Zamonaviy o'quv lug'atlari tuzishning umumta'lim maktablari uchun ahamiyati.
Leksikani o’rgatish tilni o’rgatishning asosini tashkil qiladi. Leksikani mukammal egallamasdan nutq faoliyatining turlariga gapirishga,eshitib va o’qib tushunishaga, fikrni yozma bayo qilishga o’rgatib bo’lmaydi. O’quvchi so’zlarni eshitib, o’qib taniy olmasa, bilmasa, eshitgan va o’qilgan nutqning mazmuni mavhumligicha qoladi. Tinglab tushunishning leksik tomoni ustida ishlaganda, uni qabul qila olish, taniy olish mashqlari ishlatiladi, chunki leksikani tinglab qabul qilish, taniy olish ham o’z xususiyatiga, qiyinchiligiga egadir. Gapirishning leksik tomoniming o’ziga xos xususiyati mavjud . O’quvchi uni bilmasa gapira olmaydi, bilganda ham o’rniga qo’ya bilishi kerak. O’qishning leksik tomoni ham alohida qiyinchilik tug’diradi. O’quvchi o’qishda ko’rib qabul qiladi. Shuning asosida o’qib ma’lumot olish, tushunish uchun so’zlarni o’rgangan b o’lis hi kerak.
Yozma nutqning leksik tomoni ustida ham alohida ishlash kerak. O’quvchi u orqali mazmunli, to’g’ri ma’lumot bera olishi uchun so’zni yoza olishi talaffuz qila olishi, o’qiy olishi zarur. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, hammasi uchun leksika kerak. Shu sababdan o’quvchilarga nutq faoliyatlarini o’rgatishda leksikaning o’rni muhimdir.
Chet tili dasturi bo’yicha nutq faoliyatlarini o’rgatishda leksik materialni o’rgatish maqsad va vositadir. Dasturda har bir sinf uchun leksik minimum soni ko’rsatilgan. Unda 5-sinf uchun 300ta leksik birlik, 6-sinf uchun 200ta, 7- sinf uchun 200ta, 8-sinf uchun 200ta, 9-sinf uchun 100ta leksik birlik belgilangan. Hammasi bo’lib dastur talabi bo’yicha umumta’lim maktabini tugallagan o’quvchilar o’z nutq, faoliyatlarida 1000ta leksik birlikni erkin ishlata olishlari lozim. Bu leksik minimum quyidagi prinsiplar asosida tanlanadi:
so’zning qo’llanish darajasiga ko’ra;
so’zning muayyan mavzuda ishlatilishiga ko’ra;
so’zning boshqa so’zlar bilan birika olish imkoniyatiga ko’ra;
so’zning qo’shimchalar orqali yangi so’z yasash imkoniyatiga ko’ra;
so’zning gap tuzishda ishtirok eta olishlik imkoniyatiga ko’ra;
so‘zning ko‘p ma‘noli bo‘lishiga ko‘ra;
so‘zning nutq uslublarida ishlatilishiga ko‘ra;
sinonim so‘zlardan bittasini tanlash asosida.
Tanlangan leksika o‘rta maktab leksik-minimumni tashkil qiladi hamda har sinf uchun leksik minimum ajratiladi. Leksik birlik o‘quvchining o‘ziga o‘qitish orqali, o‘xshashligi bo‘yicha o‘qitish orqali, qisman o‘qilish belgilarini berish orqali, o‘qituvchining doskadagi yozuviga o‘xshatib yozdirish orqali o‘rgatiladi. Bunda asosan oldin yaxshi o‘zlashtiruvchi o‘quvchi o‘qiydi yoki talaffuz qiladi qolgan o‘quvchi lar uni jo‘r bo‘lib takrorlaydilar (5-6 sinflarda), Keyin yana
o‘qimagan, talaffuz qilmaganlar yakka o‘qitiladi, talaffuz qildiriladi. O‘qitilgan yangi so‘zlarni kartochkaga rangli ranglar bilan yozib ko‘rsatish, o‘qitish yanada qiziqish uygotadi. O‘zbek leksikografiyasi uzoq va boy tarixga ega. Biroq hozirgi kun nuqtai nazaridan olib qaraganda, lug‘atchiligimizda ba’zi muammolar ham mavjud. Ayniqsa, kundan kunga rivojlanib borayotgan davlatimiz, fanimiz va madaniyatimizni yuksaltirish singari ezgu vazifalar lug‘atchilik muammosini va lug‘atxonlik madaniyatini keskin hal qilish lozimligini ko’rsatmoqda. Mustaqillikka erishgan o’zbek xalqining ma’naviy-ma’rifiy yuksalishi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va uning oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarish, xususan, ijodiy tafakkur sohibini tayyorlash, ta’limning ilk bo’g‘inlaridanoq lug‘atlardan keng, maqsadli foydalana oladigan, izchil va mantiqiy so‘z bankiga ega o‘quvchi ni tarbiyalash ham aynan o’zbek lug‘atchiligini rivojlantirish va ommalashtirish tamoyili bilan uzviy bog‘liq.
Lug‘atchiligimizdagi bugungi eng dolzarb muammo - o’quv lug‘atlarining yo’qligidir. Afsuski, soha bu borada ancha orqada qolgan. o’quv lug‘atlari -har qanday tur va hajmdagi, aynan biror tilda so’zlashishni o’rgatishga mo’ljallangan leksikografik asar hisoblanadi. O’zbek leksikografiyasida lug‘atlar yaratish borasida ancha yutuqlar qo’lga kiritilgan bo’lsa-da, o’quv lug‘atchiligi oqsab kelmoqda. Hozirgi kunda o’quvchilarimiz quyidagi lug‘atlardan foydalanib kelishmoqda:
— O’zbek tilininig imlo lug‘ati”: (Rahmatullayev Sh., Hojiyev A. T., 1995. Tiraj: 15000 nusxa).
—Imlo lug‘ati” (Hojiyev A., Abdullayev Y., Zafarova S. T. 1-nashri, 1964. 4-nashri 1981. Tiraj: 100000).
— O’zbek tilining orfoepik lug‘ati” (Hojiyev A. tahr. ostida T., 1977. Tiraj: 13000).
Lug‘atlardan foydalanish madaniyati saviyasining shakllanganligining yorqin dalillaridan biri shuki, 1995-yilda atigi 150000 nusxada nashr etilgan, —O’zbek tilining imlo lug‘ati”ni hozir ham kitob do’konlaridan topish mumkin. Vaholanki, agar maktab o’quvchi larining har yillik miqdori qariyb 6000000 ekanligini nazarda tutsak, bu imlo lug‘atidan 400 o’quvchiga 1 lug‘at to’g‘ri keladi. Shunisi ham borki, lotin yozuviga asoslangan hamda hozirgi davr talabi bo’lgan bu imlo lug‘atidan nafaqat o’quvchi chilar, balki talabalar, marifat va madaniyat xodimlari, davlat va tashkilot organlari foydalanishga ehtiyojmand. Demak, bu holda, 15002000 kishiga atigi 1 ta lug‘at to’g‘ri kelishi kelib chiqmoqda. Imlo lug‘ati bilan ta’minlanish rivojlangan davlatlarda 15-20 talabgorga bitta to’g‘ri kelishini hisobga olsak, O’zbekistonda amaliy imlo lug‘ati bilan ta’minlanish qariyb 70-100 baravar kamdir. Maktab o’quvchi lari uchun yangi yozuvda chiqarilgan —Imlo va talaffuz lug‘ati” ham mavjud bo’lib, sanoqli nusxalarda chiqarilgan. Bu lug‘atdan ham keng omma foydalanish imkoniyatiga ega emas. Shunisi achinarliki, o’zbeklarda umuman 2000 kishiga 1 ta lug‘at to’g‘ri kelsa, ruslarda bitta oilaga 45 ta lug‘at to’g‘ri keladi. Bunaqada madaniy saviyaning yuksalishi-yu, ilm-fan taraqqiyoti haqida so’z borishining o’zi foydasizdir.
Xullas, shu kabi jiddiy muammolarni hisobga olib, hozirgi o’zbek leksikografiyasi o’quv lug‘atlarini, xususan, uyadosh so’zlar lug‘ati, o’quvchilar uchun sinonimik so’zlar lug‘ati, shakldosh so’zlar lug‘ati, o’quvchilar uchun izohli lug‘at (hayvon nomlari asosida (qar: Jumaeva Saodat, Murodova Zulxumor. MB. Buxoro -2004), ideografik lug‘atlar tuzish kabi masalalarni o’z oldiga dolzarb vazifa qilib qo’ydi.
Hozirgi kunda leksikograflarning oldiga qo‘ygan eng muhim vazifalaridan biri maktab o‘quvchilarini bilimining darajasi va sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan masalalarni yechish yo‘lida doimiy izlanishda bo‘lib, chet tillarini integrallashtirib o‘qitish uchun zamonaviy lug‘atlar yaratishdir. Ushbu ishning maqsadi nemis tili o‘rganiladigan maktablarda o‘qitishning boshlang‘ich bosqichida lug‘at-minimum uchun leksik birliklar tanlashdir.