Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati uning mezoni va ko‘rsatkichlar tizimida
aks etadi.
Mezon masalasi iqtisodiy samaradorlik nazariyasining eng muhim sohasi
hisoblanadi. Falsafiy ma’noda mezon-bu asosiy o‘lchov, muhim farqli belgi, asosiy
nuqtai nazardir. Shular asosidagina u yoki bu sohadagi bizning bilimlarimizni
ob’yektiv
haqiqatligini, to‘g‘riligini va ishonchliligini aniqlash, haqiqatni
anglashmovchiliklardan farq qilish mumkin.
Ishlab chiqarishning asosiy maqsadiga erishish uchun barcha resurslardan
oqilona
foydalanish, tayyorlanadigan mahsulotning har bir birligiga sarflanadigan
xarajatlarni kamaytirish kerak bo‘ladi. Demak, samarani o‘lchaganda mezon sifatida
jami ijtimoiy mehnatni tejash, uning unumdorligini oshirish qabul etiladi.
Ishlab chiqarishning umumiy (mutloq) samaradorligi deganda xarajatlar va
resurslarning ayrim turlari bilan solishtirilgan
yoki taqqoslangan iqtisodiy
samaraning umumiy miqdori tushuniladi.
Ishlab chiqarishning umumiy samaradorligi xarajatlar va resurslarning ayrim
turlaridan foydalanish darajasini aniqlash va baholash uchun qo‘llaniladi va
umuman xalq xo‘jaligi bo‘yicha, tarmoqlar, korxonalar, kapital qurilish ob’yektlari
bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Bunday samaradorlikni aniqlash xarajatlar va resurslar
samaradorligi darajasini, samaradorlikning asosiy yig‘imlarini aks ettiruvchi
differensiyalangan ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqishga asoslanadi. Bunday
ko‘rsatkichlarga ishlab chiqarishning yoki unda tayyorlanadigan
mahsulotning
mehnat sig‘imi, material sig‘imi, fond sig‘imi, kapital sig‘imi kiradi.
Mehnat sig‘imi milliy daromad, sof, yalpi, tovar mahsulotning yoki natural
shaklda ifodalangan mahsulot birligiga sarflangan xarajat miqdorini tavsiflaydi.
Mahsulotning sermehnatliligi – bu muayyan turdagi mahsulotni (masalan,
bitta traktorni, kostyumni yoki ko‘ylakni) ishlab chiqarishga sarf bo‘lgan ish vaqti
miqdorini ifodalovchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Mehnat sig‘imining uch turi bo‘ladi: texnologik, to‘la va xalq xo‘jaligi mehnat
sig‘imi. Mehnat sarfini hisobga olish jihatiga qarab esa u yana uch turga: rejali
mehnat, normativ mehnat va haqiqiy (amaldagi) mehnat sig‘imlariga bo‘linadi.
Mehnat sig‘imi bevosita sarf
(asosiy xodimlar sarf qilgan mehnat)
bo‘yicha, to‘la sarf
(yordamchi xodimlar sarf qilgan mehnat) bo‘yicha hamda
umumiy
ijtimoiy mahsulot
yoki milliy daromad qiymatiga nisbati bilan
belgilanadi. Ayrim komplekslar va ularning tarmoqlarida, korxonalarda esa moddiy
sarflar miqdorining qiymatiga nisbatan belgilanadi:
Ko‘pincha amaliyotda mehnat sig‘imining boshqacha ma’nosini bildiruvchi
mehnat unumdorligi (My) ko‘rsatkichidan foydalaniladi:
Dostları ilə paylaş: