Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма
Mazmunli applikatsiya. Bu applikatsiya kompozitsiyaga ko‘ra oddiy va
murakkab bo‘lishi mumkin. Murakkab mazmunli applikatsiya ertaklar, xikoyalar
va shu kabilarga illyustratsiya sifatida yasaladi. Agarda syujet oddiy bo‘lsa,
tasvirlarni oldindan belgilamay qirqish mumkin. Bu applikatsiyada ma’lum bir
mazmunni ifodalasa bo‘ladi. Bu badiiy asar uchun ilyustratsiya bo‘lishi mumkin.
Applikatsiyada manzara va narsalarning hajmini, rangini, soya va yorug‘lik
tushayotgan tomonini munosib rang berib ko‘rsatish mumkin.
Quyida turli fasllar ko‘rinishi ishlangan mazmunli applikatsiya ishi berilgan:
99
Badiiy applikatsiya. Bu applikatsiyada mazmunli ishlarni yaratish faqat
mexnatni emas, balki badiiy tayyorgarlikni ham talab qiladi. Applikatsiyaga
qaratilgan kompozitsiya va elementlar miqdoriga qarab qog‘oz tanlanadi.
Kompozitsiya ustida ishlaganda asosiy e’tibor tanlangan mavzuning mazmuniga,
kerakli materiallar, ularning o‘lchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi.
Applikatsiyada mozaika usulidan foydalanib predmetli‚ mazmunli‚ dekorativ
applikatsiya ishlari bajarish mumkin. Mozaikani qaychida yoki qo‘lda qirqish
usulidan foydalanib bajariladi. Quyidagi rasmda «Tovuq» ko‘rinishini qo‘lda
qirqish usuli orqali mazmunli mozaika ishi bajarilgan:
100
9. PAPE-MAShE USULI Reja: 1.Pape-mashening kelib chiqish tarixi
2.Pape-mashening qog‘oz massasidan bajariladigan boshqa usuli