Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə303/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   363
Klinikasi. Kasallik aksariyat to’sh osti sohasida va chap qovurg’alar ostida 

og’irlik  sezgisi  va  biroz  og’riq,  kekirish,  qorinning  o’rta  darajada  dam  bo’lishi 




 

487 


ko’rinishidagi  dispeptik  buzilishlar  bilan  xarakterlanadigan  qisqa  prodromal 

davrdan (60-70%) keyin boshlanadi.  

Og’riq o’tkir pankreatitning asosiy va doimiy simptom hisoblanadi. Og’riq 

to’satdan  paydo  bo’ladi.  O’z  xarakteriga  ko’ra  og’riq  juda  kuchli,  simillagan, 

doimiy,  kamroq  vaqt  mobaynida  tutadi.  Og’riq  shu  qadar  kuchli  bo’ladiki, 

bemorlar  ba’zan  hushdan  ketadi.  Og’riq  o’ng  va  chap  qovurg’alar  ostida 

joylashishi  mumkin,  ko’pincha  esa  belbog’simon  bo’lishi  kuzatiladi  va  elkalar 

ustiga, to’sh suyagi orqasiga o’tadi, buni yanglishib ba’zan miokard infarkti deb 

hisoblaydilar.  85%  hollarda  bemor  qayt  qiladi  (og’ir  hollarda  qusuq  tarkibiga 

qon  aralashgan  bo’ladi).  Bemor  qorni  tobora  shishib  boradi,  ich  kelmasligi 

hamda el chiqmasligi (qabziyat) kuzatiladi. 

Bemor  tanasining  vaziyati  –  ko’pincha  majburiy  holatda,  bemorlarning 

ko’pchiligi  yarim  egilgan  holatda  bo’ladilar.  Xastalikning  boshlanishida, 

bemorning  tana  harorati  normal  yoki  subnormal  bo’ladi.  Tananing  yuqori 

harorati va isitma rivojlanib borayotgan yallig’lanish asoratlari uchun xos. 

Teri  va  shilliq  pardalarning  ranggi  oqargan,  tsianotik  tusda  bo’lib,  og’ir 

intoksikatsiya  jarayonidan  dalolat  beradi.  Aksariyat  hollarda  sariqlik  kuzatilib, 

o’tning  normal  oqishining  buzilishi  va  jigardagi  og’ir  toksik  holatdan  dalolat 

beradi. 

Bemorning  tili  quruq,  kulrang  qarash  bilan  qoplangan.  Qorin  bir  tekis 

ko’tarilgan,  mushak  himoyasi  kuchsiz,  qorinning  yon  bo’limlarida  va  kindik 

atorofida tsianoz – Grey-Tyorner simptomi va Kullen simptomi qayd qilinadi. 

O’tkir pankreatit uchun epigastral sohada va chap qovurg’alar ostida og’riq 

bo’lishi  ob’ektiv  simptom  hisoblanadi,  u  ko’pincha  oldingi  qorin  devori 

mushaklarining  taranglashmasligi  bilan  o’tadi.  Voskresenskiy  simptomi 

(epigastral  sohada  qorin  aortasi  pulsatsiyasining  yo’qolishi)  bemorlarning 

uchdan  bir  qismida,  Meyo-Robson  simptomi  (chap  qovurg’a-umurtqa 

bo’rchagida  og’riq)  esa,  ularning  yarmidan  ko’prog’ida  aniqlanadi.  Shyotkin-

Blyumberg  simptomi  ko’pincha  kuchsiz  musbat,  ichak  peristaltikasi 



 

488 


shovqinlarining  susayishi  kuzatiladi.  Perkussiyada  qorin  bo’shlig’ida  ozod 

suyuqlik aniqlanishi ehtimoli bor. 

Kasallik  boshlanishida  bradikardiya  bo’lib,  tez  orada  taxikardiya  bilan 

almashinadi.  Kasallikning  og’ir  formalari  uchun  tez  pulsning  ipsimon 

xususiyatga  ega  bo’lishi  xos  bo’ladi.  Arterial  qon  bosimini  ko’pchilik 

bemorlarda pasaygani kuzatiladi.  

Parenximatoz  a’zolarda  distrofik  o’zgarishlar  rivojlanadi,  ularning 

funktsional  holati  buziladi.  Bu  o’zgarishlarni  asosan  giperenzimemiya, 

mikrotsirkulyator  buzilishlar  va  intoksikatsiya  tashkil  etadi.  Buyrak  faoliyatida 

ayniqsa  qattiq  buzilishlar  kuzatiladi.  Bemorlarning  10-20%  da  diurezning 

oliguriyadan anuriyagacha o’zgarishi, o’tkir buyrak etishmovchiligi rivojlanishi 

bilan namoyon bo’ladi. 

Laboratoriya  tekshiruvlarida  o’tkir  pankreatitda  proteolitik  fermentlar 

ko’rsatkichining  oshishi  (amilaza,  tripsin,  lipaza,  transaminaza)  xarakterli 

hisoblanadi.  Qonda  va  siydikda  diastazaning  miqdori  hamisha  ham 

oshavermaydi. Amilaza miqdorining birdaniga oshishi (512-1024 TB dan ortiq) 

o’tkir  pankreatitdan  dalolat  beradi,  biroq  amilaza  darajasining  normalligi  bu 

kasallikni  istisno  qilmaydi.  Bez  katta  o’zgarishlarga  uchraganda  qonda  va 

siydikda  diastaza  miqdori  sezilarli  o’zgarmaydi,  ba’zan  pasayadi.  Tripsinning 

miqdori  ancha  oshishi  ham  o’tkir  pankreatit  uchun  patognomonik  belgidir. 

Chunki,  bu  kasallikda  tripsin  va  uning  ingibitorlari  miqdori  juda  erta  oshadi, 

lipaza  kontsentratsiyasining  oshishi  birmuncha  kech  muddatlarda  (kasallik 

boshlanishining 3-4-sutkalarida) sodir bo’ladi. 

Giperglikemiya  va  glyukozuriya  patologik  jarayonga  bezning  orolsimon 

apparatining  tortilishi  to’g’risida  dalolat  beradi.  Gipokaltsiemiya  o’tkir 

pankreatitning destruktiv formalari uchun patognomonik holat bo’ladi. U odatda 

kasallikning  4  va  10-kunlari  orasida,  ya’ni  yog’  nekrozlari  eng  rivojlangan 

davrda  paydo  bo’ladi.  Kaltsiyning  4  mekv/l  dan  pasayib  ketishi  prognoz 

jihatidan yomon belgi hisoblanadi. 



 

489 


Siydikda,  me’da  osti  bezi  fermentlari  miqdori  oshishidan  tashqari,  oqsil, 

eritrotsitlar,  tsilindrlar  paydo  bo’ladi.  Og’ir  hollarda  buyrakning  toksik-

infektsion  zararlanishi o’tkir buyrak  etishmovchiligiga  olib  keladi,  bu  oliguriya 

yoki anuriya, qonda azotli shlaklar yig’ilishi yuzaga chiqadi. 

Me’da  osti  bezi  to’qimasi  fermentlarini  tekshirish  muayyan  diagnostik 

ahamiyatga  ega.  Elastaza

 

fermenti  aktivligi  odatda  Keller  va  Mandl  bo’yicha 



(1971),  transaminaza  aktivligi  esa  Bregmayer  bo’yicha  (1970)  aniqlanadi. 

Kasallikning  xamma  formalarida  bu  fermentlarning  aktivlik  darajasi  nisbatan 

yuqori  bo’lishi  aniqlangan.  Sog’lom  odamlar  qonida  elastaza  va  transaminaza 

aktivligi  aniqlanmaydi.  O’tkir  pankreatitli  bemorlarda  qonda  elastaza  aktivligi 

minutiga  4,3  dan  5  l  mkmol/min  atrofida  bo’ladi.  Transaminaza  aktivligi  2,29 

dan 4,29 mkmol/min gacha o’zgarib turadi. 

Qon  zardobida  to’qima  fermentlaringing  paydo  bo’lishi  me’da  osti  bezi 

xujayralari  destruktsiyasidan  dalolat  beradi  va  bir  nomdagi  patobiokimyoviy 

sindrom tushunchasini tashkil qiladi. 

O’tkir pankreatitning asosiy asoratlari: erta asoratlari – shok va o’tkir yurak 

etishmovchiligi,  peritonit;  bir  muncha  kechki  asoratlari  –  me’da  osti  bezi 

abstsessi,  qorin  pardasi  orqasidagi  kletchatka  flegmonasi,  diafragma  osti, 

ichaklararo,  charvi  xaltasi,  arroziv  qon  ketishlar,  nekrozga  uchragan  to’qima 

ko’chishi,  o’tkir  buyrak  etishmovchiligi.  Keyinchalik  esa,  me’da  osti  bezining 

soxta kistalari va oqmalari, ichak oqmalari, qandli diabet kabilar paydo bo’lishi 

ehtimoli bo’ladi. 




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin