Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati


Tenderlar – bozorda yoki xalqaro bozorda mashina



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/43
tarix09.04.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#95284
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43
11-BOB. Korxonaning investitsion faoliyati

Tenderlar – bozorda yoki xalqaro bozorda mashina va uskunalarni xarid 
etish, qurilish-montaj ishlarini bajarish, injinering xizmati ko‘rsatish uchun konkurs 
asosida buyurtma berish. Xaridor yoki buyurtmachi eng avval konkurs e’lon qilib 
hammani o‘z shartlari bilan tanishtiradi. Shunga asosan konkursda ishtirok etuvchi 
firmalar, konsorsiumlar yoki korxonalar o‘z takliflarini – tenderlarini xaridor, 
buyurtmachiga yuboradi. Tenderni injinering firmalari hujjatlashtiradi. 


Fan-texnika taraqqiyotining muhim an’anaviy yo‘nalishlaridan biri ishlab 
chiqarishni elektrlashtirishdir. Elektrlashtirish deganda elektr energiyasini yetarli 
darajada ishlab chiqarish, uni kerakli joylarga uzatish va undan keng foydalanish 
jarayoni tushuniladi. Uning moddiy asosini “Elektroenergetika“ tarmog‘i tashkil 
etadi. U elektr energiyasi ishlab chiqaradigan jihozlarni (elektrostansiyalarni), 
iste’molchilarga uni yetkazib beruvchi jihozlarni (podstansiyalarni) va elektr 
uzatkichlarni o‘z ichiga oladi. 
Elektr energiyasi har turli stansiyalarda ishlab chiqariladi: 

suv bilan ishlaydigan elektr stansiyalar (GESlar); 

issiqlik elektrostansiyalari (GRESlar); 

atom elektrostansiyalari; 

quyosh elektrostansiyalari; 

shamol va boshqa elektrostansiyalar. 
Ekspertlarning dalolat berishlaricha, kelgusi yuz yillikning o‘rtalarida 
sayyoramizda energiya ishalb chiqarish hozirgi darajadan o‘n baravar ortadi. 
Bunday o‘sishni qayta tiklanmaydigan organik yoqilg‘i yordamida ta’minlash 
mumkin emas. Shu sababli energetika muammosi eng jiddiy jahonshumul 
muammolardan biriga aylanmoqda. 
Hozirgi vaqtda jahon energetikasi asosan organik yoqilg‘idan foydalanishga 
asoslanadi. Umuman energetika balansida neft va gazning ulushi taxminan 50 foizni, 
ko‘mir 35 foizni tashkil etadi va atigi 15 foizi atom elektrostansiyalari, 
gidroenergetika va boshqa manbalar ulushiga to‘g‘ri keladi. Biroq insonning 
energetika iste’moli shu qadar tez sur’atda o‘smoqdaki, organik yoqilg‘i kabi 
an’anaviy energetika resursalrining zahiralari navbatdagi yuz yillikdayoq yetarli 
bo‘lmay qoladi. Shu sababli insoniyat oldida yangi energiya manbalarini 
egallashdek dolzarb vazifa turibdi. Hozirgi paytda quyosh, atom (og‘ir 
elementlarning bo‘linishi) va yadro energetikasi (yengil yadrolarni termoyadroviy 
sintez qilish) ana shunday manbalar hisoblanadi. 
Yer sathiga yetib keladigan quyosh energiyasining umumiy miqdori insoniyat 
ehtiyojlarini qondirish uchun batamom yetarlidir. Buning yana bir afzalligi, ancha 
arzonga tushadi. 
Olimlarning hisoblariga qaraganda, XXI asrning o‘rtalariga borib, butun 
dunyoda jon boshiga elektr iste’mol qilish 3-4 baravar ortadi. Buni qanday 
ta’minlash mumkin? Organik yoqilg‘ini ishlab chiqarishni kamaytirish kerakmi yoki 
yo‘qmi? Albatta, bu savolga javob topish kerak bo‘ladi. Bu muammoni hal etish 
olimlar va mutaxassislar oldiga katta vazifalar qo‘yadi. 
Atom energetikasining afzalliklari va kasofati to‘g‘risida ikki og‘iz so‘z. 
AESlarning yemirilishi juda murakkab vaziyatni keltirib chiqaradi. Avariya paytida 
radioaktiv moddalar ajralib chiqa boshlashi katta hududning radioaktiv 
zararlanishiga olib kelishi mumkin. Shunday qilib AESlarni barpo etish xavfsizlik 
bilan bog‘liq bo‘lgan prinsipial yangi omilni keltirib chiqaradi. Bu omil naqadar 
jiddiy ekanligini esa Chernobil AESidagi avariya yaqqol ko‘rsatdi. 


Basharti, termoyader energetikasi mavjud bo‘lganda u barcha mezonlar 
bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallagan bo‘lur edi. Hali u yaratilgani yo‘q, shunchaki 
talab xolos. Murakkab texnikaviy va texnologik vazifalar hal etilishi lozim. 
O‘zbekistonda ishlab chiqarishni elektrlashtirish borasida juda katta ishlar 
amalga oshirilishi tufayli yildan yilga elektr energiyasi ishlab chiqarish 
ko‘paymoqda. Agar 2000 yilda 46 mlrd. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan 
bo‘lsa, 2001 yilda 48 mlrd. kVt/soatga yaqin elektr energiyasi ishlab chiqarildi. 
Respublikada olimlar va energetika sanoati mutaxassislari “O‘zbekiston 
elektroenergetikasining taraqqiyot konsepsiyasini“ ishlab chiqqan edilar. Bu 
konsepsiyaga binoan 2010 yilda 96 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab 
chiqarilgan. Bunday o‘sishning asosiy qismi issiqlik elektr energiyasi tayyorlash 
hisobiga bo‘ladi. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin