ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo‘nalishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning aniq-ravshan yo‘nalishlari
Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va Vazirlar
Mahkamasining qarorlarida ko‘rsatib berilgan. Ular to‘g‘risida shu bobning 3-
paragrafida ancha batafsil so‘z yuritiladi.
Samaradorlik - bu foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish
uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish va
ma’lum miqdorda xarajat qilish kerak.
Samaradorlikni aniqlash uchun natijani shu natijaga
erishishga sarflangan
xarajatlar yoki resurslar bilan taqqoslash kerak. Demak, Samaradorlik ishlab
chiqarish faoliyati natijalari bilan ularga erishish uchun sarflangan mehnat, moddiy
va moliyaviy resurslarning o‘zaro nisbatidir.
Ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini farqlaydilar.
Samaradorlikni iqtisodiy va ijtimoiy turlarga bo‘lish shartli bo‘linish hisoblanadi.
Moddiy ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan va mehnat xarajatlari bilan
bog‘liq bo‘lgan natijalarning hammasi iqtisodiy va ma’lum ma’noda ijtimoiy samara
deb aytish mumkin.
Bu yerda shuni eslatib o‘tish kerakki, iqtisodiy va ijtimoiy tushunchalarning
sun’iy bo‘linishi haqida bahslashish mumkin. Lekin, iqtisod ijtimoiy hayotdan
tashqarida bo‘lmagani kabi, ijtimoiy hayot ham iqtisodsiz bo‘lmaydi. Demak, ularni
bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Chunki amalga oshirilgan har bir ish ayni vaqtda ham
iqtisodiy, ham ijtimoiy samara keltiradi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning juda ko‘p, xilma-xil omillari va
asosiy yo‘nalishlar mavjud. Barcha omillar uch belgiga asosan guruhlarga bo‘linishi
mumkin: manba bo‘yicha, ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning
asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha, omillarning o‘rni
va amalga oshirish darajasi
bo‘yicha.
Omillarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish manbalari bo‘yicha
tasniflash nimalar hisobiga ijtimoiy mehnatni tejashga erishish mumkinligini yoki
erishilganligini aniqlashga yordam beradi. Shu nuqtai nazardan asosiy omillarga
quyidagilarni kiritish mumkin: mahsulotning mehnat sig‘imi, material sig‘imi, fond
sig‘imi hamda kapital mablag‘ talablikni kamaytirish, tabiiy resurslardan ratsional
foydalanish va vaqtni tejash. Lekin bunday tasniflash talabga javob bermaydi. Bu
savollarga javob topish uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning barcha
omillarni ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy
yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlash kerak. Ular ijtimoiy mehnatni tejashga qaratilgan
texnik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlar kompleksidan iborat. Bu
yo‘nalishlar g‘oyat xilma-xildir. Eng muhimlariga quyidagilar kiradi:
-ishlab chiqarish strukturasini yaxshilash;
-fan-texnika
taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish va mahsulotning
texnik - iqtisodiy darajasini ko‘tarish, fan va texnika yutuqlarini joriy etish
muddatini qisqartirish;
-ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash, kombinatlashtirish va
hududiy joylashtirish darajasini oshirish;
-boshqarishning
strukturasini, moliyalash, baholash va kreditlash hamda
rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish;
-inson omilini kuchaytirish asosida ishchilarning ijodiy faolligini va
tashabbusini oshirishni yo‘lga qo‘yish.
Sanoat ishlab chiqarishini erkinlashtirish
va bu tarmoqda islohotlarni
chuqurlashtirish samaradorlikni oshirishning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi.
Sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning hal qiluvchi yo‘llaridan
yana biri fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishdir. Texnik va texnologik omil
mehnat unumdorligini o‘stirishning kamida uchdan ikki qismini ta’minlaydi.
Ma’lumki, iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida texnika taraqqiyotining
xarakteri va mazmuni o‘z xususiyatlariga ega bo‘ladi. Masalan, bozor iqtisodiyotiga
o‘tish natijasida fan-texnika taraqqiyoti undagi miqdoriy o‘zgarishlargagina emas,
balki ko‘proq sifat o‘zgarishlariga qaratiladi. Umuman, samaradorlik
iqtisodiyotdagi sifat o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir, bu talab fan-texnika taraqqiyotiga
ham to‘liq joriy etiladi.
Sanoat ishlab chiqarishi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini yuqori darajaga
ko‘tarishda inson omilining roli beqiyosdir. Insonlarning tashabbusi, kuch-g‘ayrati,
jonli ijodiyoti har qanday taraqqiyotning kudratli kuchi va eng muhim manbai
hisoblanadi. Shu sababli ham insonni jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi
deb aytadilar.
U barcha yangiliklarni, shu jumladan, yangi, ilg‘or texnika-
texnologiyalarni yaratadi, ishlab chiqarishni oqilona tashkil etadi, ilmiy va amaliy
kashfiyotlar qiladi. Barcha ishlab chiqarish vositalari inson mehnati bilan harakatga
keltiriladi, foydali narsalar hosil qilinadi. Biroq inson faqat asosiy ishlab chiqaruvchi
kuchgina emas, shu bilan birga
ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy
Dostları ilə paylaş: