Rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiy strategiyasi
uzoq vaqtga mo‘ljallangan fundamental maqsadlarni o‘rtaga qo‘yish
bilan bir
qatorda, bu maqsadlarga erishish vositalari, yo‘llarini belgilashni ham o‘z ichiga
oladi.
Bular orasida ishlab chiqarish samaradorligini to‘xtovsiz oshirib borish
asosiy o‘rinda turadi.
O‘zbekiston davlatining
qudratini mustahkamlash, aholining moddiy va
ma’naviy ne’matlarga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, kelajakda esa - ularni
mo‘l-ko‘l yaratish, iqtisodiy va ilmiy-texnika sohasida
eng rivojlangan davlatlar
qatoridan joy olish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bevosita bog‘liqdir.
Mustaqillikka erishilganlik, qudratli iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyat
yaratilayetganlik, iqtisody-ijtimoiy munosabatlarning takomillashayotganligi ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish masalalarini birinchi o‘ringa qo‘ydi. Binobarin,
Respublikamiz Prezidentining ma’ruza
va nutqlarida, Vazirlar Mahkamasining
qarorlarida ishlab chiqarishning, jumladan, sanoat ishlab chiqarish samaradorligini
oshirishning mohiyati va ahamiyati, dolzarb muammolari, iqtisodiyotni ekstensiv va
intensiv taraqqiyot yo‘liga o‘tkazish munosabati bilan kelib chiqadigan ustuvor
vazifalar chuqur va har tomonlama tahlil etib berilmoqda.
Ma’lumki, ishlab chiqarishni rivojlantirishda ikki xil omil: miqdor va sifat,
ekstensiv
va intensiv, ya’ni kengaytiruvchi (uzaytiruvchi) va zo‘r beruvchi,
kuchaytiruvchi omillar harakatda bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda,
agar ishlab
chiqarish sohasi kengaytirilsa, ekstensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish
bo‘ladi; agar yana ham ko‘proq samara beradigan ishlab chiqarish vositalari
qo‘llaniladigan bo‘lsa, intensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish yuzaga
keladi.
O‘zbekiston sanoatida ana shu ikki yo‘ldan oqilona
foydalanish natijasida
ishlab chiqarishning samaradorligi bosqichma-bosqich o‘sib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: