«Art-fantaziya» dasturi
Shunday talablarga E.G.Churilovaning teatrlashtirilgan faoliyatga oid «Art-
fantaziya» dasturi javob beradi. Ona ne predpolagaet bukvalnogo vыpolneniya. U
kattalarni (pedagog, ota-onalarni) mazkur dasturdan foydalangan holda bolaning
olamni his qilishi va o‘zini tutishida estetik tizimlarni faollashtirib, yangi sharoitlar
yaratishga yo‘naltiradi.
«Art - fantaziya» dasturi besh qismdan iborat bo‘lib, maktabgacha ta’lim
muassasasining katta va o‘rta guruh tarbiyalanuvchilari bilan dastur asosida ikki yil
davomida ish olib borilmoqda.
1.
«Teatrlashtirilgan o‘yin» - bolalar tomonidan faqatgina bilim va
ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lmay, balki o‘yin faoliyatini, estetik his, har
qanday ishga ijodiy yondoshish, o‘z tengdoshlari va kattalar bilan turli holatlarda
muloqotga kirisha olishni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Bu bo‘limning barcha
o‘yinlari shartli ravishda ikki turga bo‘linadi: umumrivojlantiruvchi o‘inlar va
maxsus teatrlashtirilgan o‘yinlar.
2.
«Ritmoplastika» - bolalarning tabiiy psixomotorik qobiliyatlarini
rivojlantiruvchi, atrof-olam va jism o‘rtasidagi uyg‘unlikni his qiluvchi, tana
harakati erkinligini rivojlantiruvchi ritmik, musiqiy, plastik o‘yin va mashqlar
majmuasini o‘z ichiga qamrab oladi.
38
3.
«Nutq texnikasi va madaniyati» - intonatsiya, mantiqiy nutq va orfoepiya,
diksiya, to‘gri artikulyatsiya qoidalarini bilishi, to‘gri nafas olish va erkin nutq
kunikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘yin va mashqlarni birgalikda olib
borish. Aynan shu bo‘limga nutq shakllarini, badiiy fantaziya, kichik ertak va
hikoyalar, sodda sherlar tuzish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi so‘z o‘yinlari
qo‘shilgan.
Shunday qilib, barcha mashqlarni uch turga ajratish mumkin:
nafas va artikulyatsion mashqlar;
diksion i intonatsion mashqlar;
so‘z bilan ijodiy o‘yinlar.
4.
«Teatrlashtirilgan madaniyat» - bolalarning teatr san’atiga oid
boshlang‘ich kasbiy terminlari haqida ma’lumot va tushunchaga ega bo‘lishi.
Bo‘limga quyidagi asosiy mavzular kiritilgan: «Teatr san’ati xususiyatlari», «Teatr
san’ati turlari», «Asarning tug‘ilishi», «Teatrning ichki va tashqi dunyosi»,
«Tomoshabin madaniyati».
5.
«Sahna asarini tayyorlash» - mualliflik asarlarini asoslab, o‘z ichiga
quyidagi mavzularni qamrab oladi: «Asar bilan tanishish», «Kichik ko‘rinishlardan
sahna asarigacha».
E.G.Churilova faoliyat turlari bo‘yicha umumiy dasturiy vazifalarni
quyidagicha shakllantiradi:
1)
Kognitiv qiziqishni faollashtirish.
2)
Suhbat olib borishga, sahnadagi hamkorini o‘zi tanlashga, berilgan
so‘zlarga ta’riflar tanlashga, asosiy his-tuyg‘ularni ifodalashda intonatsiyadan
foydalanishga o‘rgatadi.
3)
Teatrda o‘zini tutish madaniyati, tengdoshlariga nisbatan yaxshi
munosabatda bo‘lish va ular bilan do‘stona aloqalarni o‘rnatish ko‘nikmalarini
tarbiyalash.
4)
Ko‘rish va eshitish diqqati, xotira, topqirlik, kuzatuvchanlik, fantaziya,
tasavvur, tasviriy fikrlash, buyruqlar yoki musiqa signaliga qarab harakatlanish
qobiliyati, boshqa bolalar bilan kelishilgan holda harakatlanish, turli vaziyatlarda
39
insonlar bilan aloqa qilish qobiliyati, sahna san’atiga qiziqish, har qanday hayoliy
vaziyatga chin dildan ishonish (o‘zgarish va o‘zgartirish), tasavvurdagi jismlar
bilan harakatlanish ko‘nikmasi, ritm va harakatlarni muvofiqlashtirish, plastik
ta’sirlilik va musiqiylik, bolaning harakat qobiliyatlari, chaqqonlik va
harakatchanlik, boshqa ijrochilar bilan to‘qnashmagan holda sahnada to‘g‘ri
harakatlanish, turli plastik harakatlar yordamida tirik mavjudotlar obrazini yarata
olishni bilish, turli qo‘l harakatlaridan foydalanishni bilish, musiqiy asarlarning
xarakter va kayfiyatini, tug‘ri artikulyatsiya va nutq jarayonida to‘g‘ri nafas olish,
tez aytish va sherlar orqali diksiyani erkin plastik improvizatsiyalarda yetakazib
bera olishni rivojlantirish.
5)
Bolalarni teatr terminlari, teatr san’ati turlari, sahna asari yaratuvchilari
(teatr san’atining bosh ijodkorlari), tomosha zali va sahna bilan tanishtirish.
6)
Asosiy mushaklar guruhi bilan ishlashni bilish.
7)
So‘z lug‘atini boyitish.
8)
Cheklanganlik va qo‘rslikni olib tashlash.
9)
Ertaklar asosida etyudlar o‘ylab topish.
10)
Bolalarga ma’lum ertak mavzulari asosida dramatizatsiyalashgan
o‘yinlarni improvizatsiya qilish.
«Art-fantaziya» dasturida tavsiya etilgan ko‘nikma va malakalar:
Kelishilgan holda yakka tartibda yeki ketma-ketlikda harakatlanishiga
tayyorlik;
har bir bolaning tashqi ko‘rinishini eslab qolish va tasvirlab berish;
5-8 artikulyatsion mashqlarni bilish;
to‘liq bir yengillik uchun turli mushak to‘qimalari bilan ishlashni bilish;
qisqa nafas olish va uzun nafas chiqarish, nutq o‘rtasida nafas chiqarmaslik; tez
aytishlarni turli tezlikda, pichirlab va ovozsiz aytish; bitta jumla yoki tez aytishni
turli intonatsiyalarda aytish; dialogik sheriy matnni so‘zlarni to‘g‘ri va aniq
qo‘llagan holda kerakli intonatsiyada ifodali tarzda yoddan aytib berish; berilgan
so‘zlar asosida gap tuzish; sodda dialoglar tuzish, ertaklar asosida etyudlar o‘ylab
topish.
40
Tarbiyachi-pedagog katta guruh tarbiyalanuvchilari bilan ishlash jarayonida
quyidagilarni bilishi lozim:
fikrlash jarayoni va bilishga qiziqish, assotsiativ va majoziy fikrlashni
kuchaytirish;
sahna san’atiga ta’sirchanlik, ixtiyoriy diqqat, xotira, kuzatuvchanlik,
topqirlik, fantaziya, fikr tezligi, tashabbuskorlik va topqirlik, o‘zini harakatlarini
sahnadagi sheriklari bilan kelishish, o‘zaro fikr almasha olish va turli holatlarda
kattalar bilan muloqotga kirisha olish, jismlarga, sahnadagi sheriklariga va harakat
joyiga nisbatan munosabatini o‘zgartirish; o‘zgarish va o‘zgartirish, o‘zining
harakatlarini hayoliy sabablar bilan oqlay olish, bir harakatni turli holatlarda tirli
hilda bajara olish, tana harakatlarini boshqara olish, to‘liq bir yengillik uchun turli
mushak to‘qimalari bilan ishlashni rivojlantirish;
bolalarni ijodkorlikka, tengdoshlariga bilan yaxshi munosabatda bo‘lish va
ular bilan do‘stona aloqalarni o‘rnatish ko‘nikmalarini tarbiyalash.
buyruqlar yoki musiqa signaliga qarab harakatlanish qobiliyatini
mustahkamlash;
muloyim xatti-harakatlar qilish ko‘nikmalarini singdirish;
boshqa bolalar harakatlarini baholash va ularni o‘zining harakatlari bilan
solishtirish;
bolalarni sahnada tabiiy xarakatlanishga o‘rgatish, tarbiyachi tomonidan
berilgan yoki o‘ylab topilgan syujetlar asosida mustaqil etyudlar, emotsiyalar,
harakatlar o‘ylab topish, sahnadagi hamkorlari harakatlariga yetarlicha e’tibor
berishga o‘rgatish;
bolalarning motorik qobiliyatlari, moslashuvchanlik va chidamlilik, xayoliy
narsalar bilan ishlash qobiliyatini oshirish;
dramatizatsiya o‘yinlarini bolalarga ma’lum ertaklar asosida dramma, balet,
oper kabi improvizatsiya qilish.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida teatrlashtirilgan faoliyat kunning istalgan
vaqtida musiqa, tasviriy san’at va boshqa mashg‘ulotlar davomida, shuningdek ona
41
tili, atrof-olam kabi haftalik mashg‘ulotlarga singdirilgan holda tashkil etilishi
mumkin.
Har
bir
tarbiyalanuvchiga
individual
yondoshish
maqsadida
teatrlashtirilgan faoliyatning barcha turlarini tashkillashtirishda kichik guruhlar
shaklida o‘tkazish maqsadga muvofiq. Mashg‘ulotdan kelib chiqqan holda kichik
guruhlar har gal har hil shakllanishi lozim bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |