Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitarirya-gigiena talablari



Yüklə 17,35 Kb.
tarix25.09.2023
ölçüsü17,35 Kb.
#148192
Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitarirya


Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitarirya-gigiena talablari
Aziz oʻquvchilar! “Informatika” fanidan darslar kompyuter sinfida olib boriladi. Ushbu darsda berilgan amaliy topshiriqlarni bevosita kampyuterlar yordamida bajarasizlar.
Kampyuterlar ham boshqa elektr jihozlari kabi elektr toki yordamida ishlaydi. Elektr toki esa juda ehtiyotkorlik bilan ish koʻrishni talab etadi.
Kampyuter sinfidagi qurilmalardan notoʻgʻri foydalanish yongʻin chiqishi, baxtsiz hodisalar roʻy berishi va buning natijasida inson salomatligiga zarar yetishi hamda kampyuter jihozlarining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Yuqoridagi noxush holatlarning oldini olish maqsadida xavfsilik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilishingiz talab etiladi.
Xavfsilik texnikasi qoidalari

  1. Oʻqituvchining ruxsatisiz oʻzboshimchalik bilan kampyuterlarni ishga tushirish;

  2. Kapyuter xonasiga ustki kiyimlarda kirib oʻtirish;

  3. Elektr toʻki manbalariga va ulanish simlariga tegish;

  4. Oʻzboshimchalik bilan kampyuterda sozlash ishlarini olib boorish;

  5. Kampyuter ekraniga qoʻl bilan tegish, ishlab turgan kampyuterlarda tozalash ishlarini olib boorish;

  6. Uzoq vaqt davomida ishlab turgan kampyuterlarni nazoratsiz qoldirish;

  7. Kampyuter yonida boshqa elektr va isitish asboblaridan foydalanish;

  8. Kampyuter yonida ovqatlanish, suv ichish;

  9. Tez alangalanuvchi buyumlarva qurilmalarning ichki elementlariga salbiy ta’sir etuvchi (kislotali, tarkibida xlor boʻlgan) moddalarni olib kirish;

  10. Klaviatura va kampyuter sichqonchasini hoʻl qoʻl bilan boshqarish;

  11. Klaviatura va “sichqoncha”dan foydalanganda kuch ishlatmaslik;

  12. Kampyuterni ruxsatsiz oʻchirib, ishni yakunlash.

Kampyuterdan foydalanish jarayonida baxtsiz hodisalar roʻy bermasligi va sogʻligʻingizga zarar yetmasligi uchun xavfsizlik texnikasi qoidalariga soʻzsiz rioya qilishingiz kerak!


Sanitariya-gigiyena talablari
Esda tuting, kampyuterda ishlash davomida kerakli talablarga rioy etmaslik inson salomatligiga katta zarar yetkazishi mumkin. Ayniqsa, koʻz, qon aylanish tizimi, bosh miya faoliyati, umurtqa pogʻonasi zaiflashuvi va turli kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi boʻladi.
Bularning oldini olish hamda kampyuterda ishlash davomida salomatligingizga zarar yetmasligi uchun quyidagi talablarga rioya qilishingiz va ularni sedan chiqarmasligingiz kerak:

  1. Kampyuter stolidan 20 sm uzoqlikda oʻtiring

  2. Koʻzingiz kampyuter ekranidan 50-60 sm uzoqlikda boʻlsin, har 20-30 daqiqadan soʻng koʻzga dam berib turish va kampyuterda ishlash kuniga 180 daqiqadan oshmasligi kerak;

  3. Yelka va qoʻl tirsagi orasidagi burchak 90-120 gradusni tashkil qilsin;

  4. Kampyuter oldida oʻtirganingizda gavdangizni tik tuting;

  5. Oyoq kaftingiz polga toʻlaligicha tegib tursin;

  6. Qoʻl kaftingiz va barmoqlaringizni erkin tuting;

  7. Qoʻlingizni tanangizga yaqin masofada ushlang;

  8. Tizza osti burchagi 90 gradus ni tashkil etsin

Kampyuter oldida notoʻgʻri oʻtirish umurtqa pogʻonangizda ogʻriqlar paydo boʻlishiga hamda tez toliqishingizga sababchi boʻladi.
Kampyuterdan foydalanishda sogʻligʻingizga zarar yetmasligi uchun koʻz mashqlari va harakat mashqlarini bajarib turing!
1-mashq. Koʻz mushaklarini 4 soniya qattiq yumib turing, soʻng ularni ochib, 6 soniya uzoqlarga tikilib turing. Bu mashqni 3-4 marta takrorlang
2-mashq. Koʻzlaringizni 4 soniya burun uchiga qarating, soʻngra 6 soniya uzoqlarga tikilib turing. Bu mashqni 3-4 marta takrorlang.
3-mashq. Bshni burmagan holda koʻzingizni oldin oʻnga qarating va shu holatda biroz saqlab turing, soʻngra koʻzingizni toʻgʻriga qaratib, uzoqlarga 6 soniya uzoqlarga tikilib turing. Xuddi shu mashqlarni koʻzingizni chapga, pastga va yuqoriga qaratib bajaring. Bu mashqni 1-6 hisobda takrorlang.
4-mashq. Koʻzni yuqoriga oʻng qismidan dioganal boʻylab pastki chap qismiga oʻtkazing, uzoqlarga 6 soniya tikilib turing. Xuddi shunday usulda faqat koʻzni yuqori chap qismidan pastki oʻng qismiga oʻtkazing va 6 soniya uzoqlarga tikilib turing. Bu mashqni 3-5 marta takrorlang.


Yüklə 17,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin