Xirurgik kasalliklar


Aortokoronar shuntlash amaliyoti texnikasi



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   363
Klinikasi  va  diagnostikasi.  Ilmiy  adabiyotlarining  guvohlik  berishicha 

kasb-kor  nuqtai  nazaridan  diffuz  toksik  buqoq  bilan  ko’proq  aqliy  mehnat 

xodimlari kasallanadilar. Qishloq joylarda yashovchi aholi tireotoksikoz bilan 3-

5  marta  kamroq  kasallanadi.  Aftidan,  bunda  birmuncha  tinch  va  qulay  bo’lgan 

atrof  muhitning  (tabiiy  omillar,  ochiq  havoda  ishlash)  ahamiyati  katta  bo’lsa 

kerak. 


Tireotoksikozga xos belgilar toksik buqoqning nafaqat diffuz giperplaziyasi 

bor  turida,  balki  tugunli  (yoki  ko’p  tugunli),  aralash    kabi  patologik  turlarida 

xam uchraydi. 

Tireotoksikozning  rivojlanish  darajasi  hamisha  ham  qalqonsimon  bezning 

kattalashuv  darajasiga  bog’liq  bo’lavermaydi:  ba’zan  bez  o’lchamlari  kichik 

bo’lsa  ham  tireotoksikozning  rivojlanish  darajasi  yuqori,  yoki  aksincha,  bez 

o’lchamlari  katta  bo’lgani  bilan  tireotoksikoz  deyarli  rivojlanmasligi  mumkin. 

Demak,  buqoq  kasalligida  qalqonsimon  bez  hajmining  katta-kichikligi  klinik 

belgilarining  og’ir-engilligiga  hamisha  ham  muvofiq  kelavermaydi.  Kezi 

kelganda  shuni  aytish  kerakki,  tireotoksikozning  rivojlanish  darajasining 

yuqoriligi,  ko’pincha  sporadik  buqoqda  yaqqolroq  namoyon  bo’ladi.  Endemik 

buqoqda  esa,  ko’pincha  qalqonsimon  bez  hajmining    kattalashgan  (yoki  juda 

katta)  bo’lganligiga  qaramay,  tireotoksikoz  darajasi  pastligi  yoki  umuman 

aniqlanmasligi mumkin. Shu sababdan, agar sporadik buqoqda operatsiya uchun 

ko’rsatma  tireotoksikozning  kuchli  darajada  rivojlanishi  oqibatida  qo’yilsa, 

buning  aksi,    endemik  buqoqda  operatsiya  uchun  ko’rsatma  ko’pincha  bez 

hajmining  o’ta  kattalashgani  sababli,  yaqin  atrofida  joylashgan  a’zolarni 

(qizilo’ngach,  traxeya  va  b.)  siqilishi  yoki  surib  qo’yilishi  sababli  ular 

faoliyatining buzilishi, yoinki kosmetik nuqtai nazardan qo’yiladi. 

Tireotoksikozning asosiy simptomlari nerv va yurak-qon tomirlar sistemasi 

tomonidan  bo’ladigan  o’zgarishlar  hisoblanadi.  Asab  va  nerv  sistemasi 

tomonidan 

bo’ladigan 

o’zgarishlar: 

asabiylashish 

(ortiqcha 

ruhiy 



 

18 


qo’zg’aluvchanlik),  bezovtalik,  kayfiyatning  damba-dam  o’zgarib  turishi, 

badjahllik  va  yig’loqilik  kabi  belgilarda  yaqqol  namoyon  bo’ladi.  Bunga 

qo’shimcha,  simpatik  nerv  sistemasi  aktivligining  keskin  ortishi:  ko’p  terlash, 

tananing  barcha  sohalari,  ayniqsa  qo’l  barmoqlari  tremori  (qaltirashi)  (Mari 

simptomi)  bilan  o’tadi.  Yuz ko’pincha qizarib ketadi, bo’yin va ko’krak  sohasi 

tarqaluvchan  qizil  dog’lar  bilan  qoplanadi.  Tana  harorati  o’zgarmaydi.  Pay 

reflekslari saqlangan holda yoki giperkinez kuzatiladi. Bemor sochlari to’kiladi, 

ularning  ranggi  o’zgaradi,  tirnoqlar  mo’rtlashib,  sinishi  kuzatiladi.  Bezovtalik, 

qo’rquv, irodasizlik, jonsaraklik, parishonxotirlik va ko’zning chaqchayishi qayd 

etiladi. 

Ko’pchilik  bemorlarda  yurak-qon  tomir  sistemasi  tomonidan  buzilishlar: 

taxikardiya (yurak urishining tezlashishi), aritmiya, yurak sohasida og’riq xuruji, 

nafas  qisishi,  organizmda  qon  aylanishi  etishmovchiligi  erta  muddatlarda 

birinchi o’ringa chiqadi. 

1-toifadagi bemorlarda vrachlar tireotoksikozning nerv-ruhiy shakli haqida 

fikr  yuritsalar,  2-toifadagi  bemorlarni  tireotoksikozning  yurak  qon  tomirlarida 

ko’proq o’zgarishi bor bemorlar turiga kiritadilar. 

Tireotoksikozning  erta  belgilariga  sababsiz  umumiy  holsizlikni  kiritadilar. 

Tireotoksik miopatiyaning bu belgilari metabolizm yoki modda almashinuvining 

buzilishlariga  uzviy  bog’liq  bo’lib,  bemorlar  ko’pincha  me’da-ichak  sistemasi 

faoliyatidagi  quyidagi  aniq  yuzaga  chiqqan  belgilarni  qayd  etadilar:  qorinda 

og’riq xurujlari, qayt qilish, ich ketishga moyillik, ichning buzilib turishi. 

Erkaklarda jinsiy faoliyat birmuncha sustlashadi, ayollarda esa hayz ko’rish 

davri  (tsikli)  buziladi  (hatto  amenoreyagacha),  tuxumdonlar,  bachadon 

gipoplaziyasi,  ko’krak  bezlari  atrofiyasi  yuz  berishi  mumkin.  Bu  o’zgarishlar 

ko’pincha bepushtlikka sabab bo’ladi. 

Tireotoksikozda  modda  almashinuv  jarayonlarining  kuchayishi  oqsillar  va 

yog’larning  ortiqcha  parchalanishiga  olib  keladi,  natijada  bemorning 

odatdagidan  ko’p  ovqat  iste’mol  qilishiga  qaramay,  vaznining  kamayishi 

kuzatiladi.  Organizmda  suv  va  elektrolitlar  almashinuvining  buzilishi  (diurez 




 

19 


ortishi,  tashnalik,  kuchli  terlash),  me’da  osti  bezi  faoliyatining  buzilishiga 

(yashirin qandli diabet) olib keladi. 

Kasallik  rivojlanishi  jarayonida  bemorlarning  ko’pchiligida  birin-ketin 

“ko’z  simptomlari”  yuzaga  keladi.  Ko’zning  ”kattalashuvi”  yoki  chaqchayishi 

(ekzoftalm) – retrobulbar kletchatkaning shishishi, o’sib qalinlashuvi yoki fibroz 

to’qima  bilan  qoplanishi,  modda  almashinuvining  buzilishi  bilan  uzviy  bog’liq 

bo’ladi. Ekzoftalm kasallikning barvaqt yuzaga keladigan, asosiy alomatlaridan 

biri hisoblanadi. 

Delrimpel  simptomi  –  qovoqlarning  katta  ochilishi  va  ko’z  yorig’ining 

kengayishi – lagoftalm deb atalib, buning natijasida rangdor parda bilan yuqori 

qovoq o’rtasida yo’l-yo’l chiziq paydo bo’ladi. 

Shtelvag simptomi – ko’zning ahyon-ahyonda pirillashi (ochilib-yumilishi), 

ko’zga  alohida  harakatsiz  ifoda  beradi  –  “bir  nuqtaga  qadalgan  nigoh”  va 

ko’zning shoxsimon pardasi sezuvchanligining pasayishi kuzatiladi. 

Grefe  simptomi  –  bemor  pastga  qaraganda  yuqori  qovoqning  qorachiq 

chetidan  orqada  qolishi.  Bunda  yuqori  qovoq  bilan  rangdor  parda  o’rtasida 

skleraning oq yo’l-yo’l chizig’i qoladi. 

Koxer  simptomi  –  Grefe  simptomiga  qarama-qarshi  belgi  bo’lib,  yuqoriga 

qaralganda skleraning xuddi o’sha qismi qovoqning noto’g’ri, tez-tez, qisqarishi 

– “qovoq qisqarishi” natijasida oq yo’l-yo’l chiziq ko’rinishida yuzaga chiqadi. 

Mebius  simptomi  –  ya’ni  yaqin  masofadan  qaray  olish  qobiliyatining 

yo’qotilishidir (konvergentsiyaning buzilishi).  

Melixov simptomi – “kahr-g’azab bilan qarash”. 

Ellinek simptomi – yuqori qovoq terisining qorayishi. 

Rozenbax simptomi – qovoqlarning yumilganda titrashi.  

Zenger  simptomi  –  qovoqlarning  shishib  chiqishi  va  xaltasimon  osilib 

qolishi. 

Dalmedi  simptomi  –  “qotib  qolgan  yuz”  (amimiya).  Yuz  mushaklari 

tonusining  ortishi  natijasida  mimik  harakatlar  tormozlanib,  ayni  vaqtda  boshqa 

harakatlar saqlanib qolgan bo’ladi. 




 

20 


Tireotoksikozda  yuzaga  keluvchi  ekzoftalmni  xavfli  ekzoftalmdan  tafovut 

qilish  lozim,  buni  oraliq  miya  zararlanishi  va  gipofiz  oldingi  bo’lagi  tireoid 

gormonining  ko’p  ishlab  chiqarilishi  bilan  bog’laydilar.  Xavfli  ekzoftalm  esa 

asosan o’rta yoshdagi kishilarda kuzatiladi. U bir yoki ikki tomonlama bo’lishi 

mumkin.  Ko’z  olmasi  shu  darajada  chaqchayib  qoladiki,  u  ko’z  kosasidan 

bo’rtib  chiqadi.  Bemorlarni  orbita  (ko’z  kosasi)  sohasidagi  kuchli  og’riq, 

diplopiya  va  ko’z  harakatlarining  cheklanishi  bezovta  qiladi.  Konyunktivit, 

keratit  borligi,  shoh  pardada  yara  hosil  bo’lishiga  va  parchalanishga  moyillik 

keltiradi.  Orbita  ichidagi  bosimning  o’zgarishi,  ko’ruv  nervining  to’liq 

atrofiyasigacha olib keladi. 

Maxsus  tekshiruvlar  natijalari  tireotoksikozning  og’ir  turlarida  asosiy 

modda  almashinuvining  60-70%  gacha  ortishi,  ba’zi  hollarda  bundan  ham 

yuqori bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi. Qalqonsimon bezning yodni singdirishi 

tekshirishning  dastlabki  soatlarida  normaga  nisbatan  keskin  ko’tariladi. 

Bemorlar  qonida  T

3

  va  T



4

  hamda  TTG  miqdori  ortadi.  Biokimyoviy  tahlillar 

jigar  va  buyrak  faoliyatini,  uglevod,  yog’,  oqsil  va  modda  almashinuvining 

boshqa  turlari  buzilganligini  ko’rsatadi.  Qonda  eritrotsitlar  cho’kish  tezligining 

(EChT)  ortishi,  leykopeniya,  limfotsitoz,  gemoglobin  va  eritrotsitlar 

miqdorining pasayishi aniqlanadi. 

Stsintigrafiya – izotop to’planishining qanday taqsimlanishini ko’rsatadi va 

diffuz  tireotoksik  buqoq  bilan  tugunli  tireotoksik  buqoq  (toksik  adenoma) 

orasida  differentsial  diagnoz  o’tkazishga  imkon  beradi,  bunda  izotopning 

ma’lum bir joyda to’planishi – “issiq tugun” aniqlanadi. 

Tireotoksik  buqoq  klassifikatsiyasida  shakli  va  kattalashuv  darajasi 

bo’yicha  yuqorida keltirilgan turlash batamom  mos  keladi,  ammo  tireotoksikoz 

belgilarining  yuzaga  chiqqanligi  yoki  avj  olganligi  bo’yicha  quyidagi  3  toifaga 

bo’linadi: 

- engil turi, 

- o’rtacha og’irlikdagi, 

- og’ir turi. 



 

21 


Tireotoksikozning engil turida nevrologik belgilar unchalik ifodalanmagan 

(arzimagan  narsadan  xafa  bo’lish,  injiqlik,  yig’loqilik,  tez  charchash)  bo’lib, 

qalqonsimon  bez  kattalashgan,  bemorning  tomir  urishi  birmuncha  tezlashgan  – 

taxikardiya (1 daqiqada 80-100 zarba), qo’l va barmoqlarda kuchsiz ifodalangan 

tremor  bo’ladi.  Bemor  vazni  10%  gacha  kamayishi  mumkin.  Odatda,  kunning 

ikkinchi  yarmida  bemorda  mehnat  qilish  qobiliyatining  pasayishi  kuzatiladi. 

Asosiy modda almashinuv 30% dan oshmaydi. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin