Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

«Fonus xayol» teatri 
«Fonus xayol» teatri qadimdan mavjud bo‘lib, ayniqsa u XI asrda Yava va 
Xitoy davlatlarida keng tarqalgan. Xitoy «Fonus xayol» teatrida qo‘g‘irchoqlar 
qo‘tos, eshak, qo‘ylarning terisidan qilingan. Ular har xil rangga bo‘yalgan. 
Masalan, qo‘g‘irchoqning yuzi oq bo‘lsa, u ayyor, qizil bo‘lsa-dono, qora bo‘lsa - 
saxiy degan ma’nolarni anglatgan. Agarda qo‘g‘irchoqning qo‘lida qamchi bo‘lsa-
u otda, eshkak bo‘lsa-qayiqda ketayotganini bildirgan. 
Qo‘g‘irchoqlar yog‘langan qog‘oz yoki matodan qilingan ekranga zich tekkizib 
yurgiziladi. Ko‘rsatuv vaqtida musiqa chalinib turiladi. Voqea tarixiy yoki ertak 
asosida bo‘lishi mumkin. Xitoyda xozirgi kunda ham bunday teatr mavjud bo‘lib, 
u Impuri deb ataladi. Bunday teatr Yavada ham bor bo‘lib, uning nomi Vayan-
purodir. Uning syujeti asosan qadimgi afsonalar yotadi. Qo‘g‘irchoqlar asosan 


62 
xayvonlar terisidan tayyorlanib, tayoqchalarga maxkamlab qo‘yiladi. Ular badiiy 
so‘z ustasining hikoyasi yoki qo‘shiq jo‘rligida harakat qilishadi. 
Bunday teatr Turkiyada ham keng tarqalgan bo‘lib, ularda «Qaraiz» deb 
ataladi. Tomoshalar odatda qahvaxonalarda ko‘rsatiladi. Qo‘g‘irchoqlar yaxshi 
oshlangan teridan yasalib, asosan qizil va ko‘k rangga bo‘yaladi. «Fonus xayol» 
teatri Turkiyadan avval Italiyaga, so‘ngra Angliya, Fransiya, Germaniyaga 
tarqalgan. XVIII asrning ikkinchi yarmi «Fonus xayol» teatrining Yevropada eng 
gullagan davri bo‘ldi. 
1775 yilda Londonda tashkil etilgan Ambruz teatri butun Yevropada 
gastrolda bo‘lgan. Rassom Anri-River raxbarlik qilgan «Shapuor» («Qora 
mushuk») teatri Parij va chet el mamlakatlari o‘rtasida katta muvaffaqiyat 
qozongan. 
Hozirgi kunda «Fonus xayol» teatri asbob-uskunalarining oddiyligi va 
ko‘rsatishning osonligi tufayli borgan sari keng tarqalmoqda. Bunday teatr 
bolalarni estetik tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. «Fonus xayol» teatrida ish 
hammaga topiladi, birining ishi ikkinchisining ish natijasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Demak‚ «Fonus xayol» teatri bolalar nutqini rivojlantirishda, ularning lug‘at 
fondlarini boyitishda roli bebahodir. 
«Fonus xayol» teatrining jihozi oddiy. Ingichka plyonkalar yordamida 
maxsus shirma-ekran yasaladi. U ayni bir vaqtda figura va dekoratsiyalar 
solinadigan chamadon rolini ham o‘ynaydi. 
Agarda ekranning hajmi 50x60sm bo‘lsa, har qanday chiroq yorug‘lik 
manbai xizmatini o‘tay oladi. Bunday teatrda qog‘ozdan yasalgan dekoratsiyalar 
bevosita ekranga o‘rnatiladi, shakllar ekranga taqab ushlanadi, ularning silueti 
shakllarning katta-kichikligi bilan bir xil bo‘ladi. 
«Fonus xayol» teatrini katta ekrandan ko‘rsatish qiziqarli bo‘ladi. Shakllar, 
dekoratsiyalar o‘zgarmaydi‚ ammo ularning soyasi kattalashadi. Katta ekran uchun 


63 
oddiy chiroqlar yaramaydi, ularning yonadigan simlari yarim doira shaklida bo‘lib, 
proeksiya vaqtida shakllar ekranda kattalashsada tarqoq, ikkilangan soya beradi. 
Bu o‘rinda proeksion chiroq, filmoskop chirog‘idan foydalaniladi. Filmoskopni 
ekranga yoni bilan qo‘yib, reflektorli orqa kojux ochib qo‘yiladi. Ekranni har 
qanday yupqa materiallardan tayyorlash mumkin. Ekranni ikki xona o‘rtasidagi 
eshik kesakisiga 80-90 sm balandlikda o‘rnatiladi. Poldan ekrangancha bo‘lgan joy 
qora material bilan berkitiladi. Xonalarning birida artistlar, ikkinchisida 
tomoshabinlar bo‘ladi. Ekran orqasiga faner yoki qalin kartondan qirqilgan 25X40 
sm o‘lchamdagi ramka qo‘yiladi. Ramkaga dekoratsiyalar o‘rnatiladi. Shakllar 
ramka ichida harakat qiladi. Bir bo‘lak karton parda xizmatini o‘taydi. Ekran va 
ramka orasidagi oraliq 120-130 sm, ramkadan yorug‘lik manbaigacha 30-40 sm 
bo‘ladi. Yorug‘lik manbaini rangli narsa bilan to‘sib va uni asta-sekin ochib, 
ekranda kechqurunni, tun va tongni yaratish mumkin.
Dekoratsiyalar kartondan yasaladi. Ularni qo‘lda chizish‚ nusxa qog‘oz yoki 
kalkadan o‘tkazish yohud andaza asosida qirqish mumkin. Dekoratsiyalarga tabiiy 
ko‘rinish berish mumkin: agarda uy derazasiga qizil qog‘oz yopishtirilsa, ekranda 
u yorug‘roq ko‘rinadi yoki cho‘pdan qilingan daraxt tanasiga kartondan shoxlar va 
ularga yupqa qog‘ozdan barglar yopishtirilsa, ular hilpiraydi, ekranda esa barglar 
go‘yo shamolda qimirlayotgandek ko‘rinadi. Agarda shartli tarzda dengizni 
ifodalovchi kun rangini asta harakatlantirib, uning ustidan kema yurgizilsa, 
ekranda to‘lqinlar osha suzib ketayotgan kemani ko‘rish mumkin bo‘ladi. Teatr 
personajlari kartondan tayyorlanib, qora rangga bo‘yaladi, ularni harakat qiladigan 
qilish ham mumkin. Personajlarni qo‘lda chizish, nusxa qog‘oz yoki kalkadan 
o‘tkazish mumkin. Agarda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan rasm katta yoki kichik bo‘lsa 
rasmlarni kataklar bo‘yicha ko‘chirish usulidan foydalaniladi. Qo‘g‘irchoqlarda 
ko‘z, og‘iz teshiklari qilinadi, ulardan o‘tgan yorug‘lik figurani jonlantiradi. 
Figuraning bir yoki bir necha qismini harakatlanadigan qilish mumkin. Agarda 
figuraning biror qismi yupqaroq qog‘ozdan qilinsa, unga jonlilik tusini berish 
mumkin bo‘ladi (masalan, ilonning og‘zidagi yupqa papiros qog‘ozdan qilingan 


64 
qizil til va shu kabilar). Qo‘g‘irchoqlar yasashda fantaziya cheklanmagandir. 
Shakllar ekran bo‘ylab harakat qiladi, shuning uchun ularning old tomondan 
ko‘rinishini yasash kerak, qimirlamay o‘tiradigan yoki turadigan shakllar yon 
tomondan yasaladi. Shakllar cho‘pga mustaxkamlanadi, ularning uzunligi pastki 
to‘siq bilan baravar, ya’ni 6-8 sm bo‘ladi. Pastki to‘siq qo‘g‘irchoqni 
o‘ynatayotgan ijrochining qo‘lini to‘sib turadi. Tomosha vaqtida bir o‘quvchi 
matnni o‘qiydi, boshqasi shakllarni boshqaradi. 
Ertak syujetini gapirib berish, personajlar nutqini berish bolalar nutqini erkin 
bayon qilishga‚ tasavvurining kengayishiga yordam beradi. Huddi shu maqsad 
uchun guruxda flanelegraf ham bo‘lishi kerak. Vaqt, fazodagi sahna harakati bilan 
bog‘liq bo‘lgan teatr faoliyati joy va jihozlarning shunga muvofiq tashkil 
qilinishini talab qiladi. 
Dekoratsiya 
elementlarini 
joylashtirish 
va 
personajlar 
figurasini
harakatlantirish mumkin bo‘lgan har qanday gorizontal tekislik stol teatri uchun 
sahna maydoni bo‘la oladi. Ko‘pincha bu stolning ustki qoplamasidir. Undan 
foydalanishda sahna harakati uchun sathni bir oz cheklashni unutmaslik kerak, aks 
holda, u yoyiq, noaniq bo‘lib qoladi. Maxsus sahna ham tayyorlash mumkin. 
Uning atrofida bolalar bemalol harakat qilib, shakllarni yurgizadilar. Bu tekislikka 
rang berish, unda bo‘ladigan harakatlarga muvofiq keladigan konstruksiya qilish 
va shu orqali bolalardagi arhitektura kompozitsiyasini his qilish sezgisini, 
dekorativ bezash qobiliyatlarini o‘stirishi mumkin. 
Teatr-o‘yin faoliyatini jihozlashda sezilarli o‘rin chodirlar, shirmalarga 
taalluqlidir. Ularning mo‘ljallanishi teatrlashgan harakatning harakteri va turiga 
ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Och yarim shaffof mato qoplangan soya teatr 
(“Fonus hayol”) chodirlari keng tarqalgan, unga maxsus yorug‘lik tushirilganda 
personajlar figurasining tarhi aniq ko‘rinadi. “Fonus xayol” teatr shirmasi (chodir) 
ning ekrani spektaklni qo‘yishida foydalanidigan figura va dekoratsiyalar bilan 
albatta moslab nisbatda bo‘lishi nazarda tushiladi. Shirma ijrochilar, bolalar yoki 
kattalarga ham, tomoshabinlarga ham qulay bo‘ladigan qilib o‘rnatiladi. 


65 
“Fonus xayol” teatri shakllarini, spektakllar uchun dekoratsiyallarni tarbiyachi 
bolalar bilan hamkorlikda tayyorlashi mumkin. Soya teatrning ekran yassiligida 
ochib berilayotgan harakatning yassi chiziq-tarhli tasviri beriladi. Qo‘g‘irchoq 
teatriga mo‘ljallangan shirmaga ega bo‘lgan chodir boshqacha jihozlanadi. U 
odatda tomoshabinlarning ko‘zini charchatmaslik, e’tiborini asosiy voqealardan 
chetga tortmaslik maqsadida vazmin tusdagi bir tomonli mato bilan qoplanadi. 
Chodirning “qator” deb ataladigan old tomoni dekoratsiyalarni va personajlar ish 
ko‘radigan boshqa teatr atributlarini o‘rnatishni nazarda tutishi kerak. Bunday 
chodir soya teatri chodiri singari ijrochilar bo‘yicha muvofiq bo‘lishi kerak. 
Chodirning ich tomonidan tomosha ko‘rsatish vaqtida qo‘g‘irchoqlarni bolalarga 
qulay bo‘lishini nazarda tutib joylashtirish maqsadga muvofiqdir. 
Maktabgacha ta’lim muassasasida qo‘g‘irchoq teatrini tashkil qilish 
muayyan qo‘g‘irchoqlar dasturida tavsiya qilingan ertak personajlari, shuningdek, 
bolalarga ko‘proq yoqadigan ayrim personajlarning mavjud bo‘lishini taqozo 
qiladi. Teatr spektakllarining dekoratsiyalari hamda boshqa atributlari kattalar yoki 
bolalar tomonidan tayyorlanishi mumkin. Bunday holda bolalarning harakati 
sintetik xarakter kasb etib, tarbiyachi uchun bolalarning turli mustaqil ijodiy 
faoliyatlarini birlashtirish imkoniyati tug‘iladi. Teatr tomoshalarini bezashda turli 
hajmli geometrik shakllarni turli kattalikdagi kublar, gullar, oval yoki dumaloq 
shakllarni birlashtirishda katta imkoniyatlar mavjud. 
Maktabgacha ta’lim muasasasi bolalarning teatr faoliyatlari uchun joyni 
tashkil qilish va bezash‚ bolalarda bu faoliyatga nisbatan doimiy qiziqishni saqlash, 
ularning teatr-o‘yinda ijodiy namoyon bo‘lishlariga rag‘bat berish hamda bolalarni 
san’atning mazkur turi vositalari yordamida estetik o‘stirishning muhim sharti 
xisoblanadi. Aytib o‘tilgan chodirlardan tashqari rollarni bolalarning o‘zlari ijro 
etadigan-dramalashtirilgan o‘yinlarni jihozlashda foydalanish mumkin bo‘lganlari 
ham mavjud. Bu ikki tabaqali, turg‘un, mustahkam o‘rnashadigan chodirlardir. 
Ularning konstruksiyasi oddiy, osongina yig‘ishtiriladi, shuning uchun saqlash, 
qayta jihozlashda qulayliklarga ega. Ularni ijro etiladigan sahna maydonchasiga 


66 
o‘rnatish lozim. Afsuski, bunday chodirlar bolalar bog‘chalarida kam qo‘llaniladi, 
ularning o‘rniga an’anaviy uychalar, o‘rindiqchalar, buta yoki daraxtchachalarni 
uchratish mumkin. 
Holatlarni harakatlar yordamida qayta ko‘rsatish metodi juda samaralidir. 
Bunda gap improvizatsiya haqida, hammadan ko‘proq esda qolgan sahnalarni 
qayta berish to‘g‘risida boradi. Improvizatsiya – bolalar idrokining emotsionalligi 
va samimiyligini‚ sahnada ko‘rilgan narsalarni ham fikran‚ ham harakatlar 
yordamida takrorlash imkonini beradi. 
Bolalar ongiga milliy urf-odatlarimizni, an’analarimizni singdirishda‚ 
ularga shu aziz Vatan barchamizniki ekanligini uqtirish, har tomonlama ma’naviy 
barkamol qilib tarbiyalashda‚ tevarak-atrofda bo‘layotgan voqea hodisalarni, o‘zini 
odobidagi ahloqiy kamchiliklarini, tabiatni asrab avaylash, unga mehr uyg‘otishda 
qo‘g‘irchoq teatrining ahamiyati kattadir. Chunki teatrda tomoshabinlar
tomoshalarni faqat ko‘rib, tinglabgina qolmay balki unda mustaqil ishtirok etadi. 
Bolalar qo‘g‘irchoq teatrini ko‘rganlaridan so‘ng, qaxramonlarning harakati, 
axloqi, adobini birgalikda muhokama qilish, bola qalbida ezgulikka‚ xayrli ishlar 
qilishga, odamlarga yaxshilik qilishga intilish to‘yg‘usini tarbiyalaydi. 
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ko‘ngil ochish soatlarida quyidagi teatr 
turlaridan foydaniladilar: 
1.Soya teatri; 
2.Stol teatri; 
3.Barmoq teatri; 
4.Paxmoq teatri;
5.Qo‘g‘irchoq qo‘lqop teatri. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin