57
M AKTABGAChA TA’LIM MUASSASASIDA QO‘G‘IRChOQ
TEATRI VA JIHOZLARINI YaSASh
Ma’lumki‚ mamlakatimizda teatrning deyarli hamma turlari faoliyat
ko‘rsatib kelmokda. Teatr bu yunoncha (tiyation) so‘zidan olingan bo‘lib
tomoshaxona degan ma’noni bildiradi. Jajji kichkintoylarimizning sevimli teatri bu
qo‘g‘irchok teatridir. Bu teatr orqali bolalar o‘zlariga yaqin va tanish bo‘lgan
o‘yinchoqlarni, ayiqcha,
quyoncha, kuchukcha va boshqa qaxramonlarni jonli
ravishda ko‘radilar. Teatr bolalarga xursandchilik va quvonch baxsh etish bilan
birga katta tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida katta spektakllarni qo‘yish
mumkin
emas. Kichik sahnali, kichik ertak asosida o‘zlarining o‘yinchoqlari yordamida
qo‘yishlari mumkin. Bu kichik ko‘rinishlarining har
biri ham bolalarda katta
taasurot uyg‘otadi va bayram ertaklariga ko‘tarinki ruh bahsh etadi. Har qanday
badiiy asarni qo‘g‘irchoq teatri orqali ko‘rsatilsa, bolalar uchun yanada tushunarli
bo‘ladi qo‘g‘irchoq qo‘lqop teatrini aytib bu teatrlarga murojaat qilishimiz lozim.
Chunki bunday ertaklar olami bolalarning sevimli tomoshasi hisoblanadi.
Qo‘g‘irchoq tetri uchun eng kerakli bo‘lgan shirmani tayyorlab olish kerak.
Shirmaning balandligi 50 sm, uzunligi 80 sm reyka yordamida tayyorlanadi.
Reyka, mix orqali qoqilib, orqa tomoniga
ikki tomoni ochiladigan qilib, charm
orqali birlashtirib unga parda tikiladi va o‘rnatiladi. Qo‘g‘irchoqlarni pape - mashe
usulida tayyorlash mumkin. Ertak qahramonlari tayyor bo‘lgach, tekstni yozib,
sahnalashtirishga tayyorlanadi.
Ertak ishtirokchilari, personajlar, ertak matni,
boshlovchi, ertakchi bobo yoki momolar bo‘ladi
Dostları ilə paylaş: