaymiz va
kallaning bosh qismiga yelimlaymiz. Shunday qilib qo‘g‘irchog‘imizning kallasi
tayyor bo‘ladi.
Qolgan qismini tayyorlash uchun andoza orqali qo‘g‘irchoq
tanasini oq
chitdan kesib, tikib olamiz. Tanasidagi ko‘krak qismiga gubkadan yarim doira
shaklida kesiladi va tikiladi. Yeng qismiga qo‘lini tayyor andoza orqali kesib, tikib
olinadi va yeng qismiga mahkamlanadi. Tayyor andozadan ko‘ylaklar tikib,
kiygiziladi. Bosh qismiga tayyorlangan bo‘yoq bilan qo‘l, oyoq va bo‘yin qismlari
bo‘yaladi. Qotgandan so‘ng «PVA» yelimi bilan yog‘ochga yopishtirib qotiriladi.
Dostları ilə paylaş: