Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati


Innovatsion menejmentning mohiyati va vazifalari



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/43
tarix09.04.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#95284
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43
11-BOB. Korxonaning investitsion faoliyati

Innovatsion menejmentning mohiyati va vazifalari. Innovatsion 
menejment – bu innovatsion jarayonlar, innovatsion faoliyat, bu faoliyat bilan band 
bo‘lgan tashkiliy tuzilmalar va ularning xodimlarini boshqarish tamoyillari, usullari 
va shakllarning majmuasidir. Menejmentning har qanday boshqa sohalari uchun 
kabi, uning uchun ham quyidagilar xos: maqsadni qo‘yish va strategiyani tanlash, 
davraning to‘rtta bosqichi: 
rejalashtirish; 
shartlarni belgilash va tashkli qilish; 
ijro etish; 
rahbarlik. 
Innovatsion menejmentning bosqichlar quyida chizma shaklida berilgan. 
Davraning har bir bosqichida belgilangan vazifalar hal qilinadi. Birinchi 
bosqich – rejalashtirish bosqichida – strategiyani amalga oshirish rejasi tuziladi.
Ikkinchisida – shartlar va tashkil qilish belgilanadi, ya’ni innovatsion davrning har 
xil pallalarini amalga oshirish uchun resurslarni belgilash, xodimlar oldiga 
vazifalarni qo‘yish, ishni tashkil qilish ketadi. Ijro etish bosqichida tekshirishlar va 
ishlab chiqishlar bajariladi, reja amalga oshiriladi. Rahbarlik bosqichi nazorat va 
tahlilni harakatlarga tuzatish, kiritish va tajriba to‘plashni ko‘zda tutadi. 
12.1-rasm. “Innovatsiyalarni boshqarish” va “innovatsion boshqarish” 
tushunchalarining o‘zaro farqlanishi
10

Bu yerda innovatsion loyihalar, innovatsion boshqaruv qarorlari, yangiliklarni 
qo‘llashning samaradorligi baholanadi. 
10
Mualliflar ishlanmalari asosida tuzilgan.
Innovatsion boshqarish 
Innovatsiyalarni boshqarish 
Tashkil etish 
Tartibga solish 
Nazorat qilish 
Muvofiqlashtirish 
Rejalashtirish 
Me’yorlashtirish 
Innovasion 
faoliyat (jarayon) 
Usul vavositalar 
Muhit 
Shart-sharoitlar 
Mezonlar 
Xususiyat, belgilar 
Tamoyillar 
Bosh-qaruv 
obyekti 
B
os
hq
ar
uv
da
y
an
gi
y
on
da
sh
uv
B
os
hq
ar
uv
ja
ra
yo
ni


Innovatsion jarayon (IJ) davriy xarakterga ega. IJ ni ifodalovchi faoliyat inson 
mehnatini taqsimlanishi natijasida ajralib chiqqan, bir birlaridan farqlanuvchi 
alohidagi vazifaviy, tashkiliy birliklarga bo‘linadi. IJ ning iqtisodiy va texnologik 
ta’siri faqat yangi mahsulotlar yoki texnologiyalarda qisman ro‘yobga chiqadi. 
U ancha ko‘proq yangi texnikani vujudga kelishining shart – sharoiti sifatida 
iqtisodiy va ilmiy – texnik salohiyati ko‘payishida namoyon bo‘ladi, ya’ni 
innovatsion tizim va uning tarkibiy elementlarining texnologik darajasi oshadi, 
shuning bilan innovatsiyalarga moyillik ham oshadi. 
Innovatsion jarayonni umumiy ko‘rinishda zanjirga ko‘rinishida yozish 
mumkin: 
bu yerda FT va AT – fundamental va amaliy tadqiqotlar; I – ishlama; L – 
loyihalashtirish; Q – qurilish; O‘ – o‘zlashtirish; SICH. – sanoat ishlab chiqarish; M 
– marketing; Sot. – sotish. 
Bu zanjirchani tahlil qilish uchun uning har xil elementlari o‘rtasidagi teskari 
aloqa omillaridan abstraklashish (predmetlar va ular o‘rtasidagi munosabatlarning 
bir qator xususiyatlaridan ularning muhim alomatlarini ajratish maqsadida hayolan 
chalg‘imoq), FT – O‘ davrasi uzunligini (u 10 yildan ko‘proq davom etishi mumkin) 
va pallalardan har biri (FT – AT; L - Q)ning nisbiy mustaqilligini hisobga olish 
zarur. Ilmiy faoliyat tushunchasi bilan bog‘liq fundamental (nazariy) tadqiqot har 
qanday innovatsion jarayonning boshlang‘ich bosqichi bo‘ladi. Albatta, davraning 
har bir alohida elementi fundamental tadqiqot bilan bog‘liq ilmiy faoliyat bilan 
to‘ldirilganyu Shu narsa xarakterliki, FT dan SICH gacha yangi mu’lumotlarning 
miqdori kamayib boradi. Bunda tadqiqot faoliyati borgan sari ko‘nikmalar, tajribalar 
va standartli usullar bilan almashib boradi. 
Agar FT ning yakuniy natijasi haqida gap ketsa, unda faqat savol nazariyasi 
sohasidagi yangi, ajoyib, isbotlangan ma’lumotlar va axborotlarni olish va qayta 
ishlashga qaratilgan tadqiqot faoliyatini ajratish kerak. Nazariy tadqiqot bevosita 
aniq amaliy vazifalarni yechish bilan bog‘lanmagan, ammo xuddi uning o‘zi 
innovatsion jarayonning poydevoridir. Shuning bilan birga nazariy tadqiqotlarning 
zarurligi amaliyotning ehtiyojlari va predmet haqidagi oldingi bilimlarning sintezi 
bilan asoslanishi mumkin. 
Fundamental tadqiqotlar, qoidaga ko‘ra, amaliy tadqiqotlarda ro‘yobga 
chiqadilar, ammo bu narsa darhol sodir bo‘lmaydi. Faqat ba’zi bir tadqiqotlar AT – 
I – L va h.k. ro‘yobga chiqadilar. Fundamental tadqiqotlar mavzularining taxminan 
90 % salbiy natijaga ega bo‘lishi mumkin. Ijobiy natijaga ega qolgan 10 % dan 
hammasi ham amaliyotda qo‘llanilmaydi. Axir fundamental tadqiqotning maqsadi – 
jarayon (masala nazariyasi)ni anglash va rivojlantirishdir. 
Amaliy tadqiqotlar (AT) butunlay boshqa maqsadga qaratilganliklarga egalar. 
Bu “bilimlarni moddiy holat” ga keltirish, ularni ishlab chiqarish jarayonida 
o‘zgartirish, yangi mahsulot, texnologik chizmalar va h.k. topshirishdir. 
Ishlamalar natijasida yangi mashinalar (uskunalar)ning konstruksiyasi 
yaratiladi va jarayon loyihalashtirish (L), ko‘rish, o‘zlashtirish (O‘) va sanoat ishlab 
chiqarishi (SICH) pallalariga o‘tadi. M va Sot pallalari to‘g‘ridan – to‘g‘ri 
innovatsion jarayon natijalarini tijoratli sotish bilan bog‘liqdir. 



Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin