Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

 
 
 
 
 
 
 
 
GAZLAMA VA QOG‘OZDAN GULLAR YaSASh TEXNOLOGIYaSI 
Har bir bayramda sovg‘a sifatida barcha ayollarga gul sovg‘a qilinadi. Ayol 
kishi gullarning xushbo‘yligi, yoqimli ranglari, hidlarini sevadilar. Gullarni tabiiy 
va sun’iy gullarga ajratiladi.
Tabiiy gullar
- kishidan mehnatni, parvarishni talab qiladi.
Sun’iy gullarni
esa mato va yumshoq eguluvchan simlardan, 
plastmassalardan yasash mumkin. Gazlamadan gullar yasash uchun kerakli jihozlar 
asosan quyidagilar: qaychi, rangli iplar, rangli atlas, chit, shoyi matolar, har xil 
hajmli lentalar, gullarni bezash uchun yaltiroq pistonchalar, munchoqlar, 
tugmachalar‚ igna ip, dazmol, kraxmal, yumshoq simlar.
Qog‘ozdan yasaladigan gullar uchun kerakli jixozlar: qaychi, qog‘oz turlari 
(konfet, gafrili qog‘oz, zar qog‘oz, rangli qog‘oz, yumshoq falga qog‘ozi, g‘ijim 
krep qog‘oz)‚ PVA yelimi, sim, karton, qora qalam.
Bajarish usuli. 
Gazlama orqali bajariladigan gullarni yasashda atlas mato 
oldindan kraxmallab olinadi. Bir litr suvga bir qoshiq kraxmal aralashtiriladi‚ unga 


84 
matoni solib qaynatiladi. So‘ngra mato suvi selgib quritiladi. Dazmolda
dazmollanadi. Matoni 4, 6, 9, 12 marta buklash orqali xohlagan gulning andozasini 
karton qog‘ozdan tayyorlab bichiladi. Bichilgan gul parchalari bir biriga biriktirilib 
simga o‘raladi. Ustidan lentachalar o‘raladi. Unga munchoqlar orqali bezak berish 
mumkin.
 
Qog‘ozdan gul yasashni bajarish usuli. 
Qog‘ozni ham 4,6,9.12,16 
buklash orqali gul shakllari qirqib olinadi. Moychechak, gulsafsar‚ atirgul, 
xrizontema gullari ko‘rinishini tasvirlash mumkin. Ularni kesib olingach yumshoq 
simga o‘raladi va sim bilan mustaxkamlanadi, barglari ham aloxida qirqilib‚ PVA
yelimida yopishtiriladi. Bajarishda ehtiyotkorlik, sabr, did farosat talab qilinadi. 
Gullarni yana qog‘ozni buklash orqali ham bajarish mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin