Xavotirlanish darajasini o‘lchash shkalasi



Yüklə 81,92 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü81,92 Kb.
#203222
1   2
Ўқув мотивациясининг йўналганлигини ташхис қилиш

Xavotirlanish turi


Xavotirlanuvchanlik darajalari (ballarda)

Me’yorda

Biroz yuqori

Yuqori

O‘rta
yuqori

Xaddan tashqari

Maktab bilan bog‘liq xavotirlanish

5 – 18

19 – 24

25 – 30

31

5 dan kam

O‘z – o‘zini baholash bilan bog‘liq xavotirlanish

7 – 19

20 – 25

26 – 31

32

7 dan kam

Shaxslararo munosabatlar bilan sog‘liq xavotirlanish

6 – 18

19 – 25

27 – 32

33

6 dan kam


O‘quv motivini baholash metodikasi
Mazkur metodika 6 – 8 yoshdagi bolalarning o‘quv motivatsiyasi, maktabga bo‘lgan munosabati, o‘qish bilan bog‘liq vaziyatga nisbatan emotsional reaksiyasini aniqlashga qaratilgan. (metodika N.G.Luskanova tomonidan taklif etilgan).

Anketa savollari.


1. Senga maktab yoqadimi yoki unchalik yoqmaydimi?

  • unchalik yoqmaydi.

  • yoqadi

  • hecham yoqmaydi.

2. Ertalab uyg‘onib, doim xursandchilik bilan maktabga kelasanmi yoki ko‘pincha uyda qolishni istaysanmi?

  • ko‘pincha uyda qolishni istayman

  • ba’zida borishni, ba’zida qolishni istayman

  • xursandchilik bilan maktabga boraman

3. Agar o‘qituvchi ertaga xohlaganlar kelib, xohlaganlar kelmasligi mumkin desa, sen maktabga borarmiding?

  • bilmadim

  • uyda qolardim

  • maktabga borardim

4. Biror bir dars bo‘lmasligi senga yoqadimi?

  • yoqmaydi

  • ba’zida yoqadi, ba’zida yoqmaydi

  • yoqadi

5. Uy vazifalaring yo‘q bo‘lishini xohlarmiding?

  • xohlardim

  • xohlamasdim

  • bilmadim

6. Maktabda faqat tanaffus bo‘lishini xohlarmiding?

  • bilmadim

  • xohlamasdim

  • xohlardim

7. Sen ota – onangga maktab hakida ko‘p gapirib berasanmi?

8. O‘qituvching o‘rniga boshqa mehribonroq o‘qituvchi kelishini xohlarmiding?

  • bilmadim

  • xohlardim

  • xohlamasdim

9. Sinfda o‘rtoqlaring ko‘pmi?

  • kam

  • ko‘p

  • umuman yo‘q

10. Senga sinfdoshlaring yoqadimi?

  • yoqadi

  • unchalik yoqmaydi

  • yoqmaydi.



Eslatma: mazkur anketa individual tarzda hamda guruhda qo‘llanilishi mumkin.


Natijalarni qayta ishlash uchun quyidagi kalitdan foydalaniladi.



Savollar

1-javob uchun ball

2-javob uchun ball

3-javob uchun ball

1

1

3

0

2

0

1

3

3

1

0

3

4

3

1

0

5

0

3

1

6

1

3

0

7

3

1

0

8

1

0

3

9

1

3

0

10

3

1

0



Natijalarni baholash:
1. 25 – 30 ball. O‘quv motivatsiyasi yuqori. Bunday bolalar o‘zining bilish motivi kuchli ekanligi, barcha topshiriqlarni yaxshi bajarishga intilish bilan ajralib turadi.
2. 20 – 24 ball. O‘quv motivatsiyasi o‘rtacha. Bunday o‘quvchilar guruhi o‘quv faoliyatini ancha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan bolalardan tashkil topadi.
3. 15 – 19 ball. Maktabga munosabat ijobiy, ammo bolani ko‘proq o‘qish bilan bog‘liq bo‘lmagan tomonlar qiziqtiradi. Bunday o‘quvchilar maktabda o‘zlarini yaxshi his etadilar, biroq maktabga asosan o‘rtoqlar, o‘qituvchilar bilan suhbatlashish, chiroyli o‘quv qurollariga ega bo‘lish uchun boradilar.
4. 10 – 14 ball. O‘quv motivatsiyasi past. Bunday bolalar maktabga borishni xohlamaydilar, darslarda bekorchi narsalar bilan shug‘ullanib, o‘ynab o‘tiradilar.
5. 10 balldan past. Maktabga nisbatan salbiy munosabat, moslashmaganlik mavjud. Bunday o‘quvchilar o‘quv faoliyatini bajarishga qiynaladilar, tengdoshlari va o‘qituvchilar bilan bo‘lgan munosabatda muammolarga duch keladilar, ularda ayrim hollarda nerv – psixik salomatlikning buzilishi kuzatiladi.
Eslatma: Anketani ikki usulda qo‘llash mumkin.
1 – usul. Savollar eksperementator tomonidan o‘qib eshittiriladi va javob variantlari taqdim etiladi, bolalar o‘zi tanlagan javobni yozib qo‘yadi.
2 – usul. Savollar har bir bolaga alohida – alohida yozma ko‘rinishda tarqatiladi, bolalar tegishli javoblarni belgilaydilar.
Metodika haqida qo‘shimcha ma’lumot: so‘rovnomadagi savollar 200 nafar 6 – 8 yoshdagi o‘quvchi bilan o‘tkazilgan so‘rov asosida bolalarning maktabga, o‘qish jarayonida bo‘lgan munosabatini to‘liqroq aks ettiruvchi savollar sifatida ajratib olingan.
Yüklə 81,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin