Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

Stol teatri.
Stol teatrining bir necha turi mavjud: birida pesa oddiy sahnada-
pardasiz shirmada, boshqasi qutichaga o‘xshash sahnada (karton teatr), uchinchisi 
yassi teatrda‚ sahna ikki bo‘lak kartondan qilinadi. Bu teatrlardagi «artistlar» qo‘l 
bilan‚ tagliklar, sim va magnit orqali turlicha harakat qiladi. Shakllarning tuzilishi 
ham turlichadir. Ish ertak yoki masal tanlashdan boshlanadi‚ so‘ngra unga mos 
personajlar tayyorlanadi. Jonivorlar shakllarini bolalar badiiy kitoblardan kalkaga 
ko‘chirishlari mumkin. Kalkadagi rasmni nusxa qog‘oz yordamida ikkita oq 
qog‘ozga tushiriladi. Bu rasmlarni rangli qalam bilan bo‘yab, bittasini kartonga 
yopishtiriladi va kartonni shu rasm konturi bo‘ylab qirqiladi. Kartonning ikkinchi 
tomoniga ikkinchi rasm yopishtiriladi, shu bilan figura tayyor hisoblanadi. 
Shundan so‘ng yarimta g‘altak va cho‘p 
orqali balandligi 9-10 sm bo‘lgan taglik 
tayyorlanadi. Cho‘pning uchiga figura 
o‘rnatiladi, g‘altak yiqilib tushmasligi 
uchun uning tagiga doira qilib qirqilgan 
karton yopishtiriladi. 
Sahna-shirma figuraning tagligi ko‘rinmasligi uchun butunlikda qilinadi. 
Shirmani bo‘yash yoki unga rangli qog‘oz yopishtirish kerak. Shirmadan 20-22 sm 
oraliq dekoratsiya o‘rnatiladi. Agarda o‘rmon, dala, daryo, tog‘larni tasvirlash 
lozim bo‘lsa, muvofiq keluvchi suratni topib‚ unga oq ramka qilish, rasmni 
kartonga yopishtirish kerak. Dekoratsiyani yarim doira shaklida egish ham 
mumkin. 
Sahna-shirma 
stol 
ustiga qo‘yiladi, uning orqasida 
esa figuralarni yurgazadigan va 
ular 
uchun 
gapiradigan 
o‘quvchilar turadi. Agarda pesa 


69 
davomida dekoratsiya o‘zgarib turishi kerak bo‘lsa, kitob sifatli qilib birlashtirilgan 
kartonga yopishtirilishi lozim. Uning har bir sahifasida bitta dekoratsiya bo‘ladi. 
Agar quyonni yasash kerak bo‘lsa, avval butun figurani, so‘ngra uning 
oldingi oyog‘ini bir oz uzunroq yasab qirqib olinadi. Bu old oyoqqa sim 
o‘tkaziladi. U mana shu sim vositasida boshqariladi. Tayyorlab qo‘yilgan old 
oyoqqa teshik qilinib ip o‘tkaziladi, ipning bir uchi oyoqqa bir parcha qog‘oz bilan 
tutashtiriladi va ipning ikkinchi uchi figuradan o‘tkazilib tarangroq qilib tortiladi 
va figuraning ich tomoniga yopishtirib qo‘yiladi. Quyida ertak asosida stol teatri 
qahramonlari namunalari berilgan: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin