13
Bolalar bilan teatrlashtirilgan faoliyat quyidagi yo‘nalishlardagi ishni o‘z
ichiga oladi:
- teatrlashtirilgan faoliyatda bolalarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun
sharoit yaratish;
- bolalarning ijrochilik ijodini (turli sahna va postanovlkalarda rol o‘ynash,
mashg‘ulotlarda ifodali o‘qish va sh.k.) rag‘batlantirish;
- bolalarda individual xususiyatlariga muvofiq kattalar
va tengdoshlari oldida
chiqish vaqtida o‘zini erkin tutish qobiliyatini rivojlantirish (jumladan, uyatchan
bolalarga bosh rollarni berish, nutqiy qiyinchiliklari bo‘lgan bolalarni spektakllarga
jalb qilish, har bir bolaning spektakl va boshqa chiqishlarda faol ishtirokini
ta’minlash);
- bolalarni (turli personajlarning
xarakterli xususiyatlarini, o‘zining hissiy
kechinmalari, emotsional holatini ifodalashda) mimika, pantomima, ifodali harakat
va intonatsiya yordamida improvizatsiyalashga undash;
- bolalarni dramalashtirishning turli vositalari orqali ifodalanadigan
personajlarning
kayfiyati, emotsional holatini farqlashga o‘rgatish (mimika va
harakatlar yordamida quvonch, qayg‘u, jahl, hayrat va sh.k. ni namoyish qilish va
personajning holatini aniqlashni taklif qilish; qo‘g‘irchon personajdan foydalanib,
boladan aynan bitta jumlani turlicha intonatsiya bilan aytishni so‘rash
va qolgan
bolalardan personajning xarakteri va kayfiyatini topishni so‘rash).
Teatrlashtirilgan faoliyatda bolalarning ijodiy faolligini oshirish bo‘yicha
vazifalarni hal qilishda ular va ota-onalar bilan ishlarning zarur shakllari
belgilangan bo‘lib, ular uchta: tashkiliy, amaliy va yakunlovchi bosqichni o‘z
ichiga oladi.
Tashkiliy bosqichda:
- mavzuga oid metodik adabiyotlar o‘rganiladi;
- bolalar bilan teatr haqida suhbat o‘tkaziladi;
- “Ijodkor bola qanday bo‘ladi?” mavzusida ota-onalar bilan so‘rov o‘tkaziladi;
- “Ijodkor bola o‘zida qaysi fazilatlarni rivojlantiradi?”
mavzusida ota-onalar
bilan so‘rov o‘tkaziladi;
14
- bolalarni teatrlashtirilgan faoliyatga jalb qilish bo‘yicha rejalar tahlil qilinadi;
- “Teatrlashtirilgan faoliyat nutqning ifodaliligi vositasi” mavzusida ota-onalar
uchun maslahat o‘tkaziladi;
- bolalar va ota-onalarning xalq ertaklari bo‘yicha ishlangan rasmlar “Ertak
huzurida mehmonda” ko‘rgazmasida ishtiroki ta’minlanadi.
Amaliy bosqichda quyidagilar amalga oshiriladi:
- bevosita ta’limiy faoliyat. “Kommunikatsiya” sohasi. “—“ nomli xalq ertagini
sahnalashtirish;
- “Sholg‘om”, “Bo‘g‘irsoq” ertaklarini ilk, kichik va o‘rta
maktabgacha
yoshdagi bolalar uchun, shuningdek, ota-onalar majlisida namoyish qilish;
- bolalar bilan “---” spektalini tomosha qilish;
- badiiy adabiyotlar mutolaasi va xalq ertaklariga illyustratsiyalarni ko‘rib
chiqish;
- xalq ertaklari aks ettirilgan audioyozuvlarni tinglash, videomateriallarni
tomosha qilish;
- niqob va kostyumlardan foydalangan hola “ayyor tulki”, “kuchukchalar va
mushukchalar” inssenirovkasi;
- “sehrli tovushlar” o‘yini;
- mustaqil ijodiy o‘yinlar;
- xalq ertaklarini namoyish qilish uchun qo‘g‘irchoq teatrini tayyorlash.
Ishning yakunlovchi bosqichi:
- bolalarning ijodiy improvizatsiyalash qobiliyatini aniqlash;
- ota-onalar yordamida rivojlantiruvchi muhitni to‘ldirish;
- ma’ruza (doklad) shaklida qilingan ish natijalari haqida hisobotni o‘z
ichiga
oladi.
Teatrlashtirilgan faoliyat bo‘yicha ish shakllari bosqichlari ilovada
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: