Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

 
 
 
 
3. 
SAXNALASHTIRISH FAOLIYATI VOSITASIDA 
BOLALARDA IJODIY QOBILIYATLARNI 
RIVOJLANTIRISH
 
Reja: 
1.
Saxnalashtirish faoliyati rivojlantirish vositasi sifatida.
2.
Saxnalashtirish faoliyatida bolalarda aktyorlik qobiliyatini rivojlantirish
Tayanch tushunchalar
: rasm, loy, applikatsiya, tahlil, sintez, taqqoslash, 
estetik sezgi, badiiy ijod, ekskursiya, qog‘oz, mel, bo‘yoqlar, mazmunli-rolli, 
dramalashtirish, didaktik. 


25 
Sahnalashtirish faoliyati orqali bolalarning ijodiy qobiliyatlarini 
rivojlantirish 
Sahnalashtirish faoliyatida qatnashish orqali bolalar atrof-olamdagi dunyoni 
rang-barang tasvirlar va turli xil tovushlar yordamida taniydilar, mohirlik bilan 
yaratilgan savollar esa ularni tahlil qilish, xulosalar va umumlashtiruvlar berishga 
undaydi. Qahramonlarning ifodali replikatsiyalari va shaxsiy mulohazalari orqali 
bolalarning so‘z boyligi asta-sekin gavdalanadi. Bolaning ijro etayotgan roli, 
ayniqsa boshqa personajlar bilan bo‘ladigan suhbati uning aniq, ravshan va 
tushunarli so‘zlashishiga majbur etadi. 
Shunday ekan, sahnalashtirish faoliyati ifodali nutq hamda intellektual va 
badiiy-estetik tarbiyaning shakllanishiga taalluqli bo‘lgan ko‘pgina pedagogik 
masalalarni hal etish imkonini beradi. Shuningdek, u bolaning sezgi, his-tuyg‘ulari 
namoyon bo‘lishida beqiyos manba hisoblanadi, ma’naviy boyligini oshiradi. 
Demak, sahnalashtirish faoliyati bolaning hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etishda 
zarur bo‘lgan shart-sharoit, ya’ni empatiyaning rivojlanishida muhim vosita 
hisoblanadi.
Adabiyotlarda ta’kidlanganidek, empatiyaning asosi – insonning emotsional 
holatini uning yuz ifodasi, ifodali harakatlari va nutqi yordamida bila olishi, o‘zini 
har qanday holatda ham boshqalarning o‘rniga qo‘ya olishi va ko‘maklashuvning 
adekvat vositalarini topa olishidir. “Birovning xursandchiligidan xursand bo‘lish 
va birovning qayg‘usiga sherik bo‘lish uchun tasavvur orqali boshqa kishining 
holatiga o‘tishni bilishi va fikran uning o‘rnida bo‘la olishi kerak”. Bu esa, 
jamiyatda muayyan darajadagi aloqalar mavjudligini anglatadi. 
Sahnalashtirish faoliyati har qaysi adabiy asar yoki ertak axloqiy 
yo‘nalishga ega ekanligi sababli xulq-atvorning ijtimoiy ko‘nikmalar tajribasini 
shakllantirishga imkon beradi. Pirovardida, bola olamni aql va yurak bilan 
anglaydi, yaxshilik va yomonlikka nisbatan o‘z fikrini bildiradi. Sevimli 
qahramonlarga taqlid qilish va tenglashish uchun namuna bo‘lib qoladi. Bolaning 
sevimli obraziga nisbatan aynan shunday tenglashuv qobiliyati pedagoglarga 
sahnalashtirish faoliyati orqali bolalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi. 


26 
Sahnalashtirish faoliyati bolalarning biror-bir personaj orqali muammoli 
vaziyatlardan chiqib ketishlariga yordam beradi. Bu esa, o‘ziga ishonmaslik va 
muomala bo‘yicha kelib chiqadigan qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan 
jur’atsizlikni yengib o‘tishga o‘rgatadi.
Shunday ekan, sahnalashtirish faoliyati bilan bog‘liq mashg‘ulotlar 
bolalarning har tomonlama yetuk bo‘lishida katta ahamiyatga ega ekan. Aynan 
shuning uchun maktabgacha umumiy ta’lim muassasalarida olib boriladigan 
ishlarning tarkibi va usullarining muvaqqat (ibratli) talabida maxsus “Bolaning 
sahnalashtirish faoliyatida rivojlanishi” nomli bo‘limi ajratilgan. Unda qayd 
etilishicha, pedagog: 
-
sahnalashtirish faoliyatida bolalarning ijodiy faolligini rivojlantirish 
uchun shart-sharoit yaratish (ijrochilik mahoratini rag‘batlantirish, har bir 
chiqishda erkin va bemalol harakatini rivojlantirish, mimika vositalari, 
ifodali harakatlar va intonatsiyalar yordamida improvizatsiyani 
gavdalantirish va h.k.); 
-
bolalarni teatr madaniyati bilan tanishtirish (teatr moslamalari, teatr 
janrlari hamda qo‘g‘irchoq teatrlarining barcha turlari bilan tanishtirish); 
-
teatr faoliyatining boshqa faoliyat turlari bilan yagona pedagogik 
jarayonda o‘zaro bog‘liqligini ta’minlay bilishi kerak; 
Teatr faoliyati bilan shug‘ullanadigan studiyalarda bog‘cha tarbiyachilari va 
ota-onalar qatnashishi mumkin. Bu juda muhim, bolalarning va kattalarning 
hamkorlikdagi ijodiy faoliyat mtm da hayot rejimiga nisbatan an’anaviy 
yondashuvni yengib o‘tishga yordam beradi. Sahnalashtirish faoliyatining bunday 
tashkil etilishi bolalarda nafaqat bilim va ko‘nikmalarning paydo bo‘lishi, qobiliyat 
va ijodiylikning rivojlanishiga, balki ularning boshqa guruhdagi bolalar hamda 
kattalar bilan o‘zaro aloqada bo‘lishlariga imkon yaratadi. 
Munosabat doirasining kengayishi rivojlanishning to‘laqonli muhitini 
yaratishga, har bir bolaga o‘zining alohida o‘z o‘rnini topa bilishga, bir vaqtning 
o‘zida jamiyatning to‘laqonli a’zosi bo‘lishiga yordam beradi; har kimning o‘zini-


27 
o‘zi boshqarishini ta’minlaydi va barcha – kattayu kichik bu yerda o‘zaro 
harakatning teng huquqli sherigi sifatida chiqadi. 
Spektakl yoki konsert dasturida qatnashib, bolalar o‘z holicha kattalardan 
o‘rnak oladilar va o‘zlarini erkin tutadilar, kattalar kabi o‘zlari istagandek va erkin 
holda o‘z xatti-harakatlarining namunalari va faoliyat turlarini belgilaydilar. 
Bundan tashqari, hamkorlikdagi faoliyat orqali tarbiyalanuvchilar bolalarni, 
ayniqsa ularning xarakterlari, orzulari va niyatlarini yaxshiroq bilib oladilar. 
Kichkina bolalarni hurmat qilishga, ular uchun qayg‘urishga, kattalar va bolalar 
o‘rtasida ishonch paydo bo‘lishiga asoslangan muhit yaratiladi.
Bunday muhit sahnalashtirish faoliyatida bolaning shaxs bo‘lib 
rivojlanishida asosiy vosita hamda uning shaxsiy bilimlari va ijtimoiy tajribasining 
manbai hisoblanadi. Bunda ko‘rgazmali-fazoviy muhit bolalarning nafaqat 
hamkorlikdagi sahnalashtirish faoliyatini ta’minlaydi, balki har bir bolaning 
mustaqil ijod qilishi uchun asosiy manba va o‘zini-o‘zi shakllantirish borasida 
o‘ziga xos muhit hisoblanadi. Shuning uchun sahnalashtirish faoliyatini 
ta’minlovchi ko‘rgazmali-fazoviy muhitni loyihalashtirishda quyidagilarni hisobga 
olish maqsadga muvofiqdir: 
-
bolaning shaxsiy ijtimoiy-ruhiy xususiyatlari; 
-
uning ruhiy-shaxsiy rivojlanishi; 
-
shaxsiy qiziqishlari, afzal tomonlari va uinig ehtiyojlari; 
-
ijodiy qobiliyati, qiziquvchanligi va yangiliklarga intiluvchanligi; 
-
yoshiga xos va rolli o‘yinlar xususiyatlari; 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy-ruhiy xususiyatlari tengdoshlari 
va kattalar bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatda qatnashishiga bo‘lgan 
intilishlaridan iborat. Bolalarning yoshiga xos guruhlarida hamkorlikdagi va 
mustaqil sahnalashtirish faoliyatining optimal balansini ta’minlash uchun 
sahnalashtirish hududi yoki ertak burchagi jihozlangan, shuningdek bolaning 
yolg‘iz o‘zi qolishi va qandaydir rolini oyna oldida “tayyorlanib olishi uchun” yoki 
spektaklga illyustratsiyani yana bir marta ko‘rib olishi uchun “jim-jit burchak” 
yaratilishi kerak. 


28 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxsiy qiziqishlari, ehtiyojlari va
ishtiyoqlarini amalga oshirish uchun ko‘rgazmali-fazoviy muhit tanlash erkinligi 
va huquqini ta’minlab berishi kerak. Shuning uchun sahnalashtirish faoliyatining 
hududida qo‘g‘irchoq teatrining har xil turlari, bolalar chizgan rasmlari va shu 
kabilar bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, har xil bolalarning qiziqishlariga mo‘ljallangan materialllar 
doimiy ravishda yangilanib turilishi kerak. Bularning barchasi esa tarbiyachining 
har bitta bola bilan alohida-alohida shug‘ullanishi uchun barcha shart-sharoitlarni 
yaratib beradi. 
Qiziquvchanlik va yangiliklarga nisbatan intiluvchanlikning rivojlanishi 
spektakl uchun kerakli bo‘lgan atributlar, dekoratsiyalar va kostyumlarni 
tayyorlashda turli materiallar yordamida yaratish, modellashtirish va sinovdan 
o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlarga asoslanadi, Sahnalashtirish faoliyatining 
hududida tabiiy materillar, matolar va kostyumlar mavjud bo‘lishi kerak. 
Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini ochib berish uchun bolalarning 
sahnalashtirish faoliyati bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar, studiyalarga oid ishlar va 
turli-tuman bayram tomoshalari o‘tkazish uchun maxsus yarim funksiya 
bajaruvchi maxsus (musiqali va teatr zallari, grim xonasi, ertak xonasi va 
boshqalar) binolar ham mavjud bo‘lishi kerak. 
Guruhda sahnalashtirish hududini loyihalashtirish uchun bolalarning shaxsiy 
xususiyatlari chegarasi sifatida yoshiga doir xususiyatlarini hisobga olishda uskuna 
va materillarni bolaning yoshiga moslab tanlash talab etiladi. Masalan, ushbu 
hududdagi kichik yoshdagi guruhlarda maskarad kiyimi kiyish va tanish ertaklarni 
sahnalashtirish uchun qo‘g‘irchoq-hayvonlarning burchagi yaratilgan bo‘lishi 
kerak. 
Ikkinchi kichik yoshdagi guruh bolalari uchin eng oddiysi va eng osoni stol 
ustidagi qo‘g‘irchoq teatri hisoblanadi. Bu kabi teatr uchun qo‘g‘orchoqlarni har 
qanday mato, porolon, yung va charm bo‘lagidan tikib olsa ham bo‘laveradi. Stol
ustidagi qo‘g‘irchoq teatrini to‘qishning har xil turlarida foydalaniladigan ilgaklar 
va to‘qish moslamalari bilan bog‘lash mumkin.


29 
Stol ustidagi qo‘g‘irchoq teatri uchun, shuningdek loydan yasalgan 
qo‘g‘irchoqlar, turli xil yog‘och o‘yinchoqlar ham to‘g‘ri keladi. Qiziqarli 
qo‘g‘irchoqlarni qog‘ozli konuslar,silindrlar va turli o‘lchamdagi qutilardan ham 
yasab olsa bo‘ladi. O‘rta yoshdagi guruhlarda bolalarni sahna pardasi va 
miniladigan qo‘g‘irchoqlar bilan tanishtiriladi. Uning asosi qo‘g‘irchoqlar 
umurtqasi vazifasini bajaruvchi tayoqchali xavozadan iborat.
Bolalarni miniladigan qo‘g‘irchoqlarni boshqarishga o‘rgatishdan oldin 
yog‘och qoshiqqa asoslangan o‘yinchoqlar bilan o‘ynash imkoniyati beriladi.
Qoshiqlar bilan sahnalashtirilgan teatr bolalarga qo‘g‘irchoqlarni boshqarish 
yo‘llarini o‘rgatadi.
Katta yoshdagi guruhlarda bolalarni marianetkalar va “jonli qo‘l”li 
qo‘g‘irchoqlar bilan tanishtiriladi. Marionetka deb ko‘pincha iplar yordamida 
boshqariladigan qo‘g‘irchoqlarga aytiladi. Marionetkalarni turli xil narsalardan 
yasash mumkin. Odatda, marionetkalarni matolardan yumshoq o‘yinchoqlarni 
tikish uslubiga asoslanib tikiladi. Ularni harakatga keltirish uchun esa havoza dan 
foydalaniladi. Havoza – bir-biriga chalishtirilgan ikkita yog‘ochdan yasalgan 
bo‘lib, undan o‘tkazilgan ipga qo‘g‘irchoqlar osib qo‘yiladi. 
“Jonli qo‘l”li qo‘g‘irchoqlar yorqin ifodali imkoniyatlarga ega, chunki 
qo‘g‘irchoqlarning qo‘li o‘rniga bolalarning qo‘li ishlaydi. Bunday qo‘g‘irchoqlar 
asosan bosh qismidan va erkin harakat qilishga mo‘ljallangan ustkiyimdan iborat 
bo‘ladi, kiyimning bilag qismini bola o‘zining qo‘lida kirgizib qo‘g‘irchoqni 
harakatga keltiradi. Bu qo‘g‘irchoqlarni yasash va boshqarish juda oson. “Jonli 
qo‘l”li qo‘g‘irchoqlar yordamida boshqa tizimdagi qo‘g‘irchoqlarga xos bo‘lmagan 
harakatlarni amalga oshirish mumkin. 
Maktabga tayyorlovchi guruhlarda bolalar tayoqli va katta-katta ko‘rinishli 
qo‘g‘irchoqlar bilan tanishadilar. Bunday qo‘g‘irchoqlar qo‘lga taqiladigan 
qo‘g‘irchoqlardan o‘zining katta o‘lchamdaligi bilan farq qiladi. Unung asosi 
gapitdan iborat bo‘lib, qo‘g‘irchoqning qo‘llari yog‘ochdan yasalgan tayoq 
yordamida harakatga keltiriladi. Bola bir qo‘li bilan xavoza yordamida 
qo‘g‘irchoqni ushlab oladi, boshqa qo‘li bilan esa trostni boshqaradi. Trostli 


30 
qo‘g‘irchoqlarda qo‘g‘irchoqlarni boshqarish qo‘lga taqiladigan qo‘g‘irchoqlarga 
qaraganda qiyinroq, lekin imkoniyatlari juda kengdir. 
“Odam-qo‘g‘irchoq” tizimidagi sahna qo‘g‘irchoqlarining balandligi 
bolaning bo‘yiga bog‘liq. Bola qo‘g‘irchoqning juda katta boshini o‘zining 
boshiga, qo‘llarini qo‘liga, kata oyoq kiyimlarini esa oyoqlariga kiyib oladi va 
haqiqiy tirik qo‘g‘irchoqqa aylanadi. Qo‘g‘irchoqning boshi, qo‘llari va oyoq 
kiyimlari bolaning bemalol nafas olishi va atrofni ko‘ra olishi uchun porolondan 
tikilib, usti esa mato bilan qoplanadi. Bunda qo‘g‘irchoqning og‘zi bolaning 
ko‘zlariga moslashtirilib ochiqroq qilib qo‘yiladi.
“Odam-qo‘g‘irchoqlar” yorqin sahna imkoniyatlariga egadirlar. Bu kabi 
“Odam-qo‘g‘irchoq”larni boshqarish bolalarga juda katta quvonch baxsh etadi.
Bolalarning rolli o‘yinlar xususiyatlarini hisobga olish maqsadida 
sahnalashtirilgan faoliyat uchun mo‘ljallangan hudud jihozlari o‘g‘il bolalar hamda 
qiz bolalarning qiziqishlariga javob berishi kerak. Shunday ekan, bolalarning 
sahnalashtirilgan faoliyatining hududini loyihalashtirish ko‘rgazmali-fazoviy 
muhitni yaratishning asosiy tamoyillariga rioya etishni nazarda tutadi. Bular 
quyidagilar: 
-
bolalarning hamkorlikdagi va shaxsiy faoliyati orasida muvozanatni 
ta’minlash; 
-
norasmiy hududni tashkil etish; 
-
tanlov xarakteri va erkinligini ta’minlash; 
-
modellashtirish, qidirish va tajriba qilish uchun shart-sharoitlarni yaratish; 
-
binolar va asbob-uskunalardan juda ko‘p foydalanish; 
-
jihozlar va materiallarning yoshi va jinsiga moslashtirilishi. 
Sahnalashtirilgan faoliyat bo‘yicha mashg‘ulotlar quyidagilardan iborat: 
-
qo‘g‘irchoq teatrini tomosha qilish va ular haqida suhbatlashish; 
-
drammalashtirish o‘yinlari; 
-
turli xil hikoyalar va sahna asarlarini tayyorlash va ijro etish; 
-
ifodali ijroni shakllantirish bo‘yicha mashqlar (og‘zaki va og‘zaki 
bo‘lmagan); 


31 
-
axloqiy mashg‘ulotlar bo‘yicha alohida mashg‘ulotlar; 
-
Bolalarning ijtimoiy va hissiy rivojlanishi uchun mashqlar. 
Bolalarning sahnalashtirish faoliyati, albatta, o‘z-o‘zidan kelib chiqmaydi. 
Bu masalada ushbu jarayonni yaxshi boshqara oladigan tarbiyachi juda katta 
ahamiyatga ega 
Ta’kidlash lozimki, bir vaqtning o‘zida bilim berish, tarbiyalash va 
rivojlantirish vazifalarini bajaruvchi sahnalashtirish faoliyati sahna chiqishlarini 
tayyorlashga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Ularning mazmuni, shakllari va 
amalga oshirish usullari uchta asosiy maqsadni bir vaqtning o‘zida amalga 
oshirishi kerak: 

Teatr va ijro faoliyati ko‘nikmalari va nutqini rivojlantirish; 

Ijodkorlik muhitini yaratish; 

bolalarni ijtimoiy va hissiy jihatdan rivojlantirish. 
Sahnalashtirish faoliyatining mazmuni nafaqat adabiy asar yoki ertak matni 
bilan tanishish, balki yuz ifodalari, harakat, kostyum va boshqalar, ya’ni ifodali 
o‘qishda muhim ahamiyatga bo‘lgan “belgilar” bilan ham tanishishdan iborat,
Har qanday sharoitda ham hech qanday bosim, taqqoslash, baho berish, 
hukm o‘tkazish mumkin emas. Aksincha, bolalarning fikr bildirishga, ichki 
faolligini namoyon etishlariga imkon yaratish kerak. Pedagog bolalarga o‘zining 
aktyorlik faoliyatidan kelib chiqib tazyiq o‘tkazmasligi va uni tomoshabinga 
aylantirib qo‘ymasligi kerak. Bolalarning sahnaga qo‘rqmasdan chiqishlariga 
e’tibor berishlari kerak. “Aktyor” va “tomoshabin”, ya’ni har doim ijro etuvchi va 
boshqalarning “ijro etishini” har doim tomosha qiluvchi o‘rtasida farq bo‘lmasligi 
kerak.
Sahnalashtirish faoliyatini tayyorgarlik bir qancha bosqichlarda amalga 
oshiriladi. Avvalo tarbiyachi asarni ifodali qilib o‘qib berishi kerak, keyin esa u 
haqda bolalar bilan nafaqat mazmuni haqida, balki alohida ifoda vositalari 
borasida suhbatlashishi kerak.


32 
Ta’kidlash lozimki, asarni qanchalik to‘liq qabul qilinsa, sahnalashtirish
faoliyatining darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi, shuning uchun har bir asarni 
o‘qishda intonatsion, leksik va sintaktik ifodali o‘qish vositalari majmuidan keng 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Pedagog har bitta bolani juda yaxshi bilishi, har qanday asarni eshitib 
qanday ta’sirlanishini bilishi kerak. Agar “u yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi 
nizo uchun kuyunmasa, uning ko‘zlarida xursandchilik aks etmasa- bu degani, 
uning yuragida nimadir bo‘lgan” va pedagog uning parchalangan yuragini asliga 
qaytarishi uchun ko‘p harakat qilishi kerak. Shunga muvofiq, tarbiyachi oldida 
ikkita asosiy masala ko‘ndalang turibdi: 
- bola nimani his qilayotganligini tushunishi, uning qayg‘usi nimaga 
yo‘nalganligi va ularning qanchalik chuqur va jiddiy ekanligini bilishi ; 
- bolaga o‘z fikrini erkin va to‘liq bildirishi uchun yordam berishi, asar 
qahramonlariga yordam berishi uchun alohida sharoitlar yaratishi. 
Hissiy materiallarni chuqurroq tushunib yetishda illyustratsiyalar, 
shuningdek videofilmlar katta ahamiyatga ega. Illyustratsiyalarni ko‘rib chiqishda 
rasmlarda ifodalangan qahramonlarning ruhiy holatlarini (“unga nima bo‘lgan”, “u 
nega yig‘layapti” va h.k.) tahlil qilishga ham katta ahamiyat berish maqsadga 
muvofiqdir.
O‘qib berilgan asar haqida suhbat va shu kabi boshqa mashg‘ulotlardan 
so‘ng asosiy mavzuga qaytish kerak, bunda bolani asarning alohida qismlarini 
gso‘zlab berishiga taklif qilish kerak. Mazmunini aynan xuddi o‘zidek so‘zlashini 
talab qilinmaydi. Juda zarur bo‘lgandagina unga tuzatish kiritiladi, ko‘p to‘xtalmay 
davom ettiriladi.
Shunga qaramay, matn yetarli darajada yaxshi o‘zlashtirilsa, taqdimotning 
aniqligi va ifodalanganligini rag‘batlantirish ham kerak. Bu muallif matnining 
o‘ziga xosligini yo‘qotmaslik uchun muhimdir.
Ifodalilikning turli xil vositalari orasidan quyidagilarni tavsiya etiladi: 

Ikkinchi kichik yoshdagi guruhlarda oddiy obrazli-ifodali qobiliyatni 
shakllantirish (ertak qahramonlarining harakatlarini o‘xshatib bera olish); 


33 

O‘rta yoshdagi guruhlarda badiiy-ijodiy ifodali vosita elementlarini 
(intonatsiya, pantomima va yuz ifodalari )o‘rgatish; 

Katta yoshdagi guruhlarda badiiy va ijodiy ijro mahoratini 
takomillashtirish; 

Maktabga tayyorlov guruhida obrazni yetkazib berish borasida mustaqil 
ijodkorlikni hamda og‘zaki va pantomima harakatlarining ifodasini rivojlantirish. 
Bolalarga ertak qahramonlarining imitatsion harakatlarini jismoniy hamda 
musiqali mashg‘ulotlar va erkin holatlarida o‘rgatish mumkin. Qahramonlarning 
harakatdagi fe’l-atvorini musiqa yordamida yetkazib briladi. Sahnalashtirish 
faoliyati bo‘yicha mashg‘ulotlar ertaklarni maromida ijro etish, illyustratsiyalar 
bo‘yicha rollarni ijro etish, hayotdan olingan (kulgili voqealar, qiziqarli hodisalar) 
mavzuga mos mustaqil improvizatsiyalardan iborat. Mashg‘ulotlar asosan yagona 
sxema bo‘yicha tuziladi: 

Mavzuga kirish, ruhiy kayfiyatni yaratish; 

Tarbiyachi va har bir bola o‘zining ijodiy salohiyatini namoyish eta 
oladigan (turli ko‘rinishdagi) sahnalashtirish faoliyati; 

sahnalashtirish faoliyatining muvaffaqiyatini ta’minlab beruvchi ruhiy 
holatni kiritish; 
Shunday qilib, o‘z-o‘ziga ishonch va xulqning ijtimoiy ko‘nikmalarini 
rivojlantirishga shunday sahnalashtirish faoliyati tashkil etish lozimki, bunda har 
bir bola o‘zini qandaydir rolni erkin ijro eta olishi kerak. Buning uchun turli xil 
uslublardan foydalanish kerak: 
-
bolalar tomonidan o‘zlari istagan rolni tanlash; 
-
bosh rolga jur’atsizroq, tortinchoq bolalarni tanlab olish; 
-
rollarni kartochkalar bo‘yicha taqsimlash (bolalar tarbiyachi qo‘lidan 
ertak qahramonining rasmi ifodalangan har qanday kartochkani oladilar); 
-
rollarni juft-juft bo‘lib o‘ynash. 
Bolalarning ijtimoiy-ruhiy rivojlanishiga bolalarning o‘ziga nisbatan bo‘lgan 
ishonchini tarbiyalash, ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, his-tuyg‘ularini 


34 
shakllantirish bo‘yicha ma’lum bir muammolarni hal etishga qaratilgan turli 
voqealar va maxsus to‘qib chiqarilgan ertaklar yordam beradi. 
Sahnalashtirish faoliyatida ishtirok etish natijalari izofaollik bo‘yicha va qo‘l 
mehnati bilan bog‘liq ishlarda aks etishi mumkin. 
Bolalarning sahnalashtirish faoliyatini rivojlantirish va ularning ruhiy-sezgi 
tajribalarini jamlash – ota-onalarni ham jalb etilishini talab qiladigan uzoq 
muddatli ish hisoblanadi. Mazkur masala bo‘yicha kattalar manfaatlarini 
faollashtirishga kattalar va bolalar bir xil ishtirokchi sifatida qatnashuvchi mavzuga 
oid kechalar yordam beradi. Sahnalashtirish faoliyati bolalarning ma’naviy va 
ijodiy salohiyatini namoyon etadi va ularga ijtimoiy muhitga moslashish 
imkoniyatini beradi. O‘qitish va tarbiyalashda kreativ tamoyillarga, ya’ni 
bolalarning ijodiga, ruhiy-jismoniy hissiyotlariga va shaxs erkinligiga maksimal 
ravishda e’tibor berish juda muhim hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin