48
Kursning asosiy maqsadi tomosha ustida ish olib borishga qaratilgan bo‘lib,
bunga sahnalashtiriladigan asarni tahlil qilish, rollarni taqsimlash, o‘yinli mashqlar,
etyudni yaxshi o‘zlashtirishlari uchun amaliy va hissiy syujetlar kiradi, yaxlit
tomoshani tayyorlash bo‘yicha ishlar haftada bir marotaba kunning birinchi yeki
ikkinchi yarmida 30-40 daqiqa mobaynida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar davomida
bajariladi. Lekin bu vazifalar maktabgacha ta’lim
muassasasi dasturi, ta’lim-
tarbiyaviy ishlari negiziga singdirilgan holda tarbiyachi, musiqa rahbari, tasviriy
san’at pedagogi tomonidan amalga oshiriladi.
Masalan, bolalar musiqa darslarida musiqa ohangidan turli hisiy holatlarni
harakat, mimika va jestlar orqali ifoda etishni o‘rganadilar, navbatdagi tomosha
musiqasini tinglaydilar va h.k. Nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida bolalarda aniq
diksiya rivojlanadi, tez aytish, topishmoq, maqollar yordamida artikulyatsiya ustida
ish olib boriladi, bolalar sahnalashtirilmoqchi bo‘lingan
badiiy asar bilan
tanishadilar. Tasviriy san’at darslarida turli rasmlar, illyustratsiyalar, ertak syujeti
asosida turli rasmlar, personajlarning ko‘rinishini chizishni o‘rganadilar.
Mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda bolalar tarbiyachi va guruhdagi o‘rtoqlari
bilan erkin tarzda o‘ynashlari mumkin. Bolalar «teatr» o‘ynashadi. Ular goh asar
qahramoni, goh tomoshabin, goh nazoratchi,
goh tekshiruvchi, gox ekskursavod
timsolida namoyon bo‘lishadi. Bolalar o‘z ishlari bo‘yicha ko‘rgazma, tomosha
uchun afisha va taklifnomalar tayyorlaydilar.
Teatr studiyasida mutaxassis rahbarligida nutq mashqlarini, turli his-
tuyg‘ularni ko‘rsatib berish maqsadida turli etyudlar mashq qilinadi. Bu erkin
tarzda tayyorlangan asar, kichik sahna ko‘rinishi, tomosha ustidagi repetitsiya
jarayoni bo‘lishi mumkin. Bunda bir ko‘rinishni turli teatrlashtirilgan o‘yinlar
yordamida (stol o‘yinlari, parda orti o‘yinlari, bi-ba-bo va h.q.)
yaxlit holatda
namoyish etish (yoki kichik epizodlar holatida) maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Masalan, «Mushukning uyi (Koshkin dom)» musiqiy asari ustida ish olib
borilmoqda (V.Zolotarev musiqasi), guruhning bir qismi navbatdagi sahna
ko‘rinishini parda ortida bi-ba-bo qo‘g‘irchoqlari bilan, boshqa bolalar – stol teatri
49
yordamida, yana bir guruh tarbiyalanuvchilar dramatizatsiya usulida amalga
oshirmoqdalar.
Tomosha taqdim etiladigan kuni vazifalar guruhning barcha bolalari orasida
teng taqsimlanadi: kim taklifnomalarni kichik tomoshabinlar (taklif etiladigan
guruh) va kattalar (MTM xodimlari)ga yetkazadi; kim ko‘rgazmani, foyeni
bezatadi, afishalarni
ilishga yordam beradi, kim artistlar xonasini tayyorlashga
yordam beradi (kiyimlar, atributlar va h.q.) – bu kunning birinchi yarmida
bajariladi. Kunduzgi uyqudan so‘ng tomoshaga tayyorgarlik ishlari davom
ettiriladi – nazoratchi, ekskursavod, tomoshagoh va sahnat navbatchisi kabi
vazifalar taqsimlanadi, ishtirokchilar maxsus xonada tomoshaga tayyorlanadilar,
libolarni alishtiradilar. Belgilangan vaqtda mehmonlar tashrif buyurishadi (taklif
etilgan guruh bolalari va MTM hodimlari). Tomosha boshlanadi.
Bu faoliyatga
imkoni boricha ko‘proq bolalarni jalb etish lozim. Bunga tomosha davomida jajji
ijrochilarni alishtirish va tomoshaga kattalarni jalb etish orqali erishish mumkin.
Teatrlashtirilgan faoliyat davomida bolalarda ijodiy qobiliyat yuzaga chiqadi
va rivojlanadi. Bu faoliyat bolaning shaxs sifatida kamol topishiga yordam berib,
adabiyot, musiqa, teatr, erkin fikrlash, yangi obrazlar yaratish kabi qiziqishlarni
singdiradi. Lekin shu bilan bir qatorda ota-onalar, psixolog va pedagoglarni
o‘ylantirgan
bir muammo borki, u har bir bolada turli ko‘rinishda namoyon
bo‘ladi, ya’ni kimdadir qo‘rquv, jizzakilik, o‘zini yo‘qotib qo‘yish bo‘lsa yana
kimdadir buning aksi yuzaga keladi. Ko‘p hollarda bolalarda o‘zboshimchalik
holatlarini, xotira, nutq va diqqatning yaxshi rivojlanmaganligini kuzatish mumkin.
Bularning barchasini asta sekinlik bilan teatrlashtirilgan o‘yinlar orqali erishish
mumkin. Teatrlashtirilgan faoliyat bolalar ijodiyotining juda keng tarqalgan turi
sifatida bolalar hisiy dunyoqarashiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Aynan
dramatizatsiya badiiy ijodni shaxsiy tajriba bilan uzviy bog‘laydi.
Dostları ilə paylaş: