Xirurgik kasalliklar


Venalarning klapan etishmovchiligini aniqlash



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   363
Venalarning klapan etishmovchiligini aniqlash 

Oyoq  yuzaki  venalari  ostial  klapani  etishmovchiligini  aniqlash  uchun 

Troyanov-Trendelenburg va Gakkenbrux sinamalarini o’tkazish lozim bo’ladi. 

Troyanov-Trendelenburg  sinamasi.  Bemor  gorizontal  vaziyatda  yotib 

oyog’ini yuqoriga ko’taradi. Yuzaki venalar bo’shaganidan so’ng, katta teri osti 

venasining  son  venasiga  quyiladigan  joyi  topilib,  barmoq  bilan  bosiladi  va 

barmoqni  olmasdan  turib  bemorning  o’rnidan  turishi  so’raladi.  Bu  sinamani 

bajarishda, barmoq bilan bosmasdan jgut qo’ysa ham bo’ladi. Odatda katta teri 

osti venasi bo’shaydi, 20-30 sekund o’tgach venalar pastdan yuqoriga qarab qon 

bilan  to’la  boshlaydi.  Agar  ostial  klapani  etishmovchiligi  bo’lsa,  barmoq 

olingandan (yoki jgut echilgandan) keyin, venalar tezda yuqoridan pastga qarab 

qon bilan to’ladi. Troyanov-Trendelenburg sinamasi  musbat bo’lgani, katta teri 

osti venasining klapanlari etishmovchiligidan darak beradi.  

Gakkenbrux  sinamasi  (yo’tal  turtkisi).  Bu  sinamada,  bemor  yo’talganda 

katta  teri  osti  venasi  son  venasiga  quyiladigan  joyga  qo’yilgan  barmoqlar 

turtkini  sezadi.  Gakkenbrux  sinamasining  musbatligi  –  katta  teri  osti  venasi 

ostial klapanidagi etishmovchilikni ko’rsatadi. 

Chuqur  venalarning  o’tkazuvchanligi  Delbe-Pertes  “marsh”  sinamasi  va 

Pratt-1 sinamasi orqali tekshiriladi. 

Delbe-Pertesning  “marsh”  sinamasini  o’tkazish  uchun  bemor  tik  holatda 

turganida  songa,  faqat  yuzaki  venalarni  bosib  turuvchi  bog’lam  qo’yiladi. 

Bemordan 5 daqiqa yurish  yoki  bir  joyda  turib odimlash  (“marsh” qilish) talab 

etiladi.  Bunda  teri  osti  venalarining  puchayishi  kuzatiladi  va  bu  chuqur 

venalarning  o’tkazuvchanligidan  dalolat  beradi.  Yurishdan  keyin  venalarning 

bo’rtishi  va  boldir  sohasida  og’riq  paydo  bo’lishi,  chuqur  venalarda  to’siq 

borligidan  yoki  jgutdan  pastdagi  komunikant  venalarning  ishlamasligidan 

dalolat beradi. 

Pratt-1 sinamasi. Boldir aylanasiga o’lchangandan keyin bemor chalqancha 

yotqiziladi  va  venalar  bo’shalgandan  so’ng,  oyoqqa  teri  osti  venalarini  bosib 

turadigan elastik bint bog’lanib, 10 minut yurish taklif etiladi. Og’riqning paydo 




 

214 


bo’lishi  chuqur  venalar  zararlanganini  ko’rsatadi.  Takror  tekshiruvda  boldir 

aylanasi  o’lchamining  ortishi  –  chuqur  venalarning  o’tkazuvchan  emasligini 

ko’rsatadi. 

Komunikant  venalar  klapanlarining  holati  haqida  tushunchani  Pratt-2 

sinamasi, uch jgutli Sheynis sinamasi va Talman sinamasi beradi. 

Pratt-2  sinamasi.  Yotgan  holatda  teri  osti  venalari  bo’shatilgandan  so’ng 

oyoq  panjasidan  boshlab  elastik  bint  bog’lanadi.  Songa  pupart  boylami  ustiga 

jgut  bog’lanadi.  O’rindan  turish  taklif  qilinadi.  Jgut  ostiga  ikkinchi  elastik  bint 

bog’lanadi.  So’ngra  pastdagi  bint  o’ram-o’ram  qilib  echiladi,  yuqoridagi  bintni 

esa  oyoqqa  bintlar  orasida  5-6  sm  ochiq  joy  qoladigan  qilib  pastga  o’raladi. 

Bintlardan  ozod  bo’lgan  uchastkada  venalarning  tez  to’lishi  bu  erda 

ishlamaydigan  klapanlari  bo’lgan  komunikant  venalar  borligini  ko’rsatadi. 

Ularga ko’k dori surtib belgilab qo’yiladi. 

Sheynisning uchta jgutli sinamasi. Teri osti venalari bo’shatilgandan keyin 

bemorga  yotgan  holatida:  sonning  yuqori  uchdan  bir  qismiga,  son  o’rtasiga  va 

tizzadan pastga uchta jgut qo’yiladi. O’rindan tik turish taklif qilinadi. Oyoqning 

jgutlar  bilan  chegaralangan  biror  qismida  venalarning  tez  bo’rtib  chiqishi  shu 

sohada klapanlari ishlamaydigan komunikant venalar borligidan dalolat beradi. 

Talman  sinamasi.  Uchta  jgut  o’rniga  yumshoq  rezina  naychadan  yasalgan 

bitta  uzun  (2-3  m)  jgut  ishlatiladi.  Uni  oyoqqa  pastdan  yuqoriga  spiral  qilib 

bog’lanadi.  Jgut  o’ramlari  orasida  5-6  sm  masofa  qolishi  kerak.  Oyoqning 

jgutlar  bilan  chegaralangan  biror  kesigida  venalarning  tez  bo’rtib  chiqishi  shu 

uchastkada  klapanlari  ishlamaydigan  komunikant  venalar  borligidan  dalolat 

beradi. 


 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin