12.2-jadval
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning tashkiliy shakllari
Shakl
Ehtimol bo‘lgan
sarmoyadorlar
Qarz
mablag‘larini
oluvchilar
Shaklardan
foydalanishning
afzalliklari
Bizning mamlakatimiz
sharoitida shakldan
foydalanishning
murakkabligi
Difitsitli moliyalashtirish Xorijiy
davlatlar
hukumatlari.
Xalqaro
moliyaviy
institutlar.
O‘zbekiston
Respublikasining
korxonalari
va
tashkilotlari
Hukumat
Innovatsiyalarni
davlat
tomonidan tartibga solinishi
va nazorat qilinishi
Moliyalashtirishning
nomaqsadiy xarakteri tashqi
va ichki davlat qarzlarini
o‘sishi. Budjetning xarajat
qismini ko‘paytirish
Aksiyadorlik
(korporativ)
moliyalashtirish
Tijorat
banklari,
institutsional
sarmoyadorlar
Korporatsiyalar,
korxonalar
Korporatsiya (korxonalarda
investitsiyalardan
foydalanishning
variant
belgisi)
Nomoddiy xarakteri haqiqiy
loyihalarp bozorida emas,
balki
faqat
qimmatbaho
qog‘ozlar bozorida ishlash.
Sarmoyador
xatarining
yuqori darajasi
Loyihani
moliyalashtirish
Hukumatlar,
xalqaro
moliyaviy
institutlar.
Tijorat
banklari.
Mamlakat korxonalari.
Xorijiy
sarmoyadorlar
instutsional sarmoyadorlar
Investitsion loyiha.
Innovatsion loyiha
Moliyalashtirishning
maqsadli
xarakteri.
Xatarlarni
taqsimlanishiDavlat-
ishtirokchi
moliyaviy
muassasalarning kafolati.
Nazoratning
yuqori
darajasi
Investitsiyaon
muhitga
bog‘iqlik, kredit xaratlarining
yuqori darajasi. Beqaror
qonunchilik va soliq tartibi.
Xorijda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tartibi. Sanoati rivojlangan
mamlakatlarda innovatsion jarayon sarmoyalarni ham xususiy va ham davlat
manbalaridan oladi. AQSH va Yevropa mamlakatlarida ularning ulushi taxminan
teng Yaponiyada xususiy investitsiyalarning ulushi 80%dan oshib ketadi.
Moliyalashtirishning eng ixcham shakli- xatarli sarmoyalar – xususiy manbalarga
asoslanadilar. Innovatsion jarayonlar uchun, shubhasiz, ITTIR ni innovatsion
jarayondagi belgilab beruvchi bo‘g‘in sifatida moliyalashtirish eng katta
ahamiyatga ega.
AQShda moliyaviy resurslar ham federal va munitsipal budjetlar orqali
davlatdan (1998 yilda 49%) va ham xususiy firmalar va tashkilotlardan (o‘sha
1998 yilda 46,7% ni tashkil qilgan ) kelib tushadi. Universitetlar, kollejlar va
xususiy- hukumat fondlari ITTKI ni moliyalashtirishda 5%dan ko‘proq ishtirok
etganlar AQShda innovatsiyalarni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlar tizimi uchun
keyingi yillarda dasturli-maqsadli yondoshishni tarqalishi xosdir.
Bunda moliyaviy resurslar ham ustuvor texnologik (biotexnologiya,
energetika, elektronika, sog‘liqni saqlash) va ham sohaviy yo‘nalishlar
(agrokosmik, harbiy sanoat va h.k.) jamlanadilar. Masalan, agronomik sanoatda
ITTKI ning to‘rtdan uch qismidan ko‘prog‘i davlat assignovatsiyalarida bo‘ladilar.
Yangi konstruksion materiallarni ishlab chiqarishdagi ilmiy tadqiqotlarning 35%
ham davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
Yevropa mamlakatlar xuddi shunday tartibda ko‘p ilm iste’mol qiladigan
ishlab chiqarishlar va yuqori texnologik mahsulotlarning ahamiyati o‘smoqda.
ITTKI ni davlat tomonidan moliyalashtirish tizimida innovatsion jarayonni
vositali qo‘llab-quvvatlashning ham to‘g‘ridan to‘g‘ri shakllari va ham samarali
usullari (soliq imtiyozlari, imtiyozli hukumat krediti, amortizatsion hisobdan
chiqarishlar) biriktiriladi.
Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning bunday turi Fransiya, Avstriya,
Shvetsiya va h.k. da keng qo‘llaniladi. Xuddi davlatning qo‘lida
moliyalashtirishning bunday manbalari innovatsion faoliyatni rivojlantirishning
rag‘batiga aylanadi.
Yaponiyada ITTKIni moliyalashtirish manbalarining asosiy qismini xususiy
kompaniyalar tashkil qiladilar. (1998 yilda 80%gacha). Bu yerda davlat
xarajatlarining ulushi AQSH va Yevropa mamlakatlariga qaraganda ancha past,
buning ustiga xususiy kompaniyalar va davlatning harakatlarini Yaponiya tashqi
savdo va sanoat vazirligi (TSSV) tomonidavn belgilab berilgan umummilliy
ustuvorlik bo‘yicha maxsus fondlar va dasturiy tadqiqotlar shaklida birlashtirilishi
katta ahamiyatga ega. Ustuvor ilmiy yo‘nalishlardagi investitsiyalarni o‘sish
sur’atlari bo‘yicha Yaponiya jahonda birinchi o‘rinni egallaydi. Bunday tashqari,
Yaponiyada xususiy firmalarga ilmiy laboratoriyalar va tajriba korxonalarining
uskunalari, hamda davlat muassasalari, universitetlarining tadqiqotlari natijalarini,
shu jumladan ilmiy-texnik axborotlarni topshirish amaliyoti qo‘llanilmoqda.
Buning ustiga eng yangi texnologiyalar bazasida yangi mahsulotni ishlab
chiqaruvchi xususiy firmalarga asosiy innovatsyailarni shlab chiqarishda 3 yildan 5
yilgacha katta (50%gacha) soliq imtiyozlari beriladi. Yaponiyada amortizayion
ajratlamalar meyorlarini tabaqalashtirish keng qo‘llaniladi.
Xatarli moliyalashtirish nafaqat an’anaviy xo‘jalik yuritish doiralarini ikki
tomonga suradi, balki innovatsion faoliyatni takomillashtirishga imkon beruvchi
va umuman iqtisodiy tizimni faoliyat yuritishi samaradorligini oshiruvchi
investitsion mexanizmning yangi turini yaratadi.
Xatarli biznes uchun moliyaviy mablag‘larni taqdim etish tijorat
banklarining uzoq muddatli kreditlaridan tkbdan farq qiladi. Innovatsion venchurli
biznes moliyalashtirilayotgan loyihani barbod bo‘lishi imkoniga yo‘l qo‘yadi.
Birinchi yillar loyiha tadbirkori sarflangan xarajatlar uchun moliyachilar oldida
javobgarlikka ega emas va ular bo‘yicha foizlarni to‘lamaydi. Xatarli saromoyalar
sarmoyadorlari birinchi besh yilda yangi tashkil qilingan firmaning aksiyalarini
xarid qilish bilan chegaralanadilar. Agar mulk aksiyalar bilan berilgan bo‘lsa,
aksiyadorlar ularni start davri tugagunga qadar birjada sotish huquqiga ega
emaslar. Agar innovatsion firma foyda bera boshlasa, unda u xatarli sarmoyalar
kirituvchilarni mukofotlashning asosiy manbai bo‘ladi. Ko‘pincha venchurli
sarmoyador innovatsion korxonaning mulk egasi bo‘ladi. Xuddi kapital
kiritmalarga yuqori, ko‘picha yillik 25-30 %ni tashkil qiluvchi, foyda olishning
oydinligi venchurli biznesni, yuqori xatarga qaramasdan, g‘oyata o‘ziga jalb
qiluvchi tadbir qiladi.
Venchurli biznesning Venchurli biznesning samaradorligini oshirish uchun
keyingi yillarda sanoati rivojlangan mamlakatlarda xatarli investitsiyalarni har
tomonlama rivojlanishi sodir bo‘lmoqda va qenchurli kompaniyalarning tashkiliy
tuzilmasi o‘zgarmoqda. Masalan, investitsiyalarning innovatsion yo‘naltirilishi
firmani ko‘p sohali va sohalararo yo‘nalishga g‘ayratlantiradi. Bunda yangi bozor
uyachalarini, qo‘shni ishlab chiqarishlarni vujudga kelishi mumkin, ishlab
chiqarilayotgan texnologiya samaraliroq bo‘ladi, amalda investitsiyalarni har
tomonlama rivojlanishi va innovatsion yo‘naltirilganliginamoyish qiluvchi kichik
innovatsion firmalar yirik firmadan kurtak ochib chiqadilar. Masalan, agar 1970
yillarning boshida General Electric firmasida faqat 10 mustaqil innovatsion
yo‘nalishdagi korxonalar tashkil qilingan bo‘lsa, 1980 yillarning oxiriga kelib bosh
kompaniya qoshida endi 200 tashqi venchurli ilmiy bo‘linmalar mavjud bo‘lgan.
General Motors, xerox, IBM va h.k. kabi sanoat ggantlari qoshida ham venchurli
sarmoyalar firmalari keng rivojlanmoqda.
Keyingi yillarda venchurli sarmoyalarning tuzilishi murakkablashgan.
An’anaviy bo‘lib qolgan shakllar bilan bir qatorda yangilari paydo bo‘lmoqda.
Kichik innovatsion firmadan boshlab va ilmiy- texnik konsorsium bilan tugallanib,
aralash xususiy–davlat moliyalashtirilishida ishlovchi, ularning barchasi, bir
tomondan o‘zining faoliyatida har tomonlama rivojlangan va ko‘p ilm iste’mol
qiluvchi ishlab chiqarishlarga, boshqa tomondan tadqiqot qiluvchi firma va
venchurli moliyalashtirish fondiga suyanadi. Yangi korxonani tashkil qilishda
besh yil ichida investitsiyalarning dastlabki hajmiga nisbatan sarmoyalarni o‘n
marta ko‘payishi rentabellikning pay darajasi hisoblanadi.
Eng yangi ko‘p ilm iste’mol qiluvchi sohalardagi tatbiq etuvchi firmalar misoli
yo‘q tijorat xavfiga duchor bo‘ladilar. Faqat investitsiya kiritilayotgan yirik texnik
loyihalarning o‘ndan bir qismi yetarlicha rentabelli bo‘ladi. Venchurli fond,
shunday qilib, umumiy biznes tarkibidagi o‘zining innovatsion sherigini ehtiyot
qilgan holda, bu xatarni o‘ziga qabul qiladi.
Innovatsion fondlar ko‘psonli tatbiq etuvchi firmalar bilan, ayniqsa ularning
yashash davrlarining eng qiyin, boshlang‘ich bosqichida mahkam bog‘langan
o‘ziga xos aqliy diversifikatlar (har tomonlama rivojlantiruvchilarga) aylanadilar.
Innovatsion fondlar akademik fan, hammadan avval universitetlar bilan
yaqindan hamkorlikka muhim ahamiyat beradilar. Universitetlar laboratoriyalarida
yuqori rentabelli texnik loyihalar ishlab chiqariladi, ular venchurli moliyalashtirish
uchun ayniqsa o‘ziga jalb qiluvchi bo‘ladilar. Innovatsion banklar judayam faollar,
ular odatda istiqbolli g‘oyalarni o‘zlari qidiradilar, eng foydali, o‘zini tez qoplovchi
texnik loyihalar ijrochilari bilan xo‘jalik aloqalarini yo‘lga qo‘yadilar.
Eng istiqbolllli innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlar
xususiy kasbiy boshqariladigan innovatsion venchurli fondlarga murojaat qiladilar.
Qoidaga ko‘ra, byurokratik himoya va ko‘p bosqichli bo‘ysunishdan xoli bu
fondlar, innovatsion tadbirkorga kerakli boshlang‘ich sarmoyalarni, shu jumladan
start oldi xarajatlarni beradilar.
Yaponiyada innovatsion tadbirkorlik biroz boshqacha shakllanadi.Bu
mamlakatning hukumati an’anaviy ravishda sanoat ITTKI moliyalashtirishga katta
mablag‘lar ajratmaydi: ITTKIga xarajatlarning 25% ga yaqini davlat ulushiga to‘g‘ri
keladi. U milliy bozor ITIChning ustuvor yo‘nalishlarini himoyalash bo‘yicha
proteksion (himoya qiluvchi) choralarini qo‘llaydi. Faqat milliy yapon fani va
iqtisodiyoti rivojlanishining uzoq muddatli bashorati davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlashning asos bo‘ladi. Yillar o‘tishi bilanustuvorliklarning majmuasi
o‘zgaradi, ammo prinsipial ishlab chiqarishlarni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash tamoyili qoladi.
Davlat xususiy samoyalarga nisbatan o‘zining innovatsion siyosatini faol
amalga oshiradi. Masalan, tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishi belgilangandan keyin
TSSV tegishli ishlab chiqarish sohasiga ega barcha yirik sanoat korporatsiyalariga
dasutarlar va yirik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tanlovda ishtirok etishni
taklif qiladi. Bunda vazirlik loyio‘a, nou-xau haqidagi ilmiy va ilmiy-texnik
axborotlarni taqdim etadi, tadqiqotlarga yirik universitelar va boshqa ilmiy
jamoalarni jalb qiladi, laboratoriya va boshqa ilmiy uskunalarni beradi.
Dasturlarni moliyalashtirish bo‘yicha xarajatlarni ishtirochi –korporatsiyalar
amalga
oshiridilar.
Davlat
sotish
bozorlarni
kafolatlamaydi.
Xususiy
sarmoyadorning zimmasiga nafaqat amaliy innovatsion faoliyatni, balki
mahsulotning an’anaviy yuqori sifati va narxlarning yetarlicha past darajasini saqlab
qolishda yangi bozorlarni shakllantirish vazifasi ham tushadi.
Davlat har xil to‘g‘ridan to‘g‘ri va vositali choralar bilan xususiy sarmoyalarni
zamonaviy innovatsion strategiyaning o‘zaniga yo‘naltiradi. Masalan, eng yirik
davlat moliya institutlaridan biri-Yapon taraqqiyot banki ustuvor sohalarni
modernizatsiyalash va yangilashga uzoq muddatli qarzlarni taqdim etadi. Bank bu
kredit uchun to‘lovni ushbu mijozlardan odatdagi qarzdorlarga nisbatan ancha kam
oladi. Buning ustiga muddati Yaponiyadagi oddiy kreditlash kabi 10 yil sarmoyalar
jahon bozoridag‘3-8 yil. Bundan tashqari, amerikalik, yevropalik kompaniyalarga
nisbatan yapon firmalarining birlashishga vazmin munosabati va yapon
sarmoyalarining kamtarona ko‘lailari Yaponiyada innovatsion faoliyatni tashkil
qilish va moliyalashtirishning xususiyatlarini asoslab beruvchi muhim omillardan
bo‘ladi.
Tadqiqot qilish assotsiatsiyalari - texnik ishlab chiqarishning eng istiqbolli
shakllaridan biridir. Bir necha kompaniyalar tomonidan ulushli asosda tashkil
qilingan bo‘lib, ular nafaqat ko‘p sarmoya iste’mol qiluvchi ilmiy-texnik
loyihalarni, balki yuqori investitsion xatarning ular bilan bog‘liq innovatsion
yo‘naltirilganlikni ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlashga imkon beradi. Ko‘p ilm
iste’mol qiluvchi va yuqori texnologik mahsulotni ishlab chiqarish uchun
moliyaviy xatarni ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash imkoniyati katta ahamiyatga
ega.
Tadqiqot qilish assotsiatsiyalaridagi innovatsiyalarni tashkil qilish va
moliyalashtirishning aniq mexanizmlari, shubhasiz o‘zgarganlar. Masalan, hozirgi
vaqtda assotsiatsiyalarning ikki turi faoliyat yuritmoqda: harakatlar va resurslarni
belgilangan loyiha ostida birlashtiruvchi, ammo mustaqil ilmiy va moliyaviy
bo‘linmalarga ega bo‘lganlar va ishtirokchi firmalar doiralarida va
moliyalashtirining belgilangan hajmida umumiy ilmiy-texnik bo‘linmani tashkil
qiluvchi, ikkinich turdagi assotsiatsiyalar. Tadqiqot qiluvchi assotsiatsiyalar davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlashning har xil shakllaridan foydalanadilar. Bunda asosiy
fondlarga soliq 25 %ga kamaytiriladi.
Yaponiya sanoat kompaniyalarida innovatsion faoliyat ichki korporativ
bo‘linmalarda loyihaviy vaqtincha guruhlar shaklida va ichki venchurlar
ko‘rinishida to‘liqroq amalga oshiriladi. Ko‘pincha ichki venchurli bo‘linmalar
korporatsiyaning mavjud bo‘lgan bo‘linmalar bazasida tashkil qilinadilar. Ichki
venchurli vazifalarning yig‘indisi va mustaqillikning darajasi bo‘yicha vazifasi
bo‘linmalar-kompaniyaning mahsulotli bo‘linmalariga o‘xshashlar. Ammo agar
keyingilar mavjud ishlab chiqarishlarning joriy rentabelligini qo‘llab-quvvatlash
uchun javobgarlikka ega bo‘lsalar, ichki venchurning mustaqilroq tashkilotlari
loyihani ishlab chiqish davrida foyda olinishi uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar
va korporatsiya tomonidan yangi ishlab chiqarishni rentabelligiga erishgunga qadar
subsidiyalarni to‘liq oladilar.
Agar vaqtinchali loyihaviy guruhlar asosan yangilik kiritishlarning operativ
ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lsalar, ichki venchurlardan mavjud ishlab chiqarish
va moliya bozorilariga kiritilmaydigan prinsipial yangilik kiritishlar va innovatsion
loyihalar ishlab chiqarishlar va tijoratlashtirish uchun foydalaniladi.
Vaqtinchalik
loyihaviy
guruhlar
sotish
faoliyat
bilan
mustaqil
shug‘ullanmaydilar va ishlab chiqarish quvvatlariga ega emaslar. Ichki venchurlar
butun innovatsion davra: ishlab chiqish, tatbiq etish, ishlab chiqarish, marketing,
sotish va sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish imkoniyatiga egalar.
Ko‘pincha bir necha yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amlag oshirgandan keyin
ichki venchuryuridik shaxs mavqeini oladi va qiz fimasi bo‘lib qoladi. Ham kichik
innovatsion biznesning afzalliklari, va ham u qiz firmasi bo‘lib qolgan holda ega
bo‘lishi mumkin bo‘lgan tadbirkorlik xatarlarining kerakli barqarorlashuvi va har
tomonlama rivojlanishi xuddi ichki venchurga xosdir. Kichik innovatsion firmalar
va venchurli bo‘linmalarda faoliyatning muvaffaqiyati butun xodimlarning
harakatiga bog‘liqdir. AQShda, firma ichidagi venchurlar, tashqi venchurlarga
nisbatan ancha kam mustaqillikka ega bo‘lgan holda korporatsiyalarni qo‘llab-
quvvatlashlari, korporatsiyalar resurslarini, ilmiy-texnik axborotlar va nou-xaularni,
bozor haqidagi axborotlarni keng olish, marketing va sotishning korporativ
tizimidan foydalanish imkoniyatlaridan foydalanadilar.
3. Innovatsion faoliyatni loyihaviy moliyalashtirish.
Zamonaviy, shu jumladan xalqaro moliyaviy faoliyatda loyihaviy
moliyalashtirish kabi istiqbolli va dinamik yo‘nalish borgan sari ko‘proq rivojlanish
olmoqda. Bu innovatsion faoliyatda moliyaviy va bank ishtirokining turi
sanoatning ko‘p resurslar va sarmoyalar iste’mol qiluvchi sohalari ishlab chiqarish
apparatini modernizatsiyalash, takomillashtirish va yangilashga ayniqsa muhtoj
mamlakatlar va mintaqaoar uchun ayniqsa dolzarbdir.
Hozirga qadar rivojlangan mamlakatlarda moliyalashtirishda elektr energiyasi,
foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq investitsion loyhalar katta
ommaviylikka ega bo‘lganlar. Endi loyihaviy moliyalashtirish ham sanoatning
infratuzilmasini va qayta ishlab chiqaruvchi sohalari bilan bog‘liq va ham ilmiy-
texnik yangiliklar va ilg‘or texnologiyalarga qaratilgan sanoat obektlarining
ko‘pchiligiga keng tarqalgan. Keyingi yo‘nalish yuqori texnologik, ko‘p ilm
iste’mol qiluvchi ishlab chiqarishlarga investitsiyalar kiritishning kam sonli
tajribasida paydo bo‘lgan.
Loyihaviy moliyalashtirish an’anaviy ravishda investitsion loyihalarga
mo‘ljallanganligiga qaramasdan, hozirgi vaqtda bu usullar noyob novatorlik
yondoshishlar va tubdan yangi ishlab chiqarishlar sohasiga tez kirib bormoqda.
Bunda, shubhasiz, loyihaviy va moliyaviy xatarlar, demak loyihalarni ekspertli
baholashga talablar ham o‘sadi. Bu masalalarni ham uslubiy va ham amaliy va
tashkiliy jihatdan hal qilish zarur. Nafaqat kreditorlarni, balki mahsulotning
yaroqligini baholash va xatarni bartarf qilishga qodir mustaqil maslahatchilarni
topish qiyin. Ishonchli ta’sischilar, samoyadorlar, kafolatchilar, pudratchilar va
operatorlardan tashkil topgan loyihaviy jamoani tanlab olish undan ham qiyin.
Shunga qaramasdan xuddi innovatsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish bugun eng
katta qiziqishni uyg‘otadi.
Loyihaviy moliyalashtirish kamida innovatsion faoliyatni tashkil qilish va
moliyalashtirish haqidagi uchta prinsipial qoidalarni ishonchli ravishda namoyish
qiladi.
Birinchisi-sanoati rivojlangan mamlakatlar misolida shu narsa ko‘rinadiki,
innovatsion jarayonlarning asosiy qismini har xil darajada va ko‘lamdagi xususiy
kompaniyalarning kuchlari bilan malga oshirish mumkin. Shubhasiz, innovatsion
jarayonlar bu yerda maqsadning o‘zi emas, balki tadbirkorlik muvaffaqiyatiga
erishish vositasi sifatida bo‘ladilar. Innovatsion biznes har xil tashkiliy fondlarda
akademik “sof fan” va xususiy sarmoya manfaatlari o‘rtasida vositachi bo‘ladi,
chunki innovatsion jarayon daromadli sifatida ko‘rib chiqiladi.
Ikkinchisi- davlatning innovatsion siyosati nafaqat innovatsion jarayonga
to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatishda, balki innovatsiyalar uchun innovatsiyalarni
davlat tomonidan vositali qo‘llab-quvvatlanishining har xil moliyaviy qonunchilik,
soliq, sotsial va boshqa usullari bilan bir qatorda qulay iqtisodiy muhitni
yaratilishida namoyon bo‘lishi mumkin. Davlat o‘zbek iqtisodiyotining hozirgi
holatida innovatsion siyosatning asosiy yukini o‘ziga ololmaydi, ammo innovatsion
biznesni qo‘llab-quvvatlovchi tadbirlarning to‘liq turli tumanligini ta’minlashi
mumkin.
Va nihoyat, uchinchisi - inovatsion faoliyatning egiluvchanligi, ko‘p
variantliligi va muqobilliligi davlat va xususiy tadbirkorlik, xususiy va xorijiy
sarmoyadorlar hamkorligining ko‘p sonli shakllarini vujudga kelishiga juda yaxshi
yordam beradi. Loyihaviy moliyalashtirishning kengroq amaliyoti va innovatsion
faoliyatni rivojlanishi agar davlat siyosiy, makroiqtisodiy va yirik ekologik
xatarlardan kafolatchi bo‘lgan holda o‘ziga munosib o‘rinni topishlari mumkin.
O‘zbekistonda innovatsion biznesni rivojlanishi uchun dastlabki sharoitlar
yaratilgan.
Agar venchurli sarmoyalardan ilmiy faoliyatni uning har qanday bosqichida
moliyalashtirishni tashkil qilish uchun foydalanish mumkin bo‘lsa, unda loyihaviy
moliyalashtirishning tashkilotchisi bunday xatarga bora olmaydi. Shuning uchun
loyihaviy moliyalashtirish holida bozor sharoitida loyihani amalga oshirishdan pul
mablag‘larining oqimi krelditni qaytarishning yagona manbai bo‘ladi. Innovatsion
va venchurli biznes va loyihaviy moliyalashtirish o‘rtasidagi katta farq shundan
iboratki, loyihaviy moliyalashtirish tijorat talabi shakllantirib bo‘lingan
mahsulotlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Jahon
amaliyotida
loyihaviy
moliyalashtirish
ostida
ko‘pincha
moliyalashtirishni tashkil qilishning shunday turi nazarda tutiladiki, unda loyihani
sotishdan olingan daromadlar qarz majburiyatlarini to‘lashning yagona manbai
bo‘ladi. Shunga qaramay har xil mamlakatlarda “loyihaviy moliyalashtirish”
atamasi har xil talqin qilinadi. Masalan, AQShda uning ostida moliyalashtirishni
shunday tashkil qilish tushuniladiki, unda investitsion loyihalarning katta qismi
ta’sischining shaxsiy mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi, loyihani sotishda
daromad qarz majburiyatlarini to‘lashning yagona manbalaridan bo‘ladi.
Yevropada bu atama loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
moliyaviy resurslarni taqdim etishning har xil variantlari va yo‘llariga nisbatan
qo‘llaniladi. Keyingi vaqtda “loyihaviy moliyalashtirish” atamasi ham banklar
tomonidan taqdim etiladigan kreditlarga va ham vositali budjetli qo‘llab-
quvvatlashga, har xil davlat tashkilotlari, investitsion fondlar, sug‘urta
kompaniyalari va boshqa manfaatdor sarmoyadorlarning qo‘llab-quvvatlashiga
asoslangan moliyaviy va tijorat operatsiyalari tizimiga nisbatan qo‘llaniladi.
Loyihaviy moliyalashtirishni tashkil qilishga asosiy talablar ta’sischilar va
ularning sheriklarining nufuzli tarkibi, loyihaning malakali tahlili, omilkorona
tuzilgan texnik-iqtisodiy asoslanish, loyiha tadbirlarining bank bilan oldindan
kelishib olish, loyihani yetarlicha kapitallashtirilishi, uni texnik-texnologik amalga
oshirilishi va yuqori foydalanish ta’riflarida iborat. Loyiha va hukumat
muassasalarini aniq taqsimlanishi, loyihaviy moliyalashtirish obyektini atroflicha
bilishni muhim deb hisoblash kerak.
Loyihaviy yondoshish talablariga mosroq keluvchi sohalarga qazib
chiqaruvchi sohalar va energetika, neft- gaz xomashyoni qayta ishlash,
energiyaning muqobil manbalari, mashinasozlik, asbobsozlikning belgilangan
turlari, qurilish materiallarining ba’zi bir turlari hamda istiqbolli kimyoviy
mahsulotlarni kiritish mumkin. Shu jumladan, “sof” loyihaviy moliyalashtirish na
moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini va na qo‘shimcha kafolatlarni talab
qiladi va xatarning har xil turlarining ma’qul darajasiga asoslangan.
Agar pul mablag‘larining birlamchi manbai (loyiha) talablarga adekvat
bo‘lmasa, unda kafolatchining aktivlari yoki budjet subsidiyalari qarzni to‘lashning
ikkilamchi manbai bo‘lib xizmat qilishlari mumkin. Misol sifatida qazib chiqaruvchi
sohalarning ko‘p ilm iste’mol qiladigan ishlab chiqarishlari, yuqori texnologiyalar,
telekommunikatsiyalar tizimlari, kompyuter tarmoqlarini ishlab chiqish dorivor
moddalar va nozik organik sintezning boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarishni
keltirish mumkin. Loyihaviy moliyalashtirishning ko‘pgina operatsiyalari “sof”
sxemadan farq qiladilar. Bu nostandart xavflarning o‘rnini qoplash va sotishdan
tashqari tushumlar, yuqoriroq foizli stavkani taqdim etish va amortizatsion
ajratmalar, soliq imtiyozlari hisobiga tushumlar va ko‘pgina boshqa narsalar
bo‘lishlari mumkin.
Loyihaviy moliyalashtirishni tashkil qilishda hukumat idoralari va xalqaro
tashkilotlarning kafolatlarini olish alohida rol o‘ynaydi. Ammo loyihaviy
moliyalashtirishga, qoidaga ko‘ra, pul mablag‘larining beqaror oqimi
generatsiyalanadigan, ularning aktivlari esa qarzni to‘lashning ishonchli ikkilamchi
manbai bo‘lib xizmat qiladigan obyektlar kiritiladi. Xatarlar loyihaning
tashkilotchilari, kreditorlari va kafolatchilari o‘rtasida taqsimlanishi uchun
ko‘pgina loyihalarni turkumlashtirishga imkon beruvchi loyihaviy xatarlarni
diversifikatsiyalash
loyihaviy
moliyalashtirishning
imkoniyatlarini
kengaytirishning muhim tamoyili bo‘ladi.
Innovatsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishning bir necha turlari mavjud.
Loyihaning o‘zining, uning ishtirokchilarining kredit qobiliyati, ularning kreditni
uchinchi shaxslar tomonidan to‘lash kafolatlari hisobga olinmagandagi yashash
qobiliyatiga asoslangan molyailashtirish asosiy bo‘ladi. Loyihani amalga oshirish
natijasida generatsiyalanadigan aul oqimlari qarzni to‘lashning manbai bo‘luvchi
investitsiyalarni moliyalashtirishni uchinchi tur deb hisoblash mumkin.
Moliyalashtirishning shunday turi uchinchi deb hisoblanadiki, bunda ham loyihani
amalga oshirish natijasida generatsiyalanadigan naqd mablag‘lar oqimlari va ham
korxona aktivlari kreditni ta’minlanishi bo‘lib xizmat qiladilar.
Korxonaning o‘zining iqtisodiy va texnik yashash qobiliyati kreditni
ta’minlashi loyihaviy molilashtirishning to‘rtinchi turi bo‘ladi.
Innovatsion loyihalar o‘z xususiyatalriga ega. Loyihali moliyalashtirish
usullari va yirik kapital kiritmalarni baholash va ilmiy-texnik loyihalarni tanlab
olish uchun talab qilinadigan moliyaviy tahlil tadbirlari qo‘llanilayotgan
tadbirlarni adekvatligi va bir xildaligi o‘aqidagi farazlarga olib kelishi mumkin deb
hisoblaydi G.N.Bicc. Ammo bu ikki loyihalar o‘rtasida muhim farqlar mavjud.
Yangi sanoat obyektlari qurilishiga kapital kiritmalar haqidagi mavjud moliyaviy
axborotlar hatto eng oddiy ilmiy-texnik loyihalarning ko‘pchiligi uchunligiga
qaraganda, ayniqsa boshlang‘ich bosqichlarda ancha ishonchliroqdir.
Innovatsion loyihalar ancha katta noaniqlik bilan farqlanib turib,
shundayafzallikka ega, ular ishlab chiqarishning ancha erta bosqichlaridayoq kichik
moliyaviy yo‘qotishlarda to‘xtatilishlari mumkin. Ilmiy-texnik loyihalarni tanlab
olishda axborotlarning investitsiyalarga nisbatan cheklanganlik omili o‘ziga
e’tiborni qaratadi.
Ilmiy-texnik loyihalarda axborotlarni adekvant emasligicha ancha ko‘p duch
kelishi mumkin. Mustaqil ekspertlarning fikrlarini korrelyatsiyalash g‘oyatda
murakkabdir. Shunday hollarda ma’lumki, ekspertizaning birinchi bosqichida
qaytarilgan innovatsion loyihalar keyin ishlab chiqaruvchilarga misli ko‘rilmagan
muvaffaqiyat keltirganlar (masalan, British Airlines, “Mitsubisi”, Appel va
ko‘pincha boshqa kompaniyalarga).
Innovatsion loyihalar nafaqat ko‘p mezonliligi va noaniqlikning katta
darajasi bilan, balki sifatli bahosi bilan ham past ajralib turadilar. Xuddi shuning
uchun muvaffaqiyatning integral mezonlari va qo‘llangan harakatlarning olingan
natijalarga muvofiq mosligini belgilashning maxsus tadbiri zarur. Innovatsion
loyihani tanlashning eng muhim mezonlari 2-rasmda berilgan.
Shubhasiz, mezonlarning ko‘proq miqdorlarini qanoatlantiradigan loyiha
muvaffaqiyatliroq bo‘ladi. Albatta, taklif qilingan innovatsion loyihalardan
variantni tanlab olish g‘oyatda qiyin. Shuning uchun loyihaviy xatarlarni
kamaytirish va loyihaning muvaffaqiyatliligi parametrlarini muvofiqlashtirish
uchun portfelli yondoshish keng qo‘llaniladi.
Innovatsiyalar portfeli yirik va kichik, muddatlari bo‘yicha uzoq va qisqa,
belgilanishi va amalga oshirilishi tamoyillari bo‘yicha har xil bo‘lgan turli tuman
loyihalarga ega bo‘lishi kerak. Bu innovatsiyani moliyaviy-iqtisodiy
ko‘rsatkichlarning yuqori natijaviyligi bilan bir vaqtda muvofiq tatbiq etish, hamda
firma raqobatining muvaffaqiyatli strategiyasi uchun zarurdir. Portfelning mazmuni
yetarlicha tez tez tavtish qilinishi, qayta ko‘rib chiqilishi va yangilanishi kerak.
Katta portfelga xatarning yuqori darajasi bilan ta’riflanadigan ustuvor
yangilik kirtishlari bo‘yicha loyihalarni kiritish mumkin bo‘ladi, chunki bu holda
cheklashlar portfelning umumiy xatari yo‘l qo‘yiladigan chegarasidan oshib
ketmasligidan iboratdir. Mana shuning uchun bunday portfelning tarkibiga
eskilikka xos innovatsiyalar bilan bir qatorda yangilikning yuqori darajasiga, ammo
past rentabellikka ega loyihani va aksinchasini kiritish mumkin.
Kichik va mayda loyihalardan tashkil topgan loyiha har bir qator
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Har bir loyiha muvaffaqiyat holida sotishlarning
nisbatan kamtarona hajmi va foydaning katta bo‘lmagan miqdori bilan ta’riflansa
ham, u yirikroq loyihalarga qaraganda, foydaning yuqori meyori bilan
generatsiyalanishi mumkin. Buning ustiga kichik loyihalar ancha kam resurslarni
talab qiladilar. Kichik loyihalarni ishlab chiqish sur’atlarini bashoratlash osonroq.
Shunday qilib, kichik loyihalarning portfeli, tezroq, yetarlicha foydali
innovatsiyalarning bir tekisdagi oqimin shakllantiradilar. Ammo, kichik loyihalar
bir qator kamchiliklar bilan ham ajralib turadilar: ular beqaror tashqi muhitga
ta’sirchandirlar, ishlab chiqarish fondlari va texnologiyalar sifatiga yuqoriroq
talablarni ilgari suradilar, xatarlarni rivojlanishi imkoniyatlarini toraytiradilar.
Har qanday loyihaning yakuniy muvaffaqiyati nafaqat uning o‘lchamiga,
balki inovatsion va moliyaviy menejerning loyihalarni rejalashtirish va boshqarish
bo‘yicha malakasiga bog‘liqdir.
Inovatsion loyihalarni sinchiklab va ko‘p tomonlama tahlil qilish va tanlab
olish portfelining tarkibini muvofiqlashtirishga imkon beradi. Yechimni ishlab
chiqish uchun yagona algoritm mavjud emas. Har bir aniq holda mezonlarning o‘z
guruhi ustun kelishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, innovatsion loyihalarni
tahlil qilish tizimi qo‘llanilayotgan uslubiyotining ko‘pligi bilan ajralib turadi: bu
moliyaviy, investitsion va texnik-iqtisodiy tahlil usullari, metematik-statistik
modellar, ekspert baholari tizimi, mahsulotning ilmiy-texnik darajasi va sifati
tahlilidir. Ilmiy-texnik yangiliklarni bashoratlash va tizimli tahlili bilan ko‘pgina
mamlakatimiz va xorijiy olimlar shug‘ullanganlar.
|