21
Bolalar so‘z boyligini to‘ldirish va faollashtirish. Nutqning intonatsion
ifodaliligini shakllantirish. Teatrlashtirilgan o‘yin faoliyatida bolalarda suhbat
qurish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Qo‘g‘irchoqlardan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini mustahkamlash.
Bolalarda qo‘g‘irchoqlar bilan improvizatsiyalashgan o‘yinlarda
ishtirok etish istaklarini shakllantirishda davom ettirish.
Maktabgacha ta’lim muassasasi hodimlari, ota-onalar va bolalar
oldida tomosha ko‘rsata olish qobiliyatini muntazam ravishda shakllantirish va
qo‘llab quvvatlab borish.
Katta guruh
Katta guruhlarda ro‘y beradigan chuqurlashtirilgan teatrlashtirilgan o‘yin
ko‘nikmalari drammatizatsiyalashtirigan o‘yin va teatrlashtirilgan rejisserlik
o‘yinlarining turli shakllari hisobiga o‘rganiladi. Katta guruh tarbiyalanuvchisi bir
necha adabiy asardan tashkil topgan improvizatsiya o‘yinlari, mustaqil ko‘rinishlar
qo‘yish imkoniyati yaratiladi. Masalan, «A.S.Pushkin ertaklariga sayohat»,
«Sh.Perro ertaklari qahramonlarining yangi sarguzashtlari» i boshqalar. Bunaday
yondashuv bolalarda rejissyorlik tajribalarini oshiradi.
Tomosha uchun mavzu va so‘zlar murakkablashtiriladi, teatrlashtirilgan o‘yin
jarayonida hayvonlar haqidagi turli ertaklaridan foydalaniladi («Echki bolalari»,
«Bo‘g‘irsoq» va shu kabilar).
Dostları ilə paylaş: