42
5.
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA SAXNALASHTIRISH
FAOLIYATINI TASHKIL QILISH
Reja:
1.Maktabgacha ta’lim muassasasida saxnalashtirish
faoliyatini tashkil qilish
shakllari
2. Ijodiy o‘yinlar teatrlashtirilgan faoliyatning bir ko‘rinishi sifatida
Tayanch tushunchalar
: rasm, loy, applikatsiya, tahlil, sintez, taqqoslash,
estetik sezgi, badiiy ijod, ekskursiya, qog‘oz, mel, bo‘yoqlar, mazmunli-rolli,
dramalashtirish, didaktik.
43
Maktabgacha ta’lim muassasasida teatrlashtirilgan faoliyatni tashkil
etish shakllari
Maktabgacha ta’lim muassasalarida teatrlashtirilgan faoliyat kunning istalgan
vaqtida musiqa, tasviriy san’at va boshqa mashg‘ulotlar davomida, shuningdek ona
tili, atrof-olam kabi haftalik mashg‘ulotlarga singdirilgan
holda tashkil etilishi
mumkin.
Har bir tarbiyalanuvchiga alohida e’tibor qaratish maqsadida teatrlashtirilgan
faoliyatning hamma bosqichlarini kichik guruhlarda o‘tkazish maqsadga muvofiq.
Kichik guruhlar har bir mashg‘ulot mavzusidan kelib chiqqan holda
guruhlashtirilishi lozim.
Mashg‘ulot.
Mashg‘ulotlar faqatgina turli tadbirlarga tayyorlanish uchun
emas, balki o‘rganish, ta’limiy va trabiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi va o‘zida
bularning hammasini mujasam etishi lozim. Mashg‘ulotlarning mavzusi, shakl va
usullari yagana maqsadga qaratilgan bo‘lmog‘i va o‘zida
nutqni shakllantirish va
teatrlashtirilgan ijrochilik faoliyati ko‘nikmalari; ijodkorlik muhitini
shakllantirish,
bolalarning ijtimoiy-xissiy rivojlanishi kabi asosiy uch maqsadni o‘ziga qamrab
oladi. Shuning uchun mashg‘ulot davomida bolalarni matr bilan tanishtirish, ertak
yoki biror asarni o‘rganish, mimika, harakat, imkoniyatlari bilan yaqindan
tanishtirish va bularni barchasini mashg‘ulot davomida takrorlash imkoniyatini
beradi. Qo‘g‘irchoq tomoshalarini ko‘rish va
tomosha haqida suhbatlashish,
dramatizatsiyalashgan o‘yinlar, kichik ertak va insseniroovkalarni takroran ijro
etish, ijroning ifodaliligini shakllantiruvchi mashqlar (verbal va noverbal),
bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantiruvchi mashqlarning barchasini teatrlashtirilgan
mashg‘ulotlar o‘z ichiga qamrab oladi.
Shu bilan birga teatrlashtirilgan faoliyat bolalarda o‘ziga ishonch, ijtimoiy
ko‘nikmalarni shakllantirish, u yeki bu asar qahramoni holatiga kirishda o‘zini
ko‘rsata olish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga yordam beradi.
Buning uchun mashg‘ulot davomida turli imkoniyatlardan foydalanish zarur:
bolalarga o‘zlari istagan rolni tanlashga imkon berish;
44
bosh rolga faol bolalar bilan birga uyatchang va tortinchoq bolalarni
xam jalb etish;
ixtiyoriy tanlov asosida rol taqsimlash (bolalar tarbiyachi qo‘lidan
personajlarning nomi yozilgan ixtiyoriy kartochkani tanlaydilar);
hamma bolalar tomonidan tomosha qahramonlarini navbat bilan
almashib ijro etish.
Bolalarni «muntazam ishtirok etuvchi» va rol ijro etuvchilarni «muntazam
tomosha qiluvchi», ya’ni «ishtirokchi va tomoshabin» kabi guruhlarga bo‘linib
qolishi qat’iyan man etiladi. Mashg‘ulot davomida bolalarda sahnaga chiqishdan
qo‘rqish kabi tushunchalar paydo bo‘lishini oldini olish lozim.
Shuning uchun
tarbiyachi bolaga biror qahramonni ijro etib berish yoki ko‘rsatib berish
topshirig‘ini berayotganda bolaning ichki imkoniyatlarini ham inobatga olishi
lozim. Buning uchun tarbiyachi oldida muhim ikki vazifa turadi:
Bolaning ichki kechinmalari, o‘y-hayollari
nima bilan bandligini,
fikrlari qanchalik jiddiyligini tushunish, anglashga harakat qilish;
Bolaga o‘z imkoniyatlarini to‘la ko‘rsata olishga imkoniyat berish,
uning faolligini oshirish maqsadida unga alohida sharoit yaratish.
Shundan kelib chiqib, mazkur mashg‘ulotlarni o‘tkazishda har bir
bolaning amaliy faoliyati uslubiy jihatdan asoslangan bo‘lmog‘i lozim.
Dostları ilə paylaş: