Ishlab chiqarishning material sig‘imi - bu mahsulot (ish bajarish, yoki xizmat
ko‘rsatish) birligiga ketadigan va unda ifodalanadigan moddiy resurslar (xomashyo,
asosiy va yordamchi materiallar, sotib olinadigan butlovchi buyumlar va yarim
fabrikatlar, yoqilg‘i va energiya) yalpi sarfini tavsiflab beruvchi ko‘rsatkichdir. U
quyidagi formula yordami bilan ifodalanadi:
Ishlab chiqarishning fond talabligi bu mahsulot birligiga (natural yoki qiymat
doirasida) to‘g‘ri keladigan asosiy ishlab chiqarish
fondlarini tavsiflovchi
ko‘rsatkichdir. Fond sig‘imi (
asosiy va aylanma fondlardan foydalanishning
samaradorligini ko‘rsatadi va ularning o‘rtacha yillik qiymatini ( ) mahsulot
hajmiga (Мх) nisbatini ifodalaydi:
Bu miqdorning teskarisi fond samarasi (natijasi) yoki fond qaytimi (
) deb
yuritiladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Ijtimoiy
ishlab
chiqarishning
samaradorligini
baholashda
kapital
qo‘yilmalardan foydalanish ko‘rsatkichlari ishlab chiqarish fondlarini qayta takror
ishlab chiqarishning yangi asosiy va oborot fondlarini yaratish uchun zarur bo‘lgan
jamg‘arma fondlari samaradorligini tavsiflaydi. Bunday ko‘rsatkichlardan eng
muhimi kapital talablik yoki kapital sig‘imi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich (Кс)
kapital mablag‘lar (K) ning yordami bilan tayyorlangan mahsulotning ko‘paygan
qismiga nisbati bilan ifodalanadi:
Yuqorida
keltirilgan
va
boshqa
bir
qator
tabaqalashtirilgan
(differensiyalangan) ko‘rsatkichlar ishlab chiqarishning samaradorligini baholash va
tashkil etishda muhim o‘rin egallaydi, xarajatlar va resurslar asosiy turlarining
qaytarib berilishini tavsiflaydi. Lekin, faqat bu ko‘rsatkichlar
asosida ishlab
chiqarishning iqtisodiy samaradorligi o‘zgarishiga baho berish qiyin, chunki ular
o‘zgarishning xarakteri va dinamikasini taqqoslay olmaydi. Undan tashqari, ba’zi
bir davrlarda ular har xil yo‘nalishda o‘zgaradilar. Masalan, sanoatda mehnat
unumdorligi juda syokinlik bilan ko‘paymoqda.
Iqtisodiy samaradorlikni rejalashtirish va tahlil
etish nafaqat xarajat va
resurslar asosiy turlaridan foydalanish darajasini tahlil etishni o‘z ichiga olishi kerak,
balki uning butunlay o‘zgarishini, yig‘indi (integral) samaradorlikni baholashni
ham o‘z ichiga oladi. Mana shu maqsadda iqtisodiy
samaradorlikning
umumlashtiruvchi, kompleks ko‘rsatsichlari hisoblab chiqiladi va ishlab
chiqarishning oqibat natijalari shu ko‘rsatkichlar yordamida tahlil etiladi. Bunday
ko‘rsatkichlar turli xarajatlar va resurslarning darajasini yig‘ilgan turda,
har xil
omillarning ta’sirini hisobga oladi.
Ishlab chiqarish-texnik vazifani hal etishning biror variantining ijtimoiy -
iqtisodiy afzalligini asoslab berish, taqdim etilgan variantlardan eng samaraligini
tanlab olish maqsadida aniqlanadigan samaradorlik
qiyosiy samaradorlik deb
ataladi. Qiyosiy samaradorlik ikki va undan ortiq variantlarni taqqoslash va shu
asosda bir variantning boshqa variantlardan ustunligi va uning optimalligini aniqlab
beradi.
Optimal variantni tanlab olish hamda uni asoslab berish uchun qo‘shimcha
kapital mablag‘larning qoplanish muddati yoki qiyosiy samaradorlik koeffitsiyentini
hisoblab chiqish va ular miqdorini normativ qiymati bilan taqqoslash kerak bo‘ladi.
Qo‘shimcha kapital mablag‘larning o‘zini qoplash muddati (В) qo‘shimcha
kapital mablag‘larning (К2-К1) mahsulot tannarxini pasaytirishdan olingan tejam
(Т1-Т2) ga nisbati bilan aniqlanadi:
Bu yerda В - qoplanish muddati (yil hisobida);
К
1
va К
2
variantlarni joriy etish uchun kerak bo‘lgan mablag‘lar miqdori;
Т
1
va Т
2
taqqoslanadigan variantlarning ekspluatatsiya xarajatlari.
Qo‘shimcha kapital mablag‘larning qiyosiy samaradorlik koeffitsiyenti (Е)
qoplanish muddatining teskari ifodasi hisoblanadi va tannarxni pasaytirishdan
olingan tejamning qo‘shimcha kapital mablag‘lar miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:
Keltirilgan xarajatlar, ularning vazifasi va uni hisoblash usuli. Keltirilgan xarajatlar
kapital mablag‘larning qiyosiy-iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkich
bo‘lib, texnikaviy va iqtisodiy masalalarni hal qilish variantlarining eng yaxshisini
tanlab olishda qo‘llaniladi. Biron bir texnikaviy vazifani hal etishning,
ratsionalizatorlik
va ixtirochilik takliflari, texnikaviy va tashkillashtirishning
mumkin bo‘lgan variantlarini, mahsulot sifatini oshirishning turli usullarini
taqqoslaganda boshqa shartlari teng bo‘lib qolsa, keltirilgan
xarajatlar minimum
bo‘lishini talab qiladigan variant eng yaxshisi hisoblanadi. Bir necha variantlardan
eng yaxshisini tanlab olish uchun quyidagi keltirilgan xarajatlar formulasidan
foydalanish kerak.
Bu yerda С - muayyan variant bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi;
Ен - kapital mablag‘lar samaradorligining normativ koeffitsiyenti;
K - bir yo‘la solinadigan kapital mablag‘larning yig‘indisi.
Xalq xo‘jaligida yangi texnika, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflaridan
foydalanishning iqtisodiy samaradorligini belgilash metodikasida samaradorlikning
normativ koeffitsiyenti xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlari uchun 0,15 ga teng
qilib olingan.
Keltirilgan xarajatlarni aniqlash eski texnika o‘rniga yangisini yaratish va qo‘llash
natijasida hosil bo‘ladigan iqtisodiy samarani baholashga xalq xo‘jaligi nuqtai
nazaridan yondashishni taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: