45
Teatrlashtirilgan o‘yin – bolalarning mustaqil faoliyati.
Teatrlashtirilgan
o‘yinlar bolalarda katta qiziqish va bu foliyatga nisbatan muhabbat uyg‘otadi.
Teatrlashtirilgan o‘yinlarning bolalar tarbiyasidagi ahamiyatini kuchli pedagogik
vosita sifatida foydalanish imkonini beradi, chunki, bolalar o‘yin davomida
o‘zlarini erkin, tabiiy his etadilar.
Shunday qilib, o‘yin jarayonida bolalarda
mustaqil harakatlanish ko‘nikmalari shakllanadi, bu bolalarning kattalarning
yordamisiz biror ertak qahramoni yoki sahna ko‘rinishini erkin ko‘rsatib bera olish,
o‘zi o‘ylab topgan harakatlarni nazorat qilish, mazkur harakatlarni ketma ketlikda
teatrlashtirilgan faoliyatning turli ko‘rinishlarida ko‘rsatib bera olish ko‘nikmalari
shakllanadi. Buyuk rejissyor va aktyor K. S. Stanislavskiy o‘zining «Aktyorning
o‘z ustida ishlashi» («Rabota aktera nad soboy») nomli asarida bolalar o‘yinini
ta’riflab shunday degan: bolalar o‘yini haqiqiyligiga ishonch va to‘qib chiqarilgan
narsaning rostligiga ishonish. Bolaning o‘ziga o‘zi «huddi…» deyishi bilan u shu
to‘qima ishttirokchisiga aylanadi. Shu bilan birga
bolalar nimaga ishonish va
nimaga e’tibor bermasilik lozimligini juda yaxshi bilishadi.
Bolalarning teatrlashtirilgan faoliyatga qiziqishlari so‘nmasligi uchun
muntazam ravishda yangiliklar ustida ishlash, bolalarga yangi ertak, to‘qima, asar
qahramoni va boshqalar haqida yangidan yangi ma’lumotlarni berib borish lozim.
Ijodkorlik ko‘nikmalarini, bolaning yakka tartibdagi bilimlari va ijtimoiy
tajribasini rivojlantirishda, bolaning shaxs sifatida shakllanishida mavzu-makon
haqidagi tushunchalarni to‘g‘ri anglashi muhim hisoblandi.
Bu muhit nafaqat
teatrlashtirilgan faoliyatni ta’minlab beradi, balki, mustaqil ta’limning o‘ziga hos
yo‘nalishi hisoblandi. Shuning uchun mavzu-makon muhitini shakllantirishda
bolaning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini esdan chiqarmagan holda, ya’ni
o‘rtoqlari bilan birga teatrlashtirilgan faoliyatda ishtirok etishni qanchalik xoxlasa,
shu bilan birga ayrim holda bolaning o‘z istagiga asosan yakkalanish holatlarini
esdan chiqarmagan holda hissiy-irodaviy xususiyatlarini,
qiziqishlarini, ijodkorlik
qobiliyatlarini, afzallik va kamchiliklarini inobatga olish lozim bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasining turli yosh guruhlarida birgalikdagi va yakka
tartibdagi teatrlashtirilgan faoliyat (teatrlashtirilgan o‘yin)ni ta’minlashda har bir
46
guruhda maxsus burchak, ya’ni kichik sahna tashkil etilgan bo‘lishi,
va u aynan
tomosha ko‘rsatishga moslashtirilgan bo‘lishi lozim. Shu bilan bir qatorda
bolaning yakka tartibda berilgan asar qahramonini oynaga qarab tayyorgarlik
ko‘rib olishi uchun yana bir maxsus joy biriktirilgan bo‘lmog‘i lozim.
Shunday qilib, mustaqil teatrlashtirilgan faoliyatda bola nafaqat atrof olam,
hayot
tajribalari,
insonlar
orasidagi
munosabatning
go‘zaligi haqidagi
tushunchalarga ega bo‘ladi, balki, bu jamiyatda yashashga, o‘z shaxsiy hayotlarini
qurishga o‘rganadilar, bu esa shaxsdan ijodiy faollikni (e’tibor,
tasavvur, mantiq,
hissiy hotira, yaxshi rivojlangan nutq, mimika) talab qiladi, ya’ni jamiyatni o‘zini
munosib tuta olishag yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: