47
Bolalar teatrlashtirilgan faoliyatini samarali bo‘lishiga erishish maqsadida
qobiliyat, did, musiqa, badiiy nutq, tasviriy faoliyatdagi ijodiy faolliklarini
rivojlantirish uchun bolalar bilan kundalik tizimlashtirilgan ishlar olib borish
lozim.
Tarbiyachi maktabgacha ta’lim muassasasida boalar ishtirokida tadbir
o‘tkazar ekan, bu birinchi navbatda bolalarga quvonch ulashishini unutmasligi
lozim. Bu bola ko‘p yillar davomida esda saqlab qoladigan taassurotlar manbai. Bu
axloqiy-estetik hissiyotlarni rivojlantiruvchi muhim vosita hisoblandi. Shuning
uchun, yaxshi tayyorgarlik, o‘ylangan asar, tashkilotchilik – bayramda har bir
bolaning hatti-harakatini, tadbirning bola psixikasiga qanday tasir qilishini belgilab
beradi. Bolalar doim sho‘x, quvnoq, o‘zlarini erkin va qulay his etishlari lozim.
Ammo, cheklovsiz xursandchlikka ham yo‘l quyib bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: