131
Quyidagi tavsiya qilinayotgan applikatsiya ishlarini bajarish murakkab emas.
Ularni yasash uchun ijodkorlik qobiliyati, mahorat va ehtiyotkorlik talab qilinadi.
Hususan qum va alebastr orqali bajariladigan applikatsiya ishini bajarish uchun
elangan qum va alebastr‚ ikki qavatli doka, ertak
asosidagi rangli kitobcha, kalka
qog‘oz, PVA yelimi, qora flomaster, qora qalam, akvarel bo‘yoq,
bostirib olish
uchun eski gazeta kerak bo‘ladi. Avvalo‚ qum yoki alebasterni elakchada elab
olinadi. Ular yirik tosh va boshqa narsalardan xoli bo‘lishi kerak. So‘ngra ertak
qahramonlari tasvirlari tanlab olinadi. Tanlangan tasvirni kalka, ya’ni xitoy qog‘ozi
orqali qora qalam yordamida tushirib oling. Oq qog‘ozga yoki rangli fonga
tushirib, ustidan qora flomaster yordamida yurgizib chiqiladi. Unga PVA yelimini
tasvir
ustiga chiqarib yubormay, tezlikda surtib chiqish kerak. Yelim surtilmay
qolgan joyi qolmasin. Chunki alebastr yoki qum sepilganda yopishmay qolishi
mumkin. Elangan qum yoki alebastrni ikki qavatli dokaga ikki qoshiqcha solib
yelim surtilgan tasvir ustiga sepiladi. Bu ishni bajarib bo‘lgach,
qum yoki
alebastrning ustini eski gazeta bilan bostirib olinadi. So‘ng gazetani olib, tasvirni
sekin ko‘tarib qumli idishga silkitiladi. Yopishgan qum tasvir ustida qoladi,
yopishmagani idishgan tushadi. So‘ngra ikki soat
quritish uchun vaqt kerak
bo‘ladi. Qum yoki alebastr yaxshilab qurigach, bo‘yash ishlari bajariladi. Bo‘yosh
uchun akvarel bo‘yog‘i yoki guash kerak bo‘ladi. Bitta rangni bo‘yab bo‘lgach,
quritib turib ikkinchi rangga o‘tiladi. Chunki quritmay ketma-ket davom ettirilsa
chaplanib ketishi mumkin. Qum va alebasterda bajarilgan ishlar rangsiz lakda
laklanmaydi. Quyida qum va alebasterdan bajarilgan applikatsiya ishi berilgan: