Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati


Innovatsiya (innovatsion faoliyat)



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/43
tarix09.04.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#95284
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43
11-BOB. Korxonaning investitsion faoliyati

Innovatsiya (innovatsion faoliyat) pirovard natijasi mahsulot, xizmat, 
ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish shakli, texnologiyalarning yangi turlarini 
yaratish yoki mavjudlarini takomillashtirishdan iborat bo‘lgan faoliyat. 
Uinnovatsiyalarni yaratish, o‘zlashtirish va keng joriy etish jarayonlarini o‘z ichiga 
oladi.
Innovatsiya jarayoni ishlab chiqarish va mahsulot raqobatbardoshligini 
ta’minlash, bozorlarda o‘z mavqeiga ega bo‘lish va uni ushlab qolish, unumdorlikni, 
pirovardida ham korxona, ham yaxlit iqtisodiyot samaradorligini oshirishning asosiy 
va majburiy sharti hisoblanadi. 
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bugungi kunda ilmiy adabiyotlarda 
innovatsiyaning mazmuniga turlicha yondashuvlar mavjud.
“Hozirgi vaqtda ikki xil nuqtai-nazar keng tarqalgan: birinchisida joriy 
etiladigan yangilikka yangi mahsulot, texnika, texnologiya, uslub va hokazolar 
ko‘rinishidagi ijodiy jarayon natijasi sifatida qaralsa; ikkinchisida yangi unsurlar, 
ne’matlar, yondashuvlar, prinsiplarni harakatdagilari bilan birga joriy etilishi 
sifatida qaraladi. Jahon iqtisodiy adabiyotida “inovatsiya” salohiyati ilmiy-texnik 
taraqqiyotning yangi mahsulotlar va texnologiyalarda ifoda etiladigan real jarayonga 
aylanishi deb talqin etiladi. 
Bizning fikrimizcha, yuqorida tilga olingan barcha yondashuvlarda mazkur 
kategoriyaning bir tomonlama yoritilishi amalga oshirilgan. “Innovatsiya” 
“yangilikning joriy etilishi” bilan sinonim emas, balki yangi bilimlar, yondoshuvlar 
ko‘rinishidagi yangiliklarning joriy etilishi jarayoni bilan bog‘liq hodisadir. 
... Mazkur izohdan kelib chiqadiki, “innovatsiya faoliyati” – bu faoliyat turi 
ham, sohasi ham bo‘lmay, balki uning tavsifidir. Innovatsiya sohasi mavjud 
bo‘lmaydi, chunki har qanday faoliyat va har qanday soha, agar unga yuqori 
talabliligi bilan ajralib turuvchi natijaga (masalan, ijtimoiy, bozor, mudofaa kabi) 
erishishi uchun yangiliklar (masalan, bilimlar, texnologiyalar, qo‘llanmalar, 
yondoshuvlar kabilar) joriy etilsa, innovatsiyali bo‘lishi mumkin”.
Bundan ko‘rinadiki, innovatsiyani ijtimoiy hayotning har bir soha va 
yo‘nalishiga nisbatan tatbiq etish mumkin bo‘lib, bunda mazkur soha yoki yo‘nalish 
faoliyatining mazmuni sifat jihatidan o‘zgaradi va yangicha tavsif kasb etadi. 
Innovatsiya tushunchasi ijtimoiy hayotning turli sohalarida turlicha 
mazmunni ifodalaydi: 
1) iqtisodiy innovatsiyalar – texnika, texnologiya, mehnatni tashkil etish va 
boshqaruv sohalaridagi fan va ilg‘or tajriba yutuqlaridan foydalanishga asoslangan 
yangiliklar, shuningdek, bu yangiliklarning qo‘llanishi. 
2) kadrlarga oid innovatsiyalar – tashkilot xodimlari, uning ish faoliyati bilan 
bog‘liq bo‘lgan yangiliklar, kadrlarning tarkibiy tuzilmaning samarali amal qilishi 
vazifalarini hal qilish darajasi va qobiliyatini oshirishga yo‘naltirilgan kadrlarga oid 
yangiliklarni joriy etish bo‘yicha maqsadga muvofiq faoliyat. 
3) madaniy innovatsiyalar – madaniyatni muayyan tipining dinamik 
rivojlanishini, madaniyatning yangi shakllarining yaratilishini ta’minlovchi original 
madaniy mahsulotlarni shakllantirish mexanizmi. 


4) ijtimoiy innovatsiyalar–jamiyat taraqqiyotining oldingi bosqichlarida 
mavjud bo‘lmagan, tabiiy tarzda vujudga kelgan yoki boshqaruv subyektlari 
tashabbusi bo‘yicha joriy etilgan jamiyat ijtimoiy hayotidagi hodisalar.
Ilmiy adabiyot va manbalarda innovatsiyalarni turli belgilariga ko‘ra 
turkumlashga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, G.Xasanova innovatsiyalarning 
quyidagi tasnifini keltiradi (12.1-jadval). 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin