Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма


QO‘G‘IRChOQ TEATRI TURLARI 
O‘zbekistonda qo‘g‘irchoq teatri o‘zining uzoq tarixiga ega. Bizda 
“Qo‘g‘irchoq o‘yin” deb yuritiluvchi bu san’atning xususan, qo‘lga kiyib 
o‘ynatiladigan va soyasi tushiriladigan turlari o‘tmishda keng tarqalgan. Chodiri‚ 


58 
sahnasining tuzilishi, qo‘g‘irchoqlarining yasalishi va o‘ynatilishi spektakllarning 
mavzusi, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlariga ko‘ra ushbu teatr turlar bir-biridan xiyla 
farq qilsa-da, uch jihati ularni yaqinlashtirib turgan. Har bir teatr tomoshalarda 
musiqa muhim rol o‘ynagan. Bu bir. Ikkinchidan, ularda korfarmon nomidagi usta 
va tajribali qo‘g‘irchoqboz, ya’ni guruh boshlig‘i tomoshabinlarga ko‘ringan holda 
qo‘g‘irchoq qahramonlar bilan savol-javob qilib, gapini izohlab‚ shu yo‘l bilan 
tomoshani boshqargan. Uchinchidan, osti‚ usti yoki ortidagi qo‘g‘irchoqboz tiliga 
safl degan moslama tuflagich qo‘yib, qo‘g‘irchoqlarga mos chiyildoq o‘tkir tovush 
hosil qilgan. 
“Chodir jamol” da ijtimoiy va maishiy hayot bilan bog‘liq bo‘lgan voqealar 
satira va yumor vositalari bilan aks ettirilgan. Voqealar markazida Kachal polvon 
obrazi turgan. Kachal polvon mehnatkash xalq vakilidir. U jasur va bahodir. U 
hatto dev, shayton va ajdardan qo‘rqmaydi. Shunisi qiziqki Kachal polvonning 
tashqi qiyofasi ham‚ harakteri ham osiyo va yevropadagi shu tipdagi 
qahramonlarga o‘hshab ketadi. “Chodir jamol” teatrida har safar bir juft 
qo‘g‘irchoq chiqib bir ko‘rinishli mitti pesa hosil qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra‚ 
40ta qo‘g‘irchoq ishtirokida o‘yinlar namoyish qilingan. Demak‚ yigirmata sahna 
bo‘lgan, deb taxmin qilish mumkin.
Samarqandda Quli bobo Novvotov ijrosida yozib olingan “ Kachal polvon 
sarguzashtlari” komediyasida uch sahna mavjud. Sahnalardan birida Polvon 
Kachalning boshqa bir ayol deb o‘z xotiniga ro‘para bo‘lishi ko‘rsatiladi. Ikkinchi 
sahnada Kachal polvon Korfarmonga ovchi kuchuk sovg‘a qilib olib kelganini 
aytadi. Voqea davomida o‘sha it polvonni tishlaydi, Korfarmon zo‘r-bazor uni 
ajratib oladi. Uchinchi sahnada esa sutxo‘r boy bilan Kachal polvon to‘qnashuvi 
ko‘rsatiladi. Sutho‘r qarzini talab qiladi. BechoraKachal polvonning o‘n baravar 
ko‘paygan qarzini to‘lashga imkoniyati yo‘q. Ikki o‘rtada rosa jang bo‘ladi. Bizga 
yetib kelgan sahnalardan birida eski zamonda bozor nazoratchisi bo‘lgan raisning 
ikkiyuzlamachiligi, poraxo‘rligi fosh qilinadi. Juldur kiyingan poyaki bozorda 
keng zardo‘z to‘n kiyib, katta salla o‘rab, tasbeh ushlab olgan raisga chilimini 


59 
tutadi. Rais avval: “Shariat bunga yo‘l bermaydi”, deb olmaydi, keyin u yon - bu 
yonga olazarak bo‘lib chilimni oladi-da, rosa tortadi va poyakiga qaytib berib 
indamay ketaveradi. Poyaki uni to‘xtatib, haq talab qilganida, raisni jahli chiqadi 
va uni jazolashga shaylanadi, poyaki bechora pora cho‘zib kaltakdan qutulib 
qoladi. 
Bulardan tashqari, “Ajdarhoning hoji kampirni yutishi”, “Oyimxola bilan 
uning kuchugi Qoravoy”, “Ikki masxaraboz”, “Maymun o‘yin”, “Toshboz”, 
“Tergovchi” kabi sahnalar ham ko‘rsatilgan. “Chodir jamol” tomoshalari Kachal 
polvon sarguzashtlari qissasini bayon qilgani, har epizodning tugal bir voqeadan 
tashkil topishi o‘ziga hos kompozitsiyani yuzaga keltirgan bo‘lib, u yangi epizodlar 
kiritish yoki sharoitga qarab bir an’anaviy epizod o‘rniga boshqasini ko‘rsatishga 
keng yo‘l ochgan. “Chodir xayol” teatri “Chodir jamol” ga nisbatan ancha 
murakkab va mukammaldir. Bu teatr tomoshalari, odatda, kechqurunlari 
ko‘rsatilgani, shu’la va shovqindan foydalanilgani tufayli qora pardalar ichidagi 
qo‘g‘irchoqlarning iplari ko‘rinmay, xuddi qo‘g‘irchoqlarning o‘zlari harakat 
qilayotganday tabiiy chiqqan. Har bir mohir qo‘g‘irchoqboz ayni vaqtda ishlar 
yordamida 8 - 10 qo‘g‘irchoqni harakatga keltira olgan. 
“Qo‘l qo‘g‘irchoq” teatrida bir tomoshada ko‘pi bilan o‘n qo‘g‘irchoq 
ishtirok etgan bo‘lsa, “Chodir xayol” da bir yo‘la ellikdan ortiq qo‘g‘irchoq 
o‘ynagan. “Chodir xayol” qo‘g‘irchoqlari kattaroq qilib yasalgan, qo‘l-oyoqlari 
bo‘lgan. Bizga ma’lum qo‘g‘irchoqlar orasida Ernazar maymunchi, Toshpo‘lat 
dorboz, Orif jarchi, Oysha xotin olmaboz, Xitoy tabib, Yo‘ldosh yasavul, Saydulla 
yuzboshi, farrosh, otashxo‘r, toshboz, to‘pchi, yallachi kabi personajlar, laylak, 
maymun, eshshak ajdar kabi mahluqlar va hayvonlar qiyofasi uchraydi.
Bizgacha “Chodir xayol” ning “Sarkardalar” degan bir pesasi yetib kelgan. 
Unda tomoshani yasavul boshlab beradi. U farroshga joylarni tozalashni, 
o‘rindiqlarni joy-joyiga qo‘yib, sarkardalar, podshoxlarni kutib olishni buyuradi. 
Birin-ketin Marg‘ilonning qo‘rboshisi va qozisi, Samarqand begi, Urganch 
podshosi, Abduraxmonxon, Xitoy konsuli, Urgut podshosi, Toshkent podshosi 


60 
kirib kelib, o‘zlarini tanishtiradi. Sarkardalar joylashib olgach, katta tantana 
boshlanadi. Navbat bilan Otashxo‘r og‘zidan olov chiqaradi. Maymunboz maymun 
o‘ynatadi, olmaboz bilan tasboz ham hunarini ko‘rsatadi. Tomosha to‘plarning 
gumburlashi bilan tugaydi. Shunday qilib o‘zbek qo‘g‘irchoq teatri ijtimoiy fosh 
etuvchi va yumoristik harakterga yega bo‘lib, muhim mafkuraviy va estetik 
ahamiyat kasb etgan. Qo‘g‘irchoqbozlar mohir san’atkor bo‘lganliklaridan ular 
yaratgan teatrning g‘oyaviy badiiy darajasi ham yuqori bo‘lgan. Teatrning har ikki 
turida ham tomoshalarni asosan ikki kishi Qo‘g‘irchoqboz va Korfarmon 
boshqargan. Korfarmon qo‘g‘irchoqbozlarni gapga solgan, tomoshani boshlagan. 
Shuningdek‚ sozandalik vazifasini ham bajargan. Qo‘g‘irchoqboz chodir ichida 
yoki parda orqasida safil yordamida qo‘g‘irchoqlar tilida gapirgan, ularni 
harakatga keltirgan. Qo‘g‘irchoqbozlar ayni vaqtda musiqadan yaxshi xabardor 
bo‘lganlar. Musiqa ham badiiy bezak sifatida, ham ko‘proq qahramonlar holatini 
ifodalovchi vosita sifatida hizmat qilgan. 
Qo‘g‘irchoq o‘yin xalq og‘zaki ijodiga asoslangan ajoyib-g‘aroyib san’at. 
Uning yozma matni bo‘lmagan. U uzoq yillar kuzatish, mashq qilish, yodlash, 
malaka hosil qilish orqali muayyan syujetlar, vosita va uslublar bilan ustozdan 
shogirdga o‘tib kelavergan. Buxoro viloyat G‘ijduvon tumanidagi G‘ishti 
qishlog‘ida o‘z iste’dodi bilan mehnatkashlarni xushnud qilib kelgan Xolmurod 
bobo (1897 - 1967) ning ham ota - bobosi qo‘g‘irchoqboz o‘tgan. Uning otasi 
Siddiq kalon (1858 - 1940), bobosi Abdukarim (1800 - 1870) lar qo‘g‘irchoq 
teatrining yirik namoyondalari hisoblangan. Shu davrda yuqorida nomlari zikr 
etilgan qo‘g‘irchoq, san’at sohiblaridan tashqari Zarif misgar Qori hoji, Sharof 
Chala, Sadriddin Eshon, Rajab Meshkob (Buhoro), Jo‘ra qayroq, Hamro mehtar, 
Aziz bobo (G‘ijdivon), Novot lug‘takboz, Mahmud Mehtar, Hamro bobo 
(Samarqand), 
Tursunboy 
Abdujabborov 
(Toshkent) 
kabi 
o‘nlab usta 
qo‘g‘irchoqbozlar o‘tganlar. Ular jamiyatdagi yomonlik va illatlarni, zo‘rovonlik, 
tekintomoq amaldorlarni qattiq tanqid qilganlar hamda mehnatkash halqqa kulgi‚ 
zavq bag‘ishlaganlar. Kezi kelganda shuni ham aytish kerakki bu sanatkorlarning 


61 
maksadi qancha ulug‘ va sa’nati qancha mazmundor va yuksak bo‘lmasin 
tengsizlik zulum hukm surgan jamiyatda qo‘g‘irchoqbozlar eng past tabaqa 
hisoblangan, tahqirlangan, ho‘rlangan‚ ruhoniylar qo‘g‘irchoq teatrini «shayton 
o‘yini»‚ narigi dunyoda qo‘g‘irchoqlar jon talab qiladi, «qo‘g‘irchoqboz shakkok 
va diyonatsiz» degan gaplarni halq orasida targ‘ib qilib kelganlar. XV- asrda 
Xuroson va Movarounnahrda boshqa san’atkorlar qatori qo‘g‘irchoq teatri ham 
taraqkiy etdi. Bu davrda «Chodir jamol», «Chodir xayol» va «Fonis xayol» deb 
ataluvchi hamda qo‘g‘irchoq yasash va uni o‘ynatishda‚ shuningdek‚ tomosha 
mazmuniga ko‘ra bir-biridan keskin farqlanib turuvchi uch tur keng tarqalgan. 
Qo‘g‘irchoqlar qo‘lga kiyib o‘ynatiladigan «Chodir jamol»da hayotiy voqealar, 
iplar 
vositasida 
boshqariladigan 
«Chodir xayolda» mifologiya, soyasi 
tushiriladigan «Fonis xayol»da qahramonlik eposi aks etirildi. Ayniqsa, XIX-asr 
o‘rtalarida qo‘g‘irchoq o‘yin satirasining tig‘i o‘tkirlashdi. Qo‘g‘irchoqbozlar 
faollashib, hukmron tabaqalarga nisbatan o‘z munosabatlarini va baholarini dadil 
hamda oshkora ifoda qildilar. Satira tig‘iga yirik amaldorlar, sutxo‘rlar, o‘g‘rilar 
sharmandai sharmisor bo‘ldilar.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin