70
Karton teatrning jihozlari.
Karton teatrda
kartondan yasalgan yassi va
hajmli qo‘g‘irchoq figuralar ishtirok etadi. Bir tomonlama shakllar ip, sim va shu
kabilar yordamida faqat bir tomonga harakat qiladi. Karton teatrda yuqoridan turib
ip, sim bilan boshqariladigan shakllar ham qatnashadi, ular yengil harakat qiladilar,
burila oladilar. Saxna uch bo‘lak karton yoki fanerdan yasaladi. Saxnaning asosiy
qismlari: orqa devor, pol va oldi peshtoqli devordir. Devorlarga ikki tomondan
karton
polosalar
yopishtiriladi,
bu
polosalarga
dekoratsiyalar
osiladi.
Dekoratsiyalarni ularning o‘zlaridan kattaroq
kartonga yopishtirish kerak, chunki
ularda osgichlar qirqiladi. Pardaning rasmi ham o‘zidan kattaroq kartonga
yopishtiriladi, bu uni ko‘tarish va tushirishga qulaydir. Ko‘pgina spektakllar uchun
harakatlanuvchi dekoratsiyalar kerak bo‘ladi. Bunday dekoratsiya shakllarning tez
harakat qilayotganligini bildirish uchun qo‘llaniladi.
Harakatlanuvchi dekoratsiya
3-4 metrli qog‘oz lentadan ishlanib, orqa devorga qilingan teshikdan o‘tkaziladi va
kerak vaqtda tortib‚ harakatga keltiriladi. Aytaylik, figura chap tomonga harakat
qildirilmoqchi bo‘lsa, dekoratsiya o‘ng tomonga tortilib tez harakat qilayotgandek
tasavvur hosil qilinadi. Sahna
boshqacha qurilishi ham mumkin, bunday holda
uning old qismi trilyajga o‘xshaydi. Unda peshtoq-sahna oynasi qirqiladi. Bunday
holda oyna orqasida undan 2-3 sm oraliqda ingichka dumaloq cho‘p o‘rnatiladi.
71
Cho‘pni o‘rnatishdan oldin unga 10 tacha sim aylanalar kirgizilib,
ularga
suriladigan parda o‘rnatiladi. Parda burma bo‘lishi uchun kengroq bo‘lishi kerak.
Punktir bilan agarda ijrochilarning qo‘lini yashirishning xojati bo‘lmasa, olib
tashlanishi oson 9-10 smli bo‘lgan taxtacha ko‘rsatilgan. Sahna bunday qurilganda
dekoratsiyalar ko‘p qavatli parda ko‘rinishiga ega bo‘ladi yoki karton doiraga
joylashadi. Bu doira ingichka mixda aylanib, dekoratsiyani
tezda almashtirish,
ba’zi hollarda harakatlanuvchi dekoratsiyani ko‘rsatish imkonini beradi.
Dekoratsiyalarning tez almashishi uchun ularni kanselyariya nakolkasiga o‘xshash
vertushkaga o‘rnatiladi. Bu doira taxtaga o‘rnatilgan bir bo‘lak yo‘g‘on simdir.
Doira yoki vetushka orqasiga doka yoki tyul tortilgan uch ost ramkadan iborat
parda joylanadi. Doka ko‘k yoki och ko‘k rangga bo‘yaladi. Bunday to‘siqdan
ijrochilar saxnani bemalol ko‘rib tura oladilar va shakllarni ishonch bilan boshqara
oladilar.
Sahnani yoritish katta ahamiyatga
egadir. Ularni
shunday joylashtirish
kerakki, ular saxnani yoritsin-u nuri
tomoshabinlarga tushmasin.
Musiqa
barcha
teatr
postanovkalarining
asosiy
elementlaridan
biri
hisoblanadi.
Ma’lumki, spektakl musiqali kirishdan
boshlanadi.
Musiqali tanaffus vaqtida
dekoratsiya almashadi. Tovush va
yorug‘lik effekti bilan birikkan musiqa «Fonus xayol» teatrida ham,
stol teatrida
72
ham mukammal badiiy tasvirni yaratish imkonini beradi. Bu teatrlarda ovozga
taqlid qilish‚ xo‘rozning qichqirishi,
mushukning miyovlashi, ayiqning o‘kirishi
hamda shovqin effektlari-yog‘ayotgan yomg‘ir ovozi, parovozning pishillashi va
shu kabilardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: