SIFAT NAZORATI ShNQ 3.06.03-08 da ko‘rsatilgan tayyor asfaltbeton qoplamalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- qoplama tekis bo‘lishi kerak;
-qoplamalar yuzasi bir jinsli tekis ko‘rinishli, bo‘shliqsiz va buzilishlarsiz, ulanish choklari bilinmas, tekis va chetlari to‘g‘ri bo‘lishi, qoplamaning kengligi loyihadagi ko‘rsatkichdan ±10 cm dan ko‘p farq qilmasligi kerak, qalinligi oddiy mashinalar qo‘llanilganda ±5% dan ko‘p farq qilmasligi kerak.
Ko‘ndalang nishabliklar ruxsat etilgan o‘zgarishlar o‘lchami kamida 80% ni tashkil qilishi lozim; oddiy kompleks mashinalar ishlatilganda ±10%ga o‘zgarishi va nishabliklarning ruxsat etilgan chegarasi -0.20dan +0.03gacha oraliqdan chetga chiqishi mumkin emas. Avtomat nazorat moslamaslik mashina qo‘llanilganda ruxsat etilgani 0.005, chegara ko‘rsatkichidan 0.010 va 0.015 dan chetga chiqmasligi lozim;
Qoplamalarning qatlamlari bir-biri bilan va asos bilan yaxshi yopishgan bo‘lishi lozim, namunalar olinganda, har bir qatlam bilan mustahkam yopishgan bo‘lishi kerak;
- issiq va issiq qorishmalardan qoplamalar yotqizilgandan 10 sutka o‘tgandan so‘ng pastki qatlam zichlik koeffitsiyenti 0.98 dan, yuqori qatlamniki esa 0.99dan; V, G va D turlari uchun 0.98 dan kam bo‘lmasligi kerak.
Avtomobil g‘ildiraklarining nam asfaltbeton qoplamasi bilan ish yakunlanganda ilashish koeffitsiyenti 10.9-jadval talablariga javob berishi lozim.
Asfaltbeton qorishmalarini tayyorlash jarayonida quyidagilar nazorat qilinadi; materiallar sifati, mineral materiallarning va bitumlarni me’yorlash aniqligi; asfaltbeton qorishmasini va bitumlarni isitish tartibi; mineral materiallarning bitum bilan qo‘shib aralashtirish vaqti; tayyor asfaltbeton qorishmasining harorati; uning sifatining o‘rna-tilgan tartib va standart talabiga javob berish.
Materiallar hususiyatida o‘zgarishlar sodir bo‘lsa, asfaltbeton qorishmasining tarkibiga o‘zgarishlar kiritiladi.
Asfaltbeton qorishmasi uchun ishlatiladigan materiallar sifati mavjud usullarda va standartlar bilan tekshiriladi. Bunda chaqirtosh va shag‘al maydalanish, barabanda yoyilish va sovuqqa chidamlik talablariga javob berish kerak.
Chaqirtosh sifati maydalangan formalari bo‘yicha (umalatilgan va maydalanmagan zarralar), donalar tarkibi, mavjud changsimon va loyli zarralar miqdori bilan baholanadi. Har bir fraksiyadan kamida bir marta besh kun davomida va yangi chaqirtosh partiyasi keltilganda tekshirish uchun olinadi. Ishonchsiz ko‘rsatkichlarda chaqirtosh markasi, bo‘sh va uvalangan donalar soni aniqlanadi.