yaxshilash va boshqalar nazarda tutiladi. Iqtisodiy samaradorlik boshqaruvni
takomillatirishda boshqaruv apparatining mehnat va moddiy xarajatlarini
kamaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy omillarni qo’llash, ya'ni boshqaruv xodimlarining
mehnat faolligini oshirish yoki mehnat qobiliyatilari susayishining oldini oluvchi,
xodimlar qo’nimsizligini kamaytiruvchi va ishlovchilarning mehnat sharoitlarini
yaxshilovchi tadbirlarni joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bozor sharoitida boshqaruvni ijtimoiy yo’nalishi kuchaytiriladi: boshqaruvni
rivojlantirish moddiy-texnika ba’zasidan ijtimoiy-madaniy yo’nalishda foydalanish,
korxonaning mulkchilik vositalari ahamiyatini, ishchilarning moddiy-maishiy
sharoilarini oshirish, ta’lim olish, madaniy va ma’naviy vazifalarni chuqurlashtirish.
Menejer bozor munosabatlarida xo’jalik mexanizmini ijtimoiy, iqtisodiy va
rag’batlantiruvchi omillarini, mehnat jamoasi tavsifini, kuch va malaka vositalarini
qo’llash va takomillashtirishning sir-asrorlarini to’la o’zlashtirib olsagina boshqaruv
faoliyatining samaradorligi va natijalarini ta’minlash muhiti yaratilar ekan.
Dostları ilə paylaş: