22
Bolalarda qo‘g‘irchoq teatrlarining turlarini ajrata olish va aytib bera
olish ko‘nikmalarini mustahkamlash.
Bolalarning lug‘at boyligini shakllantirishda davom etish.
Nutqning
intonatsion ifodaliligini mukammallashtirish. Monologik va diologik nutq
shakllarini rivojlantirish.
Qo‘g‘irchoqlar bilan to‘g‘ri
manipulyatsiya qilish, ya’ni tug‘ri
yo‘naltirish qoidalarini mustahkamlash.
Bolalarni yakka tartibda yoki guruh bilan birga turli hikoya va ertaklar
to‘qish va shu asosida improvizatsiyalashgan qo‘g‘irchoq tomoshalarini tashkil
etishga ilxomlantirish.
Bolalarda ong, fikr, tasavvur, diqqatni rivojlantirish.
Tomosha qo‘g‘irchoqlari bilan o‘ynash istagini tarbiyalash.
Mustaqil
faoliyatda qo‘shiq, raqs, o‘yin improvizatsiyalaridan foydalanish qobiliyatlarini
rivojlantirish.
Bolalarning maktabgacha ta’lim
muassasasi bayramlarida, ko‘ngil
ochar tadbirlarida mashg‘ulotlar va mustaqil faoliyat jarayonida olgan o‘z bilim va
ko‘nikmalaridan foydalangan holda faol ishtirok etish ko‘nikmalarini qo‘llab
quvvatlash.
Tayyorlov guruhi
Tayyorlov guruhida o‘yin materiali yanada murakkablashadi. Teatrlashgan
tomoshalarga teatrlashgan omosha qo‘yish,
bolalar operasi, musiqali va ritmik
pesalar kiradi.
Rus xalq ertaklari, qo‘shiqlar, adabiy asarlarni inssenirovka qilish;
inssenirovka-o‘yinlar: «Oshpaz mushukchalar», muz. Ye. Tilicheevoy.
Dostları ilə paylaş: