Xirurgik kasalliklar


Limfogranulematoz  (Xojkin  kasalligi)



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə332/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   363
Limfogranulematoz  (Xojkin  kasalligi).  Bu  limfoid  to’qimaning  sistem 

o’sma kasalligi. Morfologik jihatidan limfatik tugunlar to’qimasini ko’p yadroli 

gigant Berezovskiy-Shternberg xujayralari va ularning ajdodi bir yadroli Xojkin 

xujayralaridan  infiltratlanishi  aniqlanadi.  O’sma  jarayoni  ko’proq  limfatik 

tugunlarni (bo’yin, qorin pardasi orti, mediastenal, chov sohasidagi), shuningdek 

lifoid to’qimaga boy a’zolar: taloq, jigar, suyak ko’migini zararlantiradi. Boshqa 

ichki  a’zolarning  zararlanishi  juda  kamdan  kam  kuzatiladi.  Aksariyat  20-40 

yoshdagi erkaklar kasallanadilar. Kasallik remissiyalar va qo’zish davrlari bilan 

tsiklli kechadi va o’rta hisobda 2-5 yil davom etadi. Kasalikning 10 yil bundan 

uzoq vaqt kechadigan «xavfsiz» nomini olgan turlari to’g’risida ham axborotlar 

mavjud. Limfogranulematozning g’oyat jadal sur’atda kechishiga oid kuzatuvlar 

ham  bor.  Bu  holda  kasallikning  birinchi  yilidayoq  (o’tkir  limfogranulematoz) 

bemor nobud bo’ladi. Kasallik rivojlana borish jarayonida lokal, chegaralangan 

xarakterga  ega  bo’ladi,  limfatik  tugunlarning  muayyan  guruhi  zararlanadi.  Bir 

muncha  kechikkan  bosqichlarida  o’sma  jarayoniga,  turli  a’zolarda  joylashgan 

limfatik tugunlar, taloq, o’pka, jigar va boshqalar tortiladi.  

Xalqaro  klinik  klassifikatsiyasiga  ko’ra  limfogranulematozning  4  bosqichi 

farq qilinadi. 

1-bosqich (lokal turlar) – diafragmaning bir tomoni bo’ylab joylashgan bir 

yoki ikkita yondosh limfatik tugunlar guruhlarining zararlanishi. 

2-bosqich (regionar turlar) – diafragmaning bir tomoni bo’ylab joylashgan 

ikkita  yoki  undan  ko’p  yondosh  bo’lmagan  limfatik  tugunlar  guruhlarining 

zararlanishi; 

3-bosqich  (avj  olib  ketgan  turlari)  –  diafragmaning  ikki  tomoni  bo’ylab 

limfatik tugunlarining zararlanishi va jarayonga taloqning tortilishi; 



 

532 


4-bosqich  (disseminatsiyalangan  turi)  –  ko’pgina  limfatik  tugunlar 

guruhlari va ichki a’zolarining zaralanishi. 

Kasallikning  har  bosqichida  intokiskatsiyaning  yo’qligi  (a)  yoki  bir  necha 

simptomlar  borligiga  ko’ra  (b),  kichik  bosqichlari  (tana  haroratining  37-38º 

gacha  oshishi,  tungi  kuchli  terlashlar,  terdagi  qichima,  tez  ozib  ketish)  farq 

qilinadi. 

Limfogranulematoz  o’z  rivojlanishida  umumiy  behollik,  lohaslik,  mehnat 

qobiliyatining  pasayishi,  teri  qichishi  bilan  namoyon  bo’ladi.  Isitma  kuzatilib, 

o’ziga xos to’lqinsimon tabiatga ega bo’ladi, bunda yuqori gipertermiya davrlari 

tana  haroratining  normal  bo’lishi  bilan  almashinadi.  Kasallik  avj  olib  borgan 

sayin gipertermiya davrlari tobora ko’proq paydo bo’ladi. Limfogranulematozga 

g’oyat  xos  belgi  –  limfatik  tugunlarning  o’lchamlarini  kattalashuvidir.  Bunda 

kasallikning boshlang’ich jarayonida bo’yin limfatik tugunlarini egallaydi (orqa 

guruhini).  Paypaslaganda  limfatik  tugunlar  yumshoq,  zlastik  konsistentsiyada, 

og’rimaydi, harakatchan bo’ladi. Kasallikning kechikkan bosqichlarida limfatik 

tugunlar kattiqlashib qoladi, o’zaro qo’shilib ketadi va harakatsiz bo’lib qoladi. 

Limfatik  tugunlarning  mediastenal  guruhi  zararlanganda  ko’ks  oralig’idagi 

hayotiy muhim a’zolarning ezilishi bilan o’tadigan yuqori kovak vena sindromi, 

Gorner  sindromi,  tovushning  bo’g’ilib  qolishiga  bog’liq  bo’lgan  bir  kator 

belgilarni topish mumkin. Abdominal va qorin pardasi ortidagi limfatik tugunlar 

guruhlari  zararlanganda  uzoq  vaqtga  cho’ziladigan  ich  ketish  boshlanadi. 

Kasallik  cho’zilgan  sayin,  intoksikatsiya  belgilari,  kaxeksiya  ortib  boradi. 

Ob’ektiv  tekshirilganda  bemorlarning  taxminan  2/3  qismida  splenomegaliyani 

topish  mumkin.  Taloq  qattiq,  elastik  konsitentsiyali,  uning  yuzasi  silliq, 

paypaslaganda  o’rtacha  og’riq  paydo  bo’ladi.  Anchagina  kattalashgan  taloq 

ba’zan  chap  qovurg’alar  orqasida  o’z-o’zidan  og’riq  sezgilarini  paydo  qiladi. 

O’sma jarayoni faqat taloqni tanlab zararlantirishi mumkin, bu holda kasallik bir 

muncha  xavfsiz  kechadi.  Taloq  ancha  kattalashganda  perisplenit,  taloqning 

qaytalanuvchi  infarktlari  rivojlanadi.  Klinik  jihatdan  chap  qovurg’alar  ostida 

kuchli  og’riqlar,  gipertermiya  ko’rinishida  yuzaga  chiqadi.  Qon  tahlilida 




 

533 


o’rtacha  gipoxrom  anemiya,  neytrofilez,  limfopeniya,  biroz  eozinofiliya, 

trombotsitopeniya  aniqlanadi.  EChT  odatda  bir  muncha  tezlashgan  bo’ladi. 

Limfogranulematozning 

mediastenal 

turida 

ko’ks 


oralig’i 

soyasining 

kengayganligi  aniqlanadi.  So’nggi  yillarda  limfogranulematozli  bemorlarni 

klinik tekshirish dasturiga ichak tutqichi, paraaortal limfatik tugunlar biopsiyasi 

bilan  diagnostik  laparotomiya,  splenektomiya  operatsiyasi  kiritilgan.  Bu  o’sma 

jarayonining tarqalganligini aniqlash imkonini berib, dorilar bilan davolashning 

eng  maqul  usulini  tanlashga  va  kasallikning  kechishi  va  prognozida  yordam 

beradi.  Splenektomiya  limfogranulematozning  lokal  turida  ifodalangan 

gipersplenizmda,  ko’krak  hamda  qorin  bo’shliqlari  a’zolarining  ezilishi  bilan 

bog’liq splenomegaliyada tavsiya etiladi. Kasallik bosqichi aniqlangandan so’ng 

zararlangan  limfatik  tugunlar  guruhi  rentgen  nuri  bilan  davolanadi  va 

tsitostatiklar qo’llaniladi. 

Prognozi  (oqibati).  Jarayonning  klinik  bosqichiga  va  uning  kechish  turiga 

bog’liq. Kasallikning 1-3 bosqichlaridagi 80% bemorlarda to’g’ri davolash olib 

borilganda  sog’ayishga  yoki  uzoq  muddatli  (10  yildan  ko’p)  remissiyalarga 

erishish mumkin bo’ladi.  




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin