2-bosqich K 34-22-guruh talabasi Raxmonbekov Mirvoxidning Elektironika va sxemotexnika fanidan tayyorlagan labaratoriya ishi 1.
Xavfsizlik tehnikasi qoidalarining asoslari
Inson hayotini elektr yoyi, magnit maydoni ta`siri va static elektr toki ta`siridan himoya qilish uchun yo`naltirilgan texnik tadbirlar va vositalar tizimiga elektr xavfsizlik deb ataladi.
Elektr qurilma - qurilma, mazkur qurilmalarda elektr toki taqsimoti, qiymat ko`rsatkichlarida o`zgarishlar yuz beradi. Mazkur qurilmalarning o`zlari ham ma`lum miqdorda elektr tokini iste`mol qiladi. Ular kimoyoviy va galvanic elementlardan iborat tok ishlab chiqarish manbalariga ham ega bo`lishi mumkin.
Elektr jarohat- elektr toki yoki elektr yoyi ta`sirida yuzaga kelgan jarohat turi.
texnik – elektr qurilmalarning belgilangan xavfsizlik va texnik talablarga javob bermasligi yoki ishlab chiqarish jarayonidagi, ta`mirlashdagi defektlar sabab bo`lishi mumkin.
Tashkiliy-texnik- ekspluatatsiya davrida xavfsizlik qoidalariga ta`alluqli texnik tadbirlarning bajarilmasligi;
- Nosoz yoki eskirgan uskunalarning o`z vaqtida almashtirilmasligi.
Tashkiliy – xavsizlik tadbirlarining o`rnatilgan vaqt va trtibda bajarilmasligi, amalga oshiriladigan ishlarning belgilangan vazifalarga mos kelmasligi.
Tashkiliy-ijtimoiy- belgilangan me`yordan ortiqcha ishlash; bajariladigan ishni nomutaxassis tomonidan amalga oshirilishi; mehnat qoidalarining buzilishi; elektr qurilmalarda ishlash uchun 18 yoshga to`lmagan shaxslarga ishlashga ruxsat berish; ishni bajarish uchun tibbiy ruxsatnomaga ega bo`lmagan shaxslarning jalb qilinishi.