35
4. SAXNALASHTIRISH FAOLIYATI JARAYONIDA
BOLALARDA IJODKORLIKNI RIVOJLANISHINING
O‘ZIGA XOSLIGI
Reja:
1.Saxnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlantirishning
afzaliklari
2. E.G.Churilovaning teatrlashtirilgan faoliyatga oid «Art-fantaziya» dasturi
Tayanch tushunchalar
: rasm, loy, applikatsiya, tahlil, sintez, taqqoslash,
estetik sezgi, badiiy ijod, ekskursiya, qog‘oz, mel, bo‘yoqlar, mazmunli-rolli,
dramalashtirish, didaktik.
36
Saxnalashtirish
faoliyati
jarayonida
bolalarda
ijodkorlikni
rivojlantirishning afzaliklari.
Bolalar ijodkorligi teatrlashtirilgan faoliyat orqali
yuzaga chiqadi va rivojlanadi, u bola
shaxsiyatini rivojlantiradi, adabiyot, teatr,
musiqaga nisbatan qiziqish uyg‘otadi, o‘yin jarayonida aniq bir xissiyotni ifoda
etish ko‘nikmasini shakllantiradi, fikrlashga, yangi obrazlar yaratishga yo‘naltiradi.
Pedagog, psixolog va ota-onalarni o‘ylantirgan bir muammo borki, u ham bo‘lsa
ayrim bolalarda ro‘y
beradigan qurquv, qo‘zg‘alish, sustkashlik kabi holatlarning
paydo bo‘lishi, boshqa bolarda ro‘y beradigan lanjlik, shoshma shosharlik kabi
holatlarning baydo bo‘lishidir. Bolalarda ko‘p hollarda o‘zini
tuta bilish
ko‘nikmalari shakllanmagan, xotira, diqqat va nutq yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi.
Bolani hissiy chiniqtirish, siqilgan holatni yo‘qotish, badiiy tafakkur va his qilishni
tarbiyalashning eng yaxshi yo‘li – o‘yin, fantaziya va to‘qib chiqarish orqali
amalga oshiriladi. Buning barchasini teatrlashtirilgan faoliyat bera oladi. Bolalar
ijodiyotining eng ko‘p tarqalgan turi sifatida aynan drammatizatsiya badiiy
ijodiyotni bolaning ichki kechinmalari bilan bog‘laydi, chunki teatr bolaning hissiy
dunyosiga ta’sir qila olishga ega bo‘lgan katta kuchdir.
Shuningdek, teatrlashtirilgan faoliyat bolalarni har
tomonlama rivojlanishiga
yordam beradi. Bolalar ijodiy faoliyatining muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun
tarbiyachi quyidagi mezonlarga amal qilishi lozim:
teatrlashtirilgan faoliyatda bolalarning ijodiy faolligini rivojlantirishga
sharoit yaratish (ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, sahnadagi ijro jarayonida
o‘zini erkin tutish va ijrodan zavqlanish, mimika, intonatsiya, ahamiyatli harakatlar
va h.k bilan improvizatsiya qilishga yo‘naltirish va sh.k.);
bolalarni teatr madaniyati bilan tanishtirsh (teatr
faoliyati, teatr janrlari,
qo‘g‘irchoq teatri ko‘rinishlari va turlari);
teatrlashtirilgan faoliyatni boshqa faoliyat turlari bilan yaxlit pedagogik
jarayon sifatida uyg‘unlashtirish;
kattalar va bolalarning birgalikda teatrlashtirilgan faoliyat olib
borishlariga sharoit yaratish.
37
Mazkur mezonlarni amalga oshirishda bir qator sharoitlarni yaratish lozim.
Bu, birinchi navbatda, barcha talablarga javob bera oladigan ish jarayoni. Bizning
fikrimizga ko‘ra, bolalarning teatrlashtirilgan faoliyatini to‘g‘ri
tashkil etilishi
pedagogik jamoaning mazkur ish yuzasidan kadrlar salohiyatini to‘g‘ri
taqsimlanishiga va yo‘nalish, shakl va ish uslublarini to‘g‘ri tanlanishiga yordam
beradi. Bu bolalar bilan muloqotning yangi usullarini amalga oshirishga, har bir
bolaga individiual yondashishiga, oilalar bilan noan’anaviy
tarzda birgalikda ish
olib borishga yordam beradi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni fikrlovchi va his qiluvchi, sevuvchi
va faol inson, har qanday holatda ijodiy faoliyatga tayyor qilib tarbiyalashni asosiy
maqsad qilib quyish lozim.
Dostları ilə paylaş: