Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   363
Davolash.  OSKInii  davolanishi  murakkab  masalalardan  bo’lib,  uni  hal 

qilish  nafaqat  oyoqni  saqlab  qolinishi  balki  hayot  tarzini  yaxshilanishga  va 

hayotni uzaytirishga imkon beradi. 

Oyoqlar  kritik  ishemiyasini  tashxislash  va  davolash  buyicha  Rossiya 

konsensusida  (2002  y.)  bemorlarning  xozirgi  kunda  asosiy  davolash  printsipi 

bo’lib  kompleksli  va  individual  yondashuv  hisoblanadi,  bunga  –  operatsiyadan 

oldingi  intensiv  konservativ  davo,  operativ  davo  (bevosita  yoki  bilvosita 

revaskulyarizatsiya, 

nostandart 

va 


palliativ 

amaliyotlar, 

amputatsiya), 

amaliyotdan  keyingi  davrning  adekvat  olib  borilishi,  operatsiya  yoki 

amputatsiya  o’tkazgan  bemorlarning  reabilitatsiyasi  va  bemor  hayotining 

oxirgacha dispanserli kuzatuv kiradi.  

Konservativ  davo  OSKIni  kompleksli  davosining  ayrilmas  qismi  bo’lib, 

amaliyotdan  oldingi  tayyorgarlik,  jarrohlik  amaliyotini  bajarish  va  amaliyotdan 

keyingi asoratlarni kamaytirish uchun zarur. 

Konservativ  davoning  hozirga  paytgacha  ishlatib  kelingan  spazmolitik 

terapiya  patogenetik  asoslanmagan  va  hozirga  vaqtda  kam  ishlatilmoqda. 

Asosan qon reologiyasini va mikrotsirkulyatsiyasini yaxshilaydigan, qonni ivish 

tizimi  faolligini  pasaytiradigan,  fibrinolizni  kuchaytiradigan  dori  vositalariga 

etibor berilmoqda. 

Bugungi kunda pentoksifillinni cho’zdirilgan shakli, ya’ni Vazonit – retard 

600 ishlab chiqilgan. Bu dori OASOK bilan og’rigan bemorlarda effektiv davo 

hisoblanadi. Uning noxush ta’siri 2% holatlarda uchraydi va dorini to’xtatishga 

sabab  bo’lmaydi.  Tiklid  esa  trombotsitlarni  spontan  va  ADF-indutsirlangan 




 

201 


agregatsiyasini  kamaytiradi,  dezagregatsiyani  yaxshilaydi,  bu  hol  esa  periferik 

arteriyalar aterosklerozi bo’lgan bemorlarda trombogen xavfni kamaytiradi.  

Antitrombotsitar  davo  –  OASOK  va  boshqa  genezli  bemorlar  kompleks 

davosida 

asosiy 

yo’nalishdan 

biridir. 

Klopidogrel 

(plaviks) 

yuqori 


antitrombotsitar  ta’sirili  dori-vositasi  va  trombotsitlar  agregatsiyasi  maxsus  va 

kuchli  ta’sir  etuvchi  ingibitori  bo’lib  hisoblanadi.  Har  xil  genezli  tomir 

patologiyalarida  (nevrologik,  psixiatrik,  oftalmologik)  ishlatiladigan  dori-

vositalaridan  biri  bo’lib  tanakan  hisoblanadi.  1984  yilda  tanakanning 

antifibrinogenni faollashtiruvchi ta’siri aniqlangan. Undan tashkari, tanakanning 

trombotsitlar 

va 

eritrotsitlar 



giperagregatsiyasiga 

tormozlovchi 

ta’siri 

aniqlangan,  bu  esa  qonni  reologik  holatini  yaxshilaydi,  trombni  hosil 

bo’shlishiga  va  silliq  mushaklar  tonusini  kuchaytiradigan  mediatorlarni  ishlab 

chiqarishiga  yo’l  qo’ymaydi.  Tanakan  ambulator  va  statsionar  davolashda  har 

xil  darajali  OASOK  bemorlarida  ayrim  Rossiya  mutaxasisslari  tomonidan 

tavsiya  etiladi  (V.M.  Koshkin,  1998;  A.V.  Pokrovskiy  s  soavt.,  1997;  V.A. 

Yanushko s soavt., 1999). 

OSKI  kelib  chiqish  patogenezidan  ma’lumki,  endoteliyni  funktsional 

faolligi  pasayadi  (avvalo  antitrombotsitar)  va  prostoglandinlarni  ishlab  chiqishi 

kamayadi.  Bu  holat  prostoglandinlar  guruhiga  kiruvchi  dori  vositalarini  ishlab 

chiqarishiga  turtki  bo’ldi.  1960  yili  Burgstorm  va  Sjoivall  birinchi  bo’lib 

prostoglandin  E

1

  ni  (PGE



1

)  ajratib  olishdi,  keyinchalik  uning  tuzilishini 

aniqlashdi  va  birinchi  bo’lib  uning  trombotsitlar  agregatsiyasini  ingibitsiyasini 

aniqlashdi.  PGE

1

ni  OASOK  og’ir  darajasini  davolash  natijalari  xaqida  birinchi 



ma’lumotlar  Evropada  70  yillarda  berildi.  1979  yildan  boshlab  PGE

1

  butun 



dunyoda  shu  kasalliklarni  oxirgi  davo-vositasi  sifatida  ishlatilishi  boshlangan. 

PGE


1

  ni  asosiy  ta’sir  mexanizmiga  ishemik  to’qimada  trombotsitlar 

agregatsiyasini va tromb hosil bo’lishini kamaytirish, to’qimalarni zararlanishini 

oldini olish, mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash, kislorod bilan adekvat ta’minlash, 

qon oqimini ko’paytirishi antisklerotik ta’siri va normal metabolizmni tiklanishi 

kiradi. Pokrovskiy A.V. (1998) bo’yicha vazaprostan effekti – 91,5%, Karimova 




 

202 


Sh.I.  (2002)  bo’yicha  –  84,2%.  Shuni  aytib  o’tish  kerakki,  vazaprostanni 

ishlatishdan  oldin  sinama  o’tkazish  lozim,  bunda  mikrotsirkulyator  tizimining 

dorini  vazadilyator  ta’siriga  sezuvchanligi  aniqlanadi.  Vazaprostan  bilan  davo 

OSKIda  arterial  qon  oqimining  distal  zararlanishida  va  boshqa  davo  usullar 

qolmaganda,  birlamchi  amputatsiyadan  afzal  bo’lishi  mumkin.  Vazaprostan 

jarrohlik amaliyotga tayyorgarlikda ham ishlatilish mumkin. 

OSKIni  asosiy  davo  usuli  bu  jarrohlik  usulidir.  Rekonstruktiv  jarrohlik 

usullar  45-55%  bemorlarda  amaliyotdan  keyin  5-8  yil  ichida  oyoqlarni  saqlab 

qolish  imkoniyatini  beradi.  Aorta-son  shuntlash  operatsiyasi  aorta-son 

zararlanishida mavjud bo’lgan usullar ichida «oltin standart» bo’lib hisoblanadi. 

Shu  sohani  o’zini  zararlanishida  va  periferik  oqimni  saqlanganligida  yaxshi 

natijalar olish mumkin, ammo bu hol faqat 6,1% holatlarda uchraydi. 

Obliteratsiyalovchi 

aterosklerozga 

xos 

bo’lgan 


zararlanish 

bu 


“ko’pqavatlilik”,  bunda  asosan  aorta-son  va  son-taqim  osti  segmentlari 

zararlanadi, bu esa oyoqlarni chuqur ishemiyasiga olib keladi. Uning uchrashi – 

25,6-36,7%  ni  tashkil  etadi.  Bunday  hollarda  iloji  boricha  birdaniga  ikkita 

zararlangan segmentlarni tiklash operatsiyasi o’tkaziladi. 

Arterial 

oqimining 

proksimal 

va 


distal 

qismlari 

zararlanishida 

muvaffaqiyatsiz  rekonstruktiv  operatsiyalar  foizi  anchagina  yuqori  bo’ladi. 

Shuning  uchun  proksimal  qismini  alohida  zararlanganidagina  amaliyotni 

bajarilishi  tavsiya  etiladi.  Jarayonga  periferik  oqim  qo’shilganda  rekonstruktiv 

jarrohlik amaliyotlari mufaqiyatsiz bo’ladi.  

Sintetik  protezlarni  ishlab  chiqarilishi  bilan  qorin  aortasi  va  yonbosh 

arteriyalarda  juda  kam  holatlarda  endarterektomiya  bajarilmoqda.  Birinchi 

bo’lib ochiq endarterektomiyani 1947 yilda J.C. Dos Santos bajardi. 1967 yili H. 

Harrison et al. eversion endarterektomiya usulini taklif etishdi. Keyingi yillarda 

ayrim  jarrohlar  shu  usulga  qaytib  kelishdi.  P.O.  Kazanchyan  (2002)  aorta-son 

sogmenti  sohasida  eversion  endarterektomiya  amaliyotidan  so’ng  4  yil  ichida 

91,3%  holda  arteriya  o’tkazuvchanligini  kuzatdi,  bunda  asoratlar  va  o’lim 




 

203 


holatlari  kuzatilmadi.  Tomirlar  kaltsinozi  bu  jarrohlik  amaliyotni  bajarilishini 

chegaralaydi. 

Kritik  ishemiyada  rentgenendovaskulyar  amaliyotlar  tanlov  usuli  emas, 

tomirlar  oqimini  davomiyligi  va  ko’p  qavatli  zararlanishi  buni  chegaralaydi. 

Oqsoqlanishi  bor  bemorlarda  son-taqim  osti  sohasida  stenozni  dilyatatsiya 

qilingandan  5  yildan  so’ng  arteriya  birlamchi  o’tkazuvchanligini  50% 

bemorlarda  saqlanadi.  Agar  ikkita  yoki  uchta  arteriyalar  zararlangan  bo’lsa, 

unda  5  yildan  so’ng  birlamchi  o’tkazuvchanlik  25%  bemorlarda  saqlanadi. 

OSKI  bor  bemorlada  natijalar  yomonroq  bo’ladi,  angioplastika  amaliyotdan 

keyingi davrida 90% yaxshi natijali bemorlarning 6 oydan so’ng 24% da tomir 

o’tkazuvchanligi  saqlanadi.  Chuqur  son  arteriyasining  okklyuzion-stenotik 

jarayon 


bilan 

zararlanishi 

46,3-72% 

obliteratsiyalovchi 

aterosklerozli 

bemorlarda kuzatiladi. 

Ma’lumki, 60 yoshdan oshgan bemorlarda OASOK 20% hollarda uchraydi. 

Rekonstruktiv  amaliyotga  ko’rsatma  bo’lganda  bemor  yoshi  ahamiyatga  ega 

emas,  bunda  hamroq  kasalliklar  (YuIK,  arterial  gipertenziya,  miya  qon 

aylanishini buzilishi, qandli diabet va b.) mavjudligida har xil asoratlarni oldini 

olish  maqsadida  ekstraanatomik  shuntlash  (son-o’mrov  osti,  son-qo’ltiq  osti, 

son-son alloshuntlash) jarrohlik amaliyotlarni qo’llash zarur bo’ladi.  

Rekonstruktiv  amaliyot  natijasi  periferik  qon  oqimining  holatiga  bog’liq 

bo’ladi.  Bitta  tibial  arteriya  saqlangan  holda  ham  bevosita  rekonstruktiv 

amaliyot oyoqni saqlab qolishi mumkin.  

Ammo, keyingi paytlarda kollateral qon tomirlarni mikroskopiya sharoitida 

“in  situ”  autovenoz  protezlash  xaqida  ma’lumotlar  paydo  bo’ldi.  Bunda 

autovenaning 

distal 

qismi 


pastga 

tushuvchi 

tizza 

arteriyasi 



bilan 

anastomozlanadi.  Ayrim  hollarda  distal  panja  shuntlashlar  yaxshi  natijalar 

beradi.  Shunt  sifatida  katta  teri  osti  venasi  ishlatilib,  distal  qismi  panja 

arteriyalari  bilan  ulanadi.  1  va  3  yildan  so’ng  shuntlarni  kumulyativ 

o’tkazuvchanligi  58,1%  va  39,5%  tashkil  etadi,  55,8  va  46,5%  hollarda  oyoq 

saqlanib qolinadi.  




 

204 


Aorta  va  oyoqlar  magistral  arteriyalarida  rekonstruktiv  operatsiyalar  soni 

ko’payganligi  va  ularga  ko’rsatmalar  kengayganligi  sababli,  muvaffakiyatsiz 

rekonstruktiv amaliyotlardan so’ng qayta operatsiyalar sonini ko’payishiga olib 

keldi.  Qayta  rekonstruktiv  jarrohlik  amaliyotlardan  so’ng  amputatsiyalar  soni 

birinchi yil oxiriga 30,1%ni, uchinchi yil oxiriga – 52,4%, beshinchi yil oxiriga 

–  63,3%ni  tashkil  etadi.  OSKI  da  boldir  va  oyoq  panja  venoz  qon  oqimini 

arterializatsiyasi,  revaskulyarizatsion  osteotrepanatsiyasi,  bel  simpatektomiyasi, 

katta  charvi  autotransplantatsiyasi  kabi  palliativ  amaliyotlar  amputatsiyalar 

sonini 50-65 dan 15-25% gacha kamaytirishi mumkin. 

Oyoqning ishemiyaga uchragan distal qismiga arterial qonni etkazib berish 

uchun  vena  qon  oqimi  yo’llarini  ishlatish  jarrohlarni  ko’p  yillar  davomida 

qiziqtirib  kelgan.  Arterializatsiyadan  so’ng  yaxshi  natija  faqat  yakka  hollarda 

uchragan,  masalan  Halsted  A.E.  bo’yicha  (1912)  –  42  kasaldan  faqat  3  tasida. 

Trombozlar  ko’pligini  muallif  venoz  tomirida  klapanlar  mavjudligi  bilan 

bog’laydi.  

Lekin  hozirgi  paytda  bu  jarrohlik  usul  juda  keng  foydalanilmoqda.  A.V. 

Pokrovskiy  (2000)  ma’lumotlari  bo’yicha  oyoq  panjasi  venoz  oqimini 

arterializatsiyadan  so’ng  94,3%  bemorlar  oyoqlarini  amputatsiyadan  saqlab 

qolish  imkoniyatini  berdi.  5  yildan  so’ng  45,3%  bemorlarda  shunt 

o’tkazuvchanligi saqlanib qoldi, oyoqlar esa 88,3% holda saqlanib qolindi. 

Gavrilenko  A.V.  (2002)  ma’lumotlari  bo’yicha  boldir  va  panja  yuzaki 

venoz  oqimini  arterializatsiyasidan  so’ng  2  yildan  keyin  83,3%  bemorlarni 

oyog’ini saqlab qolindi, bunda xamma holda shuntlar yopilishi kuzatildi. 

Yuqoridagilarning baridan  shunday xulosa kelib chiqadiki, boldir va panja 

yuzaki venalarini arterializatsiyasi tanlash usullaridan biri bo’lib hisoblanadi va 

amaliyotdan  3  oydan  so’ng  arterializatsiya  qilingan  venani  o’tkazuvchanligi 

oyoqni  saqlab  qolinishiga  ta’sir  qilmaydi,  bu  esa  shuntni  trombozidan  so’ng 

oyoqda  kuchli  kolateral  qon  aylanishini  rivojlanishi  haqida  dalolat  beradi.  (46-

rasm).  

 



 

205 


 

 

46-rasm. Oyoq panja venasining arterializatsiyasidan keyingi angiogramma.  



 

Venoz  qon  oqimi  arterializatsiyasini  kamchiligi  shundaki,  15-30% 

holatlarda  autovena  kichikligi,  unda  patologik  o’zgarishlar  bo’lganligi  (flebit, 

varikoz  kengayishlar)  yoki  uni  oldingi  operatsiyalarda  ishlatilganligi  sababli 

jarrohlik  amaliyoti  o’tkazilmaydi,  undan  tashqari  amaliyotni  bajarish  uchun 

maxsus  asbob-uskuna  kerak.  Bu  holatlarda  boshqa  usullardan  foydalanishga 

to’g’ri keladi.  

Bel  simpatektomiyasini  (BSE)  birinchi  bo’lib  1924  yili  Diez  bajargan, 

Rossiyada  esa  BSEni  birinchi  bo’lib  P.A.  Gertsen  bajardi,  va  uni  natijalari 

haqida  1926  yili  VIII  jarrohlar  s’ezdida  ma’lumot  berdi.  Hozirgi  paytgacha  bu 

jarrohlik  amaliyoti  o’z  axamiyatini  yo’qotmagan  va  barcha  «zaxiralar»  tamom 

bo’lganda, amputatsiyadan afzal oxirgi imkoniyat bo’lib qoladi.  

1987  yil  F.N.  Zusmanovich  tomonidan  taklif  kilingan  revaskulyarizatsion 

osteotrepanatsiya  (ROT)  ham  OSKI  bemorlarni  davolashda  o’z  o’rnini  topgan. 

ROT  dan  so’ng  suyak-ko’mik  qon  oqimini  kuchayishi,  mavjud  bekilgan 

kollaterallarning  ochilishi  kuzatiladi  (paraosstal,  mushak,  mushaklararo, 

paraartikulyar,  teriosti)  va  yumshok,  ayniqsa  suyak  to’qimalarda  metabolik 

aktivlik oshadi. Son-taqim osti segmenti zararlanishida va distal turlarda yaxshi 

natija (76%) kuzatiladi.  

Taxminan  20  yil  oldin  OKI  da  zararlangan  oyoqqa  yumshok  to’qimali 

laxtakni  o’tkazish  usuli  haqida  ma’lumotlar  paydo  bulgan  edi.  V.G.  Samoday 



 

206 


(2003) 

OSKI 


bor 

bemorlarga 

yumshok 

to’qimalarani 

mikrotomirli 

autotransplantantatsiyasini  bajardi.  Bunda  orka  keng  mushak,  katta  charvi  va 

oldingi  tishli  mushak  laxtagini  ishlatdi.  9  yildan  so’ng  oyoqlarni  saqlab  qolish 

kumulyativ  ko’rsatikichi  –  81,2%,  aralash  revaskulyarizatsiyalaridan  so’ng  – 

83,5% tashkil qildi. 

Shunday qilib, OSKI bemorlarda amaliyotlarni tanlash arterial qon oqimini 

zararlanish  sathi  va  darajasi,  oyoqlar  ishemiyasini  darajasi  va  mavjud  bo’lgan 

hamroh  kasalliklarga  bog’liq.  Undan  tashqari,  oyoqlar  arterial  qon  oqimi  to’liq 

zararlanganda  ham  amputatsiya  tanlash  operatsiyasi  bo’laolmaydi,  chunki 

rekonstruktiv  amaliyotlar  natijasiz  bo’lganda  ham  palliativ  va  nostandart 

revaskulyarizatsion  jarrohlik  amaliyotlari  oyoqlarni  saqlab  qolish  imkoniyatini 

beradi.  

Birinchi  martaba  arteriya  ichiga  in’ektsiyani  1665  yili  Maltalyatti  bajardi, 

lekin  bu  usul  ko’pchilik  olimlar  (V.A.  Opel,  Lerish,  Dos  Santos,  Fonteyn, 

N.N.Burdenko,  V.V.  Kovanov,  F.A.  Andreeva  i  dr.)  tomonidan  XX  asrni 

boshlaridan  qo’llanila  boshladi.  U  paytda  arteriya  ichi  og’riqsizlantirish  usuli 

hali  keng  tarqalmagan  bo’lsada,  arteriya  ichiga  davo  sifatida  navokainni 

yuborish ko’pchilik tomonidan tan olingan edi.  

Arteriya  ichiga  dori  vositalarni  yuborganda  ularni  zararlangan  joyda 

o’zgarmagan  holda  yuqori  kontsentratsiyasi,  davo  ta’sirini  kuchayishi, 

angioretseptorlarga  bevosita  ta’siri  va  dori  vositalarni  odam  tanasiga  toksik 

ta’siri  kamayishi  kuzatiladi.  Undan  tashqari  a’zo  va  to’qimalardagi  ishemik 

o’zgarishlar kamayadi,  mikrotsirkulyator va  metabolik jarayonlar  yaxshilanadi, 

trofik  o’zgarishlar  yo’qoladi,  yallig’lanish  jarayonlari  kamayadi  va  tuzalish 

tezlashadi. 

Arteriya  ichi  infuziyasining  oqimli  va  fraktsion  usullari  mavjud.  Bugungi 

kunda  oqimli  usul  ko’prok  ishlatiladi,  chunki  fraktsion  usulda  arteriya  ichiga 

dorilar  yuborilganda  ularning  kontsentratsiyasi  tez  kamayadi  va  tomir 

kengaytiruvchi ta’sir qisqa muddatli bo’ladi. Uzoq muddatli arteriya ichi kateter 

terapiya  (UMAKT)  birinchi  bo’lib  1951  yili  H.  Birman  va  C.  Klopp 




 

207 


tomonlaridan  eksperimentda  saratonni  regionar  ximioterapiya  usuli  sifatida 

ishlab  chiqilgan.  UMAKT  da  yaraning  tezroq  bitishi,  ishemik  sindromni 

kamayishi, oyoqlarni kollateral qon oqimini yaxshilanishi kuzatiladi va bu usul 

OSKI  bo’lgan  bemorlarda  amaliyotga  tayyorlash  yoki  mustaqil  davo  sifatida 

tavsiya qilinadi.  

Ko’pincha  S.A.  Gasparyan  usulidagi  pastiki  qorin  arteriyasini  kateterlash 

bajariladi.  Lekin  bu  usulda  katta  va  chuqur  kesma  talab  qilinadi  va  asoratlari 

ham  ko’p  kuzatiladi.  Eng kam  asorat  kuzatiladigan va oddiy  usullardan bu  son 

arteriyasini  kateterlashdir.  Arteriya  ichiga  dorilarni  yuborish  uchun  Seldinger 

usulida  kontrlateral  son  arteriyasi  punktsiya  qilinadi,  kateter  aorta 

bifurkatsiyasidan  o’tkazilib  zararlangan  tomonga  Bechman  usuli  bo’yicha 

o’rnatiladi. Bu usulni afzalligi shundaki, zararlangan tomonda operatsiya qilish 

va  bu  usuldan  bir  necha  marotaba  foydalanish  mumkin.  Lekin  ikkala  son 

arteriyasi  okklyuziyasida  va  qorin  aortasini  deviatsiyasida  Bechman  bo’yicha 

katetrlashning iloji bo’lmaydi. 

UMAKT  usuldan  foydalanilganda  yuboriladigan  dorilarni  ahamiyati  juda 

katta.  Hozirgi  paytda,  buning  uchun,  reopoliglyukin,  geparin,  pentoksifillin, 

nikotin kislotasi, salkoseril, no-shpa, askorbin kislotasi, vitaminlar, vazaprostan, 

gormonlar, kontrikal, antibiotik kabi dori vositalaridan foydalaniladi. Bu dorilar 

mikrotsirkulyatsiyani  va  qonni  reologiyasini  yaxshilash,  yallig’lanishni  oldini 

olish maqsadida foydalaniladi. 

Oyoklari  yiringli-nekrotik  zararlanish  bilan  kechuvchi  qandli  diabet 

kasalligida  gemosorbtsiya  keng  qo’llaniladi  va  bunda  davolash  natijalari 

yaxshilanadi.  Oyoklari  qorasonga  uchragan  qandli  diabetli  bemorlarda  vena 

ichiga  leykokontsentrat  yuborilganda  ham  yaxshi  natijalar  kuzatiladi.  Bundan 

tashqari,  diabetik  mikroangiopatiyada  giperbarik  oksigenatsiya  vaqtida 

geparinoterapiya o’tkazilganda to’qimalar qon aylanishi yaxshilanadi.  

Maxaliy davolashda yiringli-nekrotik yarani keng ochib, maxalliy insulinli, 

vitaminli,  dimeksidli  va  fibrinolizinli  bog’lamlar  qo’yish,  nekrozlangan 

to’qimalarni xirurgik lazer bilan kesib olib tashlash kerak. 




 

208 


Adabiyot  ma’lumotlariga  qaraganda,  bel  simpatektomiyasidan  olingan 

natijalari  turlicha.  Ayrim  olimlar  diabetik  oyoq  bilan  bel  simpatektomiyasi 

yaxshi  natija  bermaydi  deb  yozishadi,  boshkalari  esa  aksincha,  bu  amaliyotdan 

so’ng, yaxshi natijalar kuzatgan.  

E.P.  Koxan  (1996)  ma’lumotlariga  ko’ra  1  va  2  barmoq  diabetik 

angiopatiyasi  bilan  bel  simpatektomiyasidan  keyin  27,5-52%  hollarda  oyoq 

gangrenasini kelib chiqishini oldini oldi.  

Saqlab  qoluvchi  davo  usuli  ham  mavjud  bo’lib,  unda  zararlangan  oyoq 

tomonda  buyrak  usti  bezi  qisman  rezektsiyasi  va  bel  simptaektomiyasi 

bajariladi.  Bu  jarrohlik  amaliyoti  asosan  magistral  arteriyalarda  qoniqarli  qon 

oqimi  saqlangan  holda  mikrotsirkulyatsiya  buzilishidan  kelib  chiqadigan  kritik 

ishemiyada bajariladi. 

Oxirgi  o’n  yil  ichida  past  chastotali  ultratovush  kavitatsiyasi  klinik 

tajribajada o’z o’rnini topdi. Past va o’rta chastotali ultratovush tebranishlar yara 

jarayoniga  turlicha  ta’sir  qiladi.  Uning  ta’sirida  yarani  xujayra  elementlari, 

lizosomal enzimlar kavitatsion parchalanadi, xemotoksik omillar va bakteriotsid 

kationli oqsillar hosil bo’ladi va buning hisobiga yara tozalanishi tezlashadi. Bu 

omillar ekssudatni proteolitik aktivligini kuchaytiradi, neytrofillarni fagotsitar va 

antibakterial  aktivligini  rag’batlantiradi,  nekrozga  uchragan  to’qimalarda 

ultratovush dezintegrator bo’lib ta’sir qiladi va ularni ko’chishini tezlashtiradi.  

Keyingi  yillarda  yiringli  yaralarni  ultratovush  sanatsiyasi  va  yiringli-

nekrotik  yumshoq  to’qimalarni  lazer  bilan  davolash  keng  qo’llanilmokda.  Bu 

usulning ko’p musbat tomonlari mavjud: atravmatikligi, abakterial muhitni hosil 

kilishi,  regenerativ  jarayonlarni  rag’batlantirishi  va  qonni  reologik  xususiyatini 

yaxshilashi.  Lazer  nurlari  mikrob  assotsiatsiyalarini  sonini  kamaytiradi  va 

ularning  antibiotiklarga  sezgirligini  oshiradi.  Lazerni  qo’llagandan  so’ng  yara 

usti sohasi 81-90% hollarda sterilizatsiyalanadi. 

Oxirgi  yillarda  oyoq  panjasi  yiringli-nekrotik  zararlanishini  davolashda, 

boshqa  fizik  usullar  bilan  birgalikda  suvda  eriydigan  ko’p  komponentli 

surtmalar juda keng qo’llanilmokda. Ko’pkomponentli surtmalarga antibakterial 




 

209 


dori  vositalari  (antibiotik,  sulfanilamid,  antiseptik),  to’qima  almashinuv 

jarayonlarni  regulyatori  –  metiluratsil,  mahaliy  antiseptik  –  trimekain  va 

gidrofillar  kiradi.  Levomekol  va  levosin  ko’pgina  grammusbat  va  grammanfiy 

bakterialarga  (ichak  tayokchasi)  ta’sir  etadi.  Ko’p  komponentli  surtmalar  yara 

jarayonini  1  fazasida  xirurgik  ishlov  nozarurligi  yoki  boshqa  hollarda 

ko’rsatilgan.  Surtamalarni  qo’llash  davolanish  muddatini  qisqartiradi,  oeqni 

operativ davoga yoki autodermoplastikaga tayyorlaydi. 

Yiringli  yaralarni  sanatsiya  kilishda  keng  ishlatiladigan  ozonoterapiya 

haqida ham aytib o’tish kerak. "Ozonator 1M" apparati Kirov nomli NPO Olma-

ota  shahrida  ishlab  chikariladi.  Ham  grammusbat,  ham  grammanfiy  aerob  va 

anaeroblar ozonga birxil sezuvchan.  

Oyoklarni diabetik gangrenasida kompleks davolashda arteriya ichi kateter 

terapiya  kamrok  ishlatiladi.  Bu  usulni  qo’llaganda  sonni  o’rta  va  yuqori 

uchligidan amputatsiya sonini 18,3% gacha kamaytirsa bo’ladi.  

Kandli  diabetli  bemorlarda  oyoqlarda  tarqoq  mikroangiopatiya  va  modda 

almashinuvi  buzilishining  o’ziga  xosligi  sababli  vena  ichiga  yuborilgan  dori 

vositalardan  kutilgan  natija  kuzatilmaydi.  Hosil  bo’lgan  yiringli-nekrotik 

o’chok,  infektsion  agentni  mavjudligi  va  intoksikatsiyani  zo’rayib  borishi 

hisobiga bemor ahvoli yomonlashib boradi. Shuning uchun, bu holatda arteriya 

ichiga  dorilarni  yuborish  usuli  yuqori  natijali  usullardan  hisoblanadi,  chunki 

bunda  yuborilgan  dorilarni,  ya’ni  antibiotiklarni  kontsentratsiyasi  regionar 

ko’payishiga erishiladi.

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin