87
yaprog‘i bir iecha marotaba buklangan yashil rangdagi qog‘ozdan qirqib olinadi.
Atirgul bargi ham alohida tayyorlanadi. Gul bandiga sim o‘ralayotganida gul bargi
bandiga qo‘shib, o‘rab yuboriladi. Gul bargi ikki buklangan qog‘ozdan qirqib
tayyorlanadi. Barg chetlari kungurali bo‘ladi, har bir gul bargini tabiiy bargga
o‘xshatib, orasiga ingichka sim qo‘shib yelimlab, tayyorlab olamiz.
Bolalarga gulning yasalishini tushuntirib bo‘lgandan so‘ng, tushunchalari
savollar yordamida aniqlab olinadi. So‘ngra, ularga atirgulni mustaqil ravishda
yasashlari tavsiya etiladi. Bolalar gulni yasab bo‘lganlaridan so‘ng, barcha ishlar
birgalikda tahlil qilinadi va yaxshi ish bajargan bolalar rag‘batlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: