75
Pahmoq teatri uchun personajlar quyidagicha tayyorlanadi: personajlar
karton qog‘ozdan qirqib olinadi va rangli bo‘yoqda, guashda bo‘yaladi. Tayyor
bo‘lgan personajlar ertak matni bilan birga papkaga solib qo‘yiladi.
Quticha qo‘g‘irchoq.
Qo‘g‘irchoqning bosh qismi uchun turli–tuman
qutichalarni moslashtirish mumkin. (qaymoqdan, sutdan bo‘shagan kubik, silindr
shaklidagi idishlar). Asosiysi unga bolaning qo‘li sig‘ishi kerak. Bolani o‘zi
xohlayotgan mavzuga mos qutichalarni to‘plab qo‘yishga o‘rgatish kerak‚
detallarini esa turli ashyolardan qirqish va yelimlash mumkin. Buning uchun
bolalarga jihozlash uslubini ko‘rsatish kerak. Bolalar bilan shunday o‘yinchoqlar
rasmlarini ko‘rib chiqish yasashning ikki varianti mavjud: figuraning butun yoki
bosh qismini aks ettirish.
Bunda bolalar qo‘lga matodan yubka kiyib, mustaqil tika oladilar. Qo‘l
barmoqlari quticha ichiga berkitilgan. Bunday qo‘g‘irchoqlardan gapiruvchi
qo‘g‘irchoq qilish mumkin. Bolalarga og‘zini qilish uchun tuynukcha qirqishga
yordam berish kerak. Qutichaning ichidan tuynuk oldini ko‘rsatgich barmoq bilan
qimirlatsa, guyoki, qo‘g‘irchoq gapirayotganday tuyuladi.
Dostları ilə paylaş: