Ijodiy o‘yinlar teatrlashtirilgan faoliyatning bir ko‘rinishi sifatida
Bolalarning badiiy qobiliyatlarini rivojlantirishda teatrlashtirilgan faoliyatning
o‘rni katta. Bu faoliyat bolalardan diqqatni, tasavvur qilishni, tezlikni, kerakli
qarorni qabul qila olishni, tashkilotchilik ko‘nikmalarini talab qiladi. Shuning
50
uchun, og‘zaki ijodiyotda drammatizatsiya va kichik sahna asarlari maktabgacha
ta’lim muassasalarida bolalar ijodkorligining keng tarqalgan ko‘rinishi hisoblandi.
Bu asosiy ikki narsa bilan asoslanadi: birinchidan, bola tomonidan
bajarilayotgan asosiy holat – drama bolani haqiqatdan ham badiiy ijod va shaxsiy
tajribalarini birlashtiradi.
V.G.Petrova ta’kidlashicha, teatrlashtirilgan faoliyat – kattalar yordamisiz
bolaning ichki kechinmalari asosida sekin yoki to‘sattan yuzaga chiqadigan
jarayon. Drammalashgan shakl tasavvurning yaxlit doirasi amalga oshirilib,
bolalarda amalga oshirish, ro‘yobga chiqarish, erishish kabi ongida yashiringan
hissiyotlar teatrlashtirilgan faoliyat jarayonida yuzaga chiqadi.
Drammalashgan shaklning bola bilan yaqinligining yana bir sababi – har
qanday drammatizayaning o‘yin bilan aloqasi. Drammatizatsiya boshqa har qanday
badiiy ijod turlaridan ko‘ra, bevosita o‘yin bilan bog‘liq bo‘lgani va ijodiyotning
turli yo‘nalishlarini o‘zida qamrab olgani uchun yaqin.
Aynan shu narsa, teatrlashtirilgan faoliyatda badiiy ijodning barcha turlaridan
foydalanishga imkon yaratadi. Bolalar o‘zlari o‘ylab topib, improvizatsiya qiladilar
yoki qandaydir tayyor badiiy asar ustida ishlaydilar. Bolalarning og‘zaki nutqi
bolalarning o‘zigagina tushunarli. Dekoratsiya, butaforiya, kastyumlarning bolalar
tomonidan tayyorlanishi ularda tasviriy va texnik ijodiyotni rivojlanishiga zamin
yaratadi. Bolalar mashg‘ulotlar davomida o‘zlari o‘ylagan holatni chizadilar,
tikadilar, yasaydilar va barcha mashg‘ulotlar ularga olam olam zavq bag‘ishlaydi.
Va nihoyat, bolalar ishtirokidagi sahna tomoshasi barcha olib borilgan ishlarning
yakunlanishiga, bajarilgan ishlardan zavq olishga o‘rgatadi.
Teatrlashtirilgan faoliyat maktabgacha ta’lim muassasasi dasturining juda
ko‘p masalalarini yechishda yaqindan yordam beradi: masalan, tabiat qonunlari
bilan tanishtirish, elementar matematik bilimlarni shakllantirish, jismoniy
yuksaltirish va boshqalar.Mavzularning turli tumanligi, ko‘rgazmali vositalarning
rang barangligi, teatrlashtirilgan faoliyatning hissiy faoliyat bilan bog‘liqligi
bolada ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va uning shaxs sifatida kamol topishiga
yordam beradi.
51
Teatrlashtirilgan faoliyatga tayyorlanishda pedagog-tarbiyachi tomonidan
to‘g‘ri qo‘llangan savol bolalarda qiyin vaziyatlarni to‘g‘ri qabul qilish, uni
yechimi topishga harakat qilishga yordam beradi. Bu ongli nutqning rivojlanishiga
yordam beradi. Qahramonning so‘z ifodaliligi ustida ish olib borishda, bolaning
lug‘at boyligi oshadi, nutqning tovush jarangdorligi mukammalashadi. Uning nutq
madaniyati oshadi, mashg‘ulotlar davomida erkin va lug‘at boyligidagi so‘zlarni
to‘g‘ri qo‘llagan holda o‘z fikri va asar qahramonini ko‘rsatib berishga harakat
qiladi. Obrazlarning badiiy jarangdorligi, boshqa holatlarda asar qahramonlarining
kulguli holatlari, ularning gapirgan gaplari, xarakatlari, voqealarning borishi
bolalar ongida yanada ta’sirliroq namoyon bo‘ladi. Bolalar ijodiy o‘yinlar
jarayonida hissiy o‘zgarishlarni rol orqali o‘ziga qabul qilib o‘yinli holatlarni
yaratish, bolalarda ijodiy qobiliyatlar rivojlanishiga, o‘yin davomida turli
ko‘rinishlar, holatlarni jamlashga, o‘zlari guvoh bo‘lgan va ularga ijobiy yoki
salbiy ta’sir qilgan biror voqeani real holatda ijro etib ko‘rishga harakat qilishadi.
Teatrlashtirilgan faoliyatda amallar tayyor xolatda berilmaydi. Adabiy asar
bajariladigan va ko‘rsatiladigan amallar haqida umumiy tushuncha bo‘lib, harakat,
mimika va jest orqali yaratish va tomoshabinga yetkazib bera olish lozim.Bola
kattalardan o‘rgangan holda ifodalilikni qaerda va qanday qo‘llashni o‘zi
tanlaydi.O‘yin tasvirini yaratish uchun so‘zning ahamiyati juda katta. U bolaga o‘z
fikr va istaklarini ko‘rsata olish, hamkorining xissiyotlarini tushunish, o‘z hatti-
harakatlarini hamkori bilan kelishib olishiga yordam beradi. Bolalar atrof-olamni
rasm, rang va tovush orqali ko‘radilar. Bolalar tomosha qahramonlari bilan birga
yashaydilar, ya’ni asar qahramoni yig‘lasa yig‘laydilar, kulsa kuladilar,
qahramnlarning har bir hatti-harakatini diqqat bilan kuzatib, istagan vaqtda
yordamga shay bo‘ladilar.
Teatrlashtirilgan faoliyatning mavzusi axloqiy yo‘nalishga ega bo‘lib, u har
bir ertak asosida jamlangan. Bola o‘zi sevib qolgan asar qahramoniga o‘xshashga,
uning xarakatlarini bevosita va bilvosita takrorlashgan xarakat qiladi, aynan shu
narsa bolaning ijodiy rivojlanishini bildiradi. Bolalar ijobiy va salbiy sifatlarning
o‘zaro farqlanishi haqida tushunchaga ega bo‘lganliklari sababli mehnatkash,
52
mehribon qahramonlarga o‘xshashga xarakat qiladilar. Kattalar tomonidan ijobiy
harakatlarni qo‘llab-quvvatlanishi bolalarga o‘zidan qoniqish hosil qilib, kelajakda
o‘z xatti-harakatini nazorat qilish va to‘g‘ri baholashga turtki bo‘ladi.
Teatrlashtirilgan faoliyatning tarbiyaviy imkoniyatlari mavzularning kengligi bilan
kengayadi. U bolaning xar taraflama qiziqishlarini qoniqtiradi.Tomoshaning did
bilan bezatilishi bolalarda estetik tarbiyaning rivojlanishiga olib keladi.
Bolalarning tomoshaga tayyorlanish jarayonida o‘z qo‘llari bilan turli manzaralar,
atributlarni tayyorlashdagi ishtiroki bolalarda go‘zallikni his etishni tarbiyalaydi.
Teatrlashtirilgan o‘yinlarning estetik ta’siri biz o‘ylagandan ham chuqurroq bo‘lib,
u bolalarda go‘zallikka talpinish va undan baxra olish kabi ko‘nikmalar bilan birga
yomonlikka nisbatan o‘z hissiyotlarini aks ettirish kabi holatlarni ham kuzatish
mumkin. Bu esa o‘z navbatida tomosha jarayonida bolalarda o‘ziga yarasha hissiy
holatni, hayotiy tonusni ko‘rish imkonini beradi.
Maktabgacha
ta’lim muassasalarida teatrlashtirilgan faoliyat bilan
shug‘ullanish, mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun musiqa xonalari, tomosha zallari va
boshqalarning mavjudligi pedagog-tarbiyachiga ancha yengillik beradi. Chunki
bolalar tomonidan tayyorlanayotgan tomoshani aynan maxsus xonalarda namoyish
etilishi bolalarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etadi.Teatrlashtirilgan faoliyat
tarbiyaning axloqiy va estetik masalalarini yechishga qaratilgan.Teatrlashtirilgan
faoliyat bo‘yicha o‘tkazilgan mashg‘ulotlar mavzusi o‘z ichiga qo‘yidagilarni
oladi:
Qo‘g‘irchoq tomoshalarini birgalikda ko‘rish va u haqida suhbatlashish;
Dramatizatsiyalashgan o‘yinlar;
Turli tuman ertaklar va kichik ko‘rinishlaarni tayyorlash va taqdim etish;
Ifodali ijro etishni shakllantirish mashqlari (verbal va noverbal);
Axloqi masalalar bo‘yicha alohida mashqlar;
Bolalarni ijtimoy-hissiy rivojlantirishga qaratilgan mashqlar.
Teatrlashtirilgan faoliyat bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar bilish,
tarbiyalash va rivojlantirish kabi bir qator funksiyalarni o‘z ichiga oladi. Ularning
asosiy maqsadi nafaqat tomoshaga tayyorlanish, balki mashg‘ulotlarni o‘tkazishda
53
maqsad, shakl va usulga tayangan holda quyidagi uch assosiy maqsadni bajarish
orqali erishishdir:
teatr ijrochiligi faoliyati va nutqni rivojlantirish ko‘nikmalari;
ijodiy muhitni tashkil etish;
bolalarning ijtimoiy-ihissiy rivojlanishi.
Teatrlashtirilgan faoliyat bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning asosiy
maqsadi bolalarni nafaqat badiiy asar yoki ertak bilan tanishtirish, balki, jest,
mimika, harakat, qahramon obrazi kabi tilning ifodaliligiga yordam beruvchi
«belgilar» bilan yaqindan tanishtirish.Tarbiyachi teatrlashtirilgan faoliyatni to‘g‘ri
tashkil etishda katta rol o‘ynaydi. Tarbiyachi nafaqat nimanidir ifodali o‘qishi yoki
ravon so‘zlab berishi kerak, balki ko‘rishni, eshitishni bilishi, har qanday yangilik
yoki o‘zgarishni to‘g‘ri qabul qilishi, har qanday holatda bolaga tirgak bo‘lishi,
akterlik mahorati va rejisserlik qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Aynan shu narsalar
tarbiyachining yuqori tafakkuri, pedagogik qobiliyatidan darak berib, bolalar
teatrlashtirilgan faoliyatini samarali olib borilishiga yordam beradi.
Hech qachon hech qanday taz’yiq, kamsitish, qo‘rqitish, baholash, solishtirish
va shu kabilarni qo‘llash mumkin emas. Aksincha, bolalarga o‘z fikrini erkin
so‘zlash, ichki faolliklarini ko‘rsata olishlariga imkon berish lozim. Pedagog-
tarbiyachi o‘zining faolligi, uzi tomonidan bajarilayotgan va ko‘rsatib berilayotgan
harakatlari bilan uyatchang bolani tomoshabinga aylantirib quymasligi lozim.
Bolalarning sahnaga chiqishdan ko‘rqishlari, xato qilishdan qo‘rqishlariga yo‘l
quyish kerak emas. Bolalarni «artist» va «tomoshabin»ga bo‘linib qolishlarini
oldini olish, akterlar guruhini muntazam alishtirib borish, tomoshalarga kamtar,
uyatchang bolalarni ko‘proq jalb etish lozim.
Shuni ta’kidlash lozimki, asarning hissiy ta’siri teatrlashtirilgan faoliyatning
yuqori darajada bo‘lishini kafolatlaydi, bu esa tarbiyachi oldiga ikkita asosiy
vazifani quyadi:
bolaning ichki kechinmalari va hisiyotlari qanchalik chuqur va jiddiyligini
tushunishi va anglashi;
54
bolaga o‘zini erkin namoyish etish, o‘z fikrini ochiq so‘zlashga yordam
berish, buning uchun maxsus sharoit yaratish.
Teatrlashtirilgan faoliyat bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar kichik sahna
ko‘rinishlari, kichik ertaklar bilan bir qatorda hayotdan olingan rolli suhbatlarni
ham o‘z ichiga qamrab oladi.
Teatrlashtirilgan faoliyat bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar ikki
yo‘nalishida olib boriladi:
bolalar tomonidan badiiy mashqlar bajarish jarayonida akterlik mahoratini
egallashi;
bolalar tomonidan badiiy ijodiyotning turli xil yo‘nalishlari va texnik
jihatlarini o‘rganishi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisining teatrlashtirilgan
faoliyatga kirib borishi sekin astalik bilan amalgan oshiriladigan jarayon bo‘lib, u
bolani badiiy ijodga tizimli asosda mashg‘ulot materiallari va shaxsiy
kechinmalarini singdirgan holda teatrning yorqin dunyosiga olib kiradi.
Teatrlashtirilgan faoliyat bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar jarayonida
quyidagi vazifalar hal etiladi:
tarbiyalanuvchining ijodiy qobiliyat va ijodiy mustaqilligini rivojlantirish;
ijodiy faoliyatning turli yo‘nalishlariga qiziqishni tarbiyalash;
improvizatsiya (o‘xshatish) qilish malakalarini egallashi;
nutq faoliyatining barcha shakl, metod va tarkibiy qismlarining
rivojlanishi;
bilish jarayonlarining mukammallashuvchi.
M.Maxaneva o‘zining «Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisining
teatrlashtirilgan
faoliyati»
nomli
maqolasida
teatrlashtirilgan
faoliyat
mashg‘ulotlari sxemasini tavsiya etadi:
Mashg‘ulotlar asosan umumiy sxema asosida quriladi:
mavzuga kirish, ijodiy muhit va ijodiy kayfiyatni yaratish;
55
tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘zining ijodiy qobiliyatlarini erkin
ko‘rsata oladigan teatrlashtirilgan faoliyatning barcha turlari;
teatrlashtirilgan faoliyatni muvaffaqiyatini ta’minlovchi ijobiy xulosa.
Teatrlashtirilgan faoliyatga barcha bolalarning ishtirokini ta’minlashda turli
yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi, jumladan, bolaning o‘zi istagan rolni
tanlashi, bosh rollarga kamtar, uyatchang bolalarni belgilash, rollarni kartochka
asosida taqsimlash (bolalar tarbiyachi qo‘lidan qahramon nomi yozilgan istagan
kartochkani tanlab oladilar), rollarni juftlik asosida ijro etish va hokazolar.
Mashg‘ulot davomida bolalarning javoblari va takliflarini tinglash, agar bola
javob bermasa javob talab qilmaslik, majburlamaslik, o‘z qahramoni bilan yolg‘iz
qolishga imkon yaratish, va yakunida turli yo‘llar bilan bolada xursandchilik
kayfiyatini uyg‘otish.Ijodiy topshiriq, muammoni sahnalashtirish yoki muammoli
holatni yaratish, bir o‘yindan ikkinchi o‘yinga o‘tish, mashqlar, etiyudlar kabi
ijodni rivojlantiriuvchi metodlar yaxshi samara beradi.
Shunday qilib teatrlashtirilgan faoliyatda bolalarning topqirligi, ijodiy va
badimy ko‘nikmalarning shakllanganligi qo‘llab-quvvatlanadi. Teatrlashtirilgan
faoliyat asosida ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishi bolaning umumiy psixologik
rivojlanishiga, pedagog-tarbiyachi tomonidan bolaga axloqiy va estetik ta’sir
etishga yordam beradi. Teatrlashtirilgan faoliyat – bu tizim bo‘lib, bolaning
qobiliyatini analiz va sintez qilish, uning hissiy va ijodiy rivojlanishini kuzatish
imkonini beradi. Teatrlashtirilgan faoliyat verbal va noverbal holatda bolaga
kompleks ta’sir etish, emotsional holat, nutq faoliyatini faollashtirish, pisxologik
holatdagi kamchiliklarni to‘g‘rilaydi.
|