Xii-xiii asrlarda Germaniya, Italiya va Papalik, Shtaufenlar imperiyasi Reja


Papalik bilan kurashning yangidan boshlanib ketishi



Yüklə 54 Kb.
səhifə5/5
tarix23.07.2023
ölçüsü54 Kb.
#137198
1   2   3   4   5
Xii-xiii asrlarda Germaniya, Italiya va Papalik, Shtaufenlar imp

Papalik bilan kurashning yangidan boshlanib ketishi
XIII asrning 20 yillaridan ayniqsa papa Grigoriy IX davrida (1227-124l) imperator bilan papa o'rtasidagi munosabatlar ancha keskinlashdi. Papa imperatorlardan Salib yurishiga chiqishni talab qilgan edi. Fridrix II 1228 -1229 yillarda shunday yurishlarni (oltinchi Salib yurish) tashkil qilgan edi. Lekin Fredrix II Shtaufenning Turk-Misr sultonlari bilan yaxshi munosabatda bo'lishi papa kuriyasini ranjitib qo'ygan edi. XIII asrning 30 yillarining yarmidan e'tiboran imperatorning papalar va ayni zamonda Lambardiya shaharlari bilan o'n besh yillik shiddatli urush boshlandi.
1332 yilidayoq papa ishtirokida Lambardiya megasi yana ishga tushdi. 30 yillar o'rtasida Fredrix II Shtaufen Lambardiyaga hujum boshladi, Rimga kirdi, Genrix IX u yerdan qochib ketishga majbur bo'ldi.Bunga javoban Genrix IX Fredrix II Shtaufenni dinsizlikda ayblab barcha knyazlarga yangi imperator saylashni taklif etdi.
Papa Innokteniy IV (1243-1254) davrida bu kurash keskin tus oldi. Innokteniy IV Rimda istiqomat qilishdan xavfsirab, Genuyaga ko'chib ketdi. Papa Genuyadan turib fransuz va ingliz korollarini imperatorga qarshi kurashga davvat etdi. 1245 yilda Lionda cherkov yig'ilishida imperator "kofirlik” va "shakkoklikda" ayblandi. Ammo, fransuz va ingliz korollari bu janjallarga aralashishni istamadilar. Germaniyada Fredrix II Shtaufenning o'Genrix Sher'li Konrad IV german feodallarining bir qismini o'ziga og'dirishga erishdi. Ikki to'da ,ya'ni papa tarafdorlari bo'lgan gvelflar bilan imperator tarafdorlari bo'lgan gibellinlar o'rtasidagi shiddatli kurash Italiyaning ko'p shaharlarini qamrab oldi.
Shtaufenlar dinastiyasining tugashi. Germaniyada imperator hokimiyatining tushkunlikka ketishi
Fredrix II Shtaufen vafotidan keyin uning o'gli Konrad IV imperator qilib saylandi. Ammo oradan ko'p o'tmay 1254 yilda Konrad IV vafot etadi. German knyazlari uning go'dak o'gli Konradinni imperator qilib saylashga rozilik bermadilar. Konradin amakisi Fredrix II Shtaufenning ikkinchi o'gli Manfred huzuriga istib qoldi. Sitsilya korolligi Monfred qo'liga o'tgan edi. Biroq papalar Shtaufenlarning Janubiy Italiyaga ham hukumronlik qilishni istamadilar. Papalar Karya Anjuyskiy (fransuz koroli Lyudovik IX ning ukasi) boshliq fransuz feodallarini Italiyaga taklif qildilar.
1266 yili Benevent shahari yonida fransuzlar Manfred qo'shinlarini yengdilar. Bu jangda Manfred o'ldirildi. 1268 yili Konradin o'z tarafdorlari bilan fransuzlarni Janubiy Italiyadan siqib chiqarmoqchi bo'ldi, ammo udallay olmadi.Asir olingan Konradin Neapol shahrida boshi tanasidan judo qilindi (1268 y). Shunday qilib, Germaniyada Shtaufenlar dinastiyasi tugatildi.
1254-1273 yillar davomida Germaniyada butunlay imperator bo'lmadi. Feodallarning o'zaro urushlari mamlakat taraqqiyotiga kuchli zarba bo'lib tushdi, uni xarob qildi. Mamlakat uzoq yillar davomida tanazzulga yuz tutdi.



Aim.uz



Yüklə 54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin