Innokteniy III davrida papalik Papa Innokteniy III davrida (1198-1216) papa hokimiyati zo'r qudratga ega bo'ldi. Uning davrida "Yerdagi hokimiyat-hoqonlariga, samodagi hokimiyat-ruhoniylarga berilgan va tanalar ustidan korollar, jon ustidan ruhoniylar qo'shilgan", Oy quyoshdan yorug'lik oldanidek, imperatorlar ham o'z hokimiyatlari papadan oladilar degan teokratiya hukumronlik qilar edi.
Papa sudi katta tribunalga aylangan edi, hamma masalalarni ko'rib chiqish va hal etish huquqlari berilgan edi. Shu va boshqa yo'llar bilan papa xazinasi istagan korol xazinasidan boyroq edi. Ko'pgina korollar papaning vassali deb tan olgan edilar. Shular orasida Angliya, Aragaon, Portugalya, Balgariya, Shvesiya, Daniya, Polsha, Armaniston korollari bor edi.
Innokteniy III ixtiyorida monaxlarning urushqoq ordenlari bor edi, va 'oz xonlik ishlariga ixtisoslashgan orraniiskanlar va universitetlarga kirib, ularda inkvizatsiya ishlarini olib borgan dominikanlar ordenlarga endigina asos solinayotgan edi. Innokteniy davrida bunday invizatsiyalar Fransiyaning Janubida keng tarqalgan edi, keyinchalik Yevropaning boshqa mamlakatlariga ham tarqaldi.
Fredrix II Shtaufen Fredrix II Shtaufen ( 1212-1250) Shtaufenlar xonadoning ikkinchi eng ko'zga ko'ringan vakili edi. Yarim nemis, yarim italyan bo'lgan Fredrix II Shtaufen turli-tuman madaniy ta'sirlarga berilgan edi. Arab-Vizantiya ta'siri unda ayniqsa kuchli edi. U arab va yunon tillarini yaxshi bilar edi, saroyda arab-yaxudiy,Vizantiyalik olimlar doimo to'planishar edi. Uning pilermodagi saroyi Sharqona uslubda qurilgan bo'lib u shari musiqasi va raqslari, sharq adabiyoti va poezasiyasi, sharq arxitikturasini har taraflama rag'batlantirib turardi. Fredrix II sharq arab-turk hokimlari bilan do'stlik munosabatlarini yaxshi yo'lga qoydi.
Fredrix II Shtaufenning siyosati avvalo Sitsiliya korolligini markazlashgan byukrotik monarxiyaga aylantirishdan iborat edi. Bu sohada o'ziga qarshi chiqgan feodallar harakatini bostirdi. Uning harbiy qo'shinlari musulmonlardan tuzilgan yollanma atryadlar edi.
1231 yilda Fredrix II Shtaufen Sitsiliya korolligining konistitutsiyasini e'lon qildi. Bu konistitutsiyaga:
-Mahaliy feodallarning.huquqlari; -Janubiy Italiya shahsrlarining erkinligi yanada ko'proq qirildi.
Korollik bir nechta ma'muriy okruglarga bo'linib, uni gubernatorlar boshqarardi.
Yer solig'Innokteniy III va boshqa xil soliqlar ko'paytirildi. Fredrix II Germaniyadan uzoqda bo'lganligi sababli u German feodallarning ko]pchilik shartlariga ko'nishga majbur bo'lardi . Masalan: Germaniyadagi dunyoviy va ruhoniy knyazlarning ma'muriy sud bobidagi huquqlarini kengaytirish to'grisida Fredrix II Shtaufen rozilik berdi. Fredrix II shaharlarga nisbatdan feodal knyazlarni qo'llab quvvatladi. 1232 yilda xuddi shunday bo'ldi.
Italiyada Fredrix II Shtaufen Lambardiya shaharlariga qarshi dushmanlik harakatlarini boshlab yubordi, ammo Lambardiyalilar bu safar ham papalik bilan birlashdilar. Fredrix II zamonida imperatorlik bilan papalik o'rtasidagi kurash nihoyatda qattiq bo'ldi.