Shahar ko’chasini qurish texnologik jarayonlarning chiziqli kalendar grafigini tuzish Chiziqli kalendar grafigi qurilayotgan yo‘lning butun uzunligi bo‘yicha chizildi. Chiziqli kalendar grafigi ishlab chiqarishda juda muhim o‘rin tutadi. Chunki chiziqli kalendar grafigi qurilish muddatining qaysi paytida aynan qanday ish bajarilayotganini aniq ko‘rsatadi. Chiziqli kalendar grafigi shunday tuzilishi kerakki vaqtdan unumli foydalanish maqsadida bir ish tugashini xisobga olib, bu ish tugamasdan turib keyingi ishni bajarishga kirishish mumkin. Chunki ayrim qurilish jarayonlari bir biriga bog‘liq emas.
Talaba o’ziga berilgan yo‘l uchatkasida yo‘l qoplamasini TEK tiklash ishlari uchun yo‘lning butun uzunligi bo‘yicha chizadi. Bajariladigan barcha jarayonlar, ishtirok etuvchi mashina mexanizmlar ko‘rsatildi. Ordinata o‘qi bo‘yicha kun, oy va yil joylashtiradi, abssissa o‘qi bo‘yicha esa piket va kilometrlarni ko‘rsatadi.
Grafikning o‘ng tarafida ishchi kuchi va avtosamosvallarga bo‘lgan talab epyurasiniv tuzildi.
Chiziqli kalendar grafigini tuzayotganda har bir ishlar ketma-ketligi shunday belgilanadiki, ishlar bir-biriga xalal bermagan holda biri tugashini kutmasdan ikkinchisi tashkil etildi.
Shahar yo‘llari va ko’chalarini jihozlash Shahar yo‘llari va ko’chalarini texnik boshqaruv vositalari bilan jihozlash, yo‘ldagi avtomobillar harakatini xavfsiz bo‘lishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Bunda haydovchi ham, yo‘lovchi ham xavfsiz, tez,qulay o‘z manziliga yetib olishi nazarda tutiladi. Shahar yo‘llari va ko’chalarini texnik boshqaruv vositalari bilan jihozlashda har bir yo‘l belgisi va yo‘l chiziqlari o‘z o‘rnida o‘rnatilishi va chizilishi harakat havfsizligini to‘liq ta’minlanishiga yordam beradi. Yuqoridagi ishlarni bajarishda yo‘lda joylashgan sun’iy inshootlar aniq ko‘rsatilishi xarakat ishtirokchisiga qulaylik yaratadi.
Shahar yo‘llarini jihozlashning asosiy maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat:
transport vositalarini harakat tartibini belgilash va ta’minlash;
avtomobillarni yuqori samaradorlik bilan ishlashini ta’minlash;
harakat qulayligini va xavfsizligini ta’minlash;
atrof muhitga ta’sirini kamaytirish uchun xizmat qiladi.
Shahar yo‘llarini texnik boshqaruv vositalari bilan jihozlash loyihasini amalga oshirishda GOST 23457-86 «Yo‘l harakatini tashkil qilishning texnik vositalari» (Qo‘llash qoidalari), «Yo‘l belgilarini qo‘llash bo‘yicha ko’rsatmalar»,
VSN 25-86 «Avtomobil yo‘llarida xarakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko’rsatmalar», VSN 23-75 «Yo‘l belgi chiziqlarini qo‘llash bo‘yicha ko’rsatmalar» va GOST 10807-78 «Yo‘l belgilari», GOST 13508-74 «Yo‘l belgi chiziqlari»,
GOST 26804-86 «Yo‘l to‘siqlari va yo’naltiruvchi qurilmalari», GOST 25695-83 «Svetoforlar» kabi me’yoriy hujjatlarga asoslanib bajarilishi lozim.
Yo‘l belgilari va ularni o‘rnatishga qo‘yilganumumiy talablar Yo‘l belgilari, yo‘ldagi avtomobillar harakatini xavfsizligini ta’minlovchi texnik vosita bo‘lib, avtomobil yo‘lining hamma bo‘laklarida va aholi yashash joylarida qo‘llanilishi lozim. Yo‘l belgilari yo‘ldagi shart sharoitlar, harakat yo’nalishlari, avtobus bekatlari, dam olish maydonchalari va servis xizmat ko‘rsatish shahobchalari haqida ma’lumot beradi. Yo‘l belgilarini alomatlariga qarab quyidagicha tasniflash mumkin: axborot-ma’no yoritish; boshqarish; o‘rnatish.
Yo‘l belgilari GOST 10807-78 va GOST 23457-86 ga asosan quyidagi 7 turga bo‘linadi:
Ogohlantiruvchi.
Imtiyoz.
Taqiqlovchi.
Buyuruvchi.
Axborot-ko‘rsatuvchi.
Servis.
Qo‘shimcha axborot.
Yo‘l belgilari o‘rnatilishiga qarab vaqtinchalik va doimiy bo‘ladi. Yo‘l belgilarini joylashtirish ishlari bir necha bosqichda olib boriladi. Yo‘l belgilarini joylashtirishda haydovchiga harakat yo’nalishi, bosib o‘tilgan yo‘l, aholi yashash joylari, harakatga xizmat ko’rsatish servis shahobchalari xaqida ma’lumotlar berib boriladi. Yo‘lning xarakterli bo‘lgan bo‘laklarini ajratib, bu bo‘laklarda bulayotgan kecha-kunduzdagi xar xil noqulay sharoitlar borasida ma’lumot berib boriladi va kerak bo‘lganda ogoxlantiruvchi, taqiqlovchi va buyuruvchi belgilari o‘rnatiladi. Avtomobillarning xarakatlanishi uchun noqulay bulgan joylarda xarakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida imtiyozli belgilar urnatiladi. Avtomobillar xarakati uchun xavfli o’laklarda taqiqlovchi yo‘l belgilarini o‘rnatiladi.