Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati


 Investitsiyalarning qoplanish muddati



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/43
tarix09.04.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#95284
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43
11-BOB. Korxonaning investitsion faoliyati

 
11.6. Investitsiyalarning qoplanish muddati 
 
Korxonalar xo‘jalik yuritish va ishlab chiqarish faoliyatining muhim 
jihatlaridan biri ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyatni rivojlantirish va saqlab 
qolishdir. Korxonalarning bu yo‘nalishdagi faoliyati investitsion faoliyat deb ataladi 
hamda “Investitsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa huquqiy hujjatlar bilan 
tartibga solinadi. 
Investitsiyalar 

korxonalar va butun iqtisodiyot miqyosida yangi ishlab 
chiqarish korxonalari yaratish yoki mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, ilg‘or 
texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish, mahsulot ishlab chiqarish va foyda 
(daromad) olishni ko‘paytirish maqsadida uzoq muddatli mablag‘lar kiritilishidir. 
Investitsiyalar ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi 
nomutanosibliklarini bartaraf qilish va iste’mol bozorini ta’minlashda alohida 
e’tiborga ega. 
Investitsiyalarni shakllantirish va ulardan foydalanish, mamlakat va xo‘jalik 
yurituvchi sub’yektlarning investitsion siyosati asosida amalga oshiriladi. Bu siyosat 
birinchidan, kapital qo‘yilmalarning ustivor yo‘nalishlarini, ikkinchidan, ishlab 
chiqarish kuchlarini to‘g‘ri joylashtirish va rivojlantirish, uchinchidan, fan-texnik 
taraqqiyoti 
va 
butun 
iqtisodiyotning 
rivojlanishini 
belgilab 
beradi. 
Investitsiyalarning “xo‘jayini” sifatida korxonalarning o‘zidan tashqari, davlatni, 
mahalliy hokimiyat idoralari va xususiy tadbirkorlarni ko‘rsatish mumkin. 
Ko‘pincha investitsiya deganda kapital qo‘yilmalar ko‘zda tutiladi, bu narsa 
investitsiyalar tabiatini inkor qilmaydi va ularning mohiyatini noto‘g‘ri aks 
ettirmaydi. Investitsiyalar, bozor iqtisodiyotidagi boshqa, jumladan, biznes, 
raqobatchilik, ishbilarmonlik tushunchalari kabi, ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan
bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan bugungi kunlarda xo‘jalik yuritish nazariyasi va 
amaliyotida o‘z o‘rnini topmoqda. Shu bilan birga, “kapital qo‘yilmalar” 
atamasining o‘z izohlari ham mavjud. 
Kapital qo‘yilmalar asosiy fondlarni qayta tiklash va o‘stirish uchun 
sarflanuvchi moddiy, mehnat va pul resurslaridir. Ular asosan bir vaqtning o‘zida 


amalga oshiriladigan xarakterga ega bo‘lib, ishlab chiqarish xarajatlari yoki 
mahsulot tannarxi shaklidagi, joriy xarajatlardan farq qiladi. Kapital qo‘yilmalar
maqsadli xarakterga ega bo‘ladi hamda xodimlarga mukofot to‘lash, xizmat safari 
xarajatlari va hokazolarga sarflanishi mumkin emas. 
Investitsiyalarni shakllantirish va ulardan foydalanish, mamlakat va xo‘jalik 
yurituvchi sub’yektlarning investitsion siyosati asosida amalga oshiriladi. Bu siyosat 
birinchidan, kapital qo‘yilmalarning ustivor yo‘nalishlarini, ikkinchidan, ishlab 
chiqarish kuchlarini to‘g‘ri joylashtirish va rivojlantirish, uchinchidan, fan-texnika
taraqqiyoti va butun iqtisodiyotning rivojlanishini belgilab beradi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati mustaqillikning 
dastlabki yillaridanoq yoqilg‘i energetika va don mustaqilligini ta’minlash, 
iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, eksport salohiyatini oshirish 
va import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun ustuvor 
sohalarni qo‘llab-quvvatlash, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun ochiq 
eshiklar siyosatini olib borish kabilarga qaratildi. Investitsiya siyosatni olib borishda 
quyidagi tamoyillarga asoslanildi: 

belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlar va 
faoliyat sohalarini tanlab qo‘llab-quvvatlash; 

ijtimoiy ahamiyatli tarmoqlarni (sog‘liqni saqlash ta’lim, madaniyat va 
h.k.) aholi turmush darajasini yaxshilish, umrini uzaytirish, ijtimoiy jihatdan keskin 
tabaqalanishning oldini olish, iste’mol talabining faollashuvini ta’minlash 
maqsadida yetarli darajada qo‘llab-quvvatlash; 

chet el investitsiyalarini o‘zaro manfaatdorlik asosida ustuvor sohalarga 
jalb qilish; 

potensial investitsiya resurslarini savdo sohasi va pul bozoridan sanoat 
sohasiga qayta taqsimlash; 

ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini qo‘llab-quvvatlash, 
xorijdan yangi texnikalar uchun litsenziyalar sotib olish, katta laboratoriyalarni 
saqlab turishga quvvati yetadigan yirik korporatsiyalar tuzish orqali ishlab chiqarish 
kapitalini jamlash hisobiga intelektual kapital va ilmiy-texnik potensialni oshirish; 

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va mineral xom ashyo resurslarini chuqur 
qayta ishlash va ularni tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘ladigan darajaga olib 
chiqishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash; 

aholining oziq-ovqat va iste’mol tovarlariga bo‘lgan ehtiyojlarini 
qondirishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish quvvatlarini jadal rivojlantirishni 
investitsiyalar bilan ta’minlash; 

investitsiya jarayonlari ishtirokchilarining o‘zaro aloqalarini tartibga 
solib turuvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish.
Davlat investitsiya faoliyati doirasida davlat byudjeti va byudjetdan tashqari 
fondlar mablag‘i hisobidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalash yo‘li bilan amalga 
oshiriladigan investitsiya, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida chet 
el investitsiyalari va kreditlarini jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya 


markazlashtirilgan investitsiya hisoblanadi
5
. Jalb qilish usuliga ko‘ra kapital 
qo‘yilmalar ichki va tashqi manbalardan jalb qilinadi. Makroiqtisodiy darajada ichki 
manbalarga davlat budjeti mablag‘lari, davlat budjetdan tashqari fondlar 
mablag‘lari, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar mablag‘lari, tijorat 
banklarining kreditlari, jismoniy shaxslar mablag‘lari, tashqi manbalarga chet el 
investitsiyalari, xorijiy tijorat banklarning kreditlari, xorijiy jismoniy shaxslar 
mablag‘lari kiritilishi mumkin. 
Mikroiqtisodiy darajada (korxonalar miqyosida) investitsiyalashning asosiy 
manbalari ham ichki va tashqi turlarga bo‘linadi. 
Investitsiyalarning ichki manbalari quyidagilar: 

ishlab turgan asosiy kapitalga hisoblanuvchi amortizatsiya ajratmalari 
natijasida shakllanuvchi, korxonaning o‘z moliyaviy mablag‘lari; 

foydaning investitsiya ehtiyojlariga ajratiluvchi qismi; 

sug‘urta kompaniyalari va muassasalari tomonidan tabiiy ofat va boshqa 
hodisalarda to‘lanuvchi mablag‘lar; 

korxonaning aksiyalar chiqarishi va sotishi natijasida olinuvchi mablag‘lar; 

yuqori turuvchi va boshqa organlar tomonidan qaytarib bermaslik asosida 
ajratiluvchi mablag‘lar; 

xayriya va shu kabi boshqa mablag‘lar. 
Investitsiyalarning tashqi manbalari quyidagilar: 

markaziy va mahalliy byudjetdan, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi turli 
xil fondlar tomonidan ajratiluvchi qaytarib bermaslik asosidagi mablag‘lar; 

korxonalar Nizom jamg‘armasida moliyaviy yoki boshqa moddiy va 
nomoddiy ishtirok shaklida, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va alohida 
shaxslarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmalari shaklida kiritiluvchi xorijiy 
investitsiyalar; 
davlat va turli xil fondlar tomonidan qaytarib berish sharti bilan beriluvchi 
kreditlar, jumladan imtiyozli kreditlar. 
Korxonalarning mustaqil xo‘jalik faoliyati sharoitlarida ichki mablag‘lar 
tarkibida amortizatsiya ajratmalari asosiy o‘rinni egallaydi. Uning korxona 
investitsion resurslaridagi ulushi 50% va undan ko‘proqni tashkil etadi. 
Investitsion maqsadlarga yo‘naltiriluvchi mablag‘lar tanqisligi sharoitida 
lizing investitsion faoliyatni faollashtiruvchi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin