Xirurgik kasalliklar


Qizilo’ngach divertikullari



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   363
 

Qizilo’ngach divertikullari 

Qizilo’ngach divertikullari – qizilo’ngach devorining chegaralangan bo’rtib 

chiqqan joylaridir. So’nggi vaqtlarda qizilo’ngach  divertikullari, ilgari tasavvur 

qilinganidek, kam uchraydigan kasallik emasligi aniqlandi. Bu klinik amaliyotga 

rentgenologik  tadqiqotlarning  keng  joriy  qilinishi,  aholining  profilaktik 

maqsadlarda  yalpi  rentgenologik  tekshiruvlardan  o’tkazilishi  bilan  bog’liq. 

Rokitansky,  1840  yildayoq  divertikullarni  pulsion  va  traktsion  turlarga  bo’lgan 

edi. 


Pulsion  divertikullar  qizilo’ngach  bo’shlig’ida  uning  qisqarishlari  vaqtida 

paydo  bo’ladigan  bosim  ta’siri  ostida  qizilo’ngach  devorining  bo’rtib  chiqishi 

natijasida  hosil  bo’ladi,  traktsion  divertikullarning  paydo  bo’lishi  esa  atrof 

to’qimalardagi  yallig’lanish  jarayoni  va  qizilo’ngach  devorini  kasal  a’zo 

yo’nalishida  tortadigan  (tractio)  chandiqdar  hosil  bo’lishi  bilan  bog’liq  (o’pka 

ildizlari sohasida limfatik tugunlarga tomon yo’nalishda yoki bu tugunlar sildan 

zararlanganda yuz beradigan traxeya bifurkatsiyasida). 

Ko’pchilik  tadqiqotchilar  traktsion  mexanizm  divertikul  rivojlanishining 

boshidagina kuzatiladi, deb hisoblaydilar. Keyinchalik divertikul kattalashadi va 

pulsion mexanizm ta’siri ostida o’z shaklini o’zgartiradi. Bu xildagi divertikullar 

pulsion-traktsion divertikul nomini olgan. 



 

267 


Qizilo’ngach divertikullarini pulsion, traktsion va aralash (pulsiontraktsion) 

turlarga  bo’lish  bilan  birga  ularning  joylashuvi  bo’yicha  klassifikatsiyasi  ham 

qabul  qilingan.  Shu  tariqa  halqum-qizilo’ngach  yoki  Tsenker  divertikullari, 

epibronxial  (bifurkatsion,  o’rta  qizilo’ngach),  epifrenal  (epidiafragmal)  va 

boshqa  kam  uchraydigan  xillari  farq  qilinadi.  Yu.E.  Berezov  va  M.S. 

Grigorevning  yig’ma  statistikasi  bo’yicha  ko’proq  halqum-qizilo’ngach 

divertikullari  (58,7%),  so’ngra  epibronxial  (27,2%)  va  epifrenal  divertikullar 

(13,4%) uchraydi. 

Shuningdek  tug’ma  va  orttirilgan,  haqiqiy  va  soxta  divertikullar  farq 

qilinadi.  Tug’ma  divertikullar  kamdan-kam  uchraydi.  Ko’pchilik  hollarda  ular 

orttirilgan  bo’ladi.  Devori  normal  qizilo’ngach  devorining  xamma  qatlamlarini 

saqlagan  divertikullar  «haqiqiy»,  devori  mushak  qatlamidan  mahrum  bo’lgan 

divertikullar  «soxta»  degan  nom  olgan.  Soxta  divertikullar  prognostik  jihatdan 

yomonroq,  chunki  qisilib  qolishi,  cho’zilishi  va  hatto  teshilishi  mumkin. 

Qizilo’ngach  divertikullari  aksariyat  5  dan  70  yoshgacha,  ayollarda  erkaklarga 

nisbatan birmuncha ko’proq uchraydi. 

Halqum-qizilo’ngach  divertikullari  ko’pincha  ularni  batafsil  tasvirlagan 

Zencer  nomi  bilan  Tsenker  divertikullari  deyiladi.  Halqum-qizilo’ngach 

divertikullari aslini olganda halqum distal bo’limining divertikullari hisoblanadi, 

biroq,  ularning  paydo  bo’lishi  ko’pincha  qizilo’ngach  funktsiyasining  buzilishi 

bilan  o’tadi,  shuning  uchun  qizilo’ngach  patologiyasini  bayon  qilishda  ushbu 

kasallik ustida to’xtalib o’tish o’z-o’zidan joiz hisoblanadi. 

 



 

268 


 

 

62-rasm. Halqum-qizilo’ngach va Tsenker divertikuli. 



 

Tsenker  divertikuli  paydo  bo’lishida,  aftidan,  mexanik  omil  –  ovqat 

luqmasining  halqum  devorining  kuchsiz  joyini  ko’p  bosib  turish,  ehtimol, 

halqum mushaklari va qizilo’ngachga kirish qismidagi mushaklar qisqarishining 

uyg’unligi buzilishi asosiy ahamiyat kasb etsa kerak. Ayrim mualliflar halqum, 

halqum-qizilo’ngach 

divertikullari 

rivojlanishida 

embriologik 

shart-


sharoitlarning  ahamiyatiga  ishora  qilib,  embrionda  halqum  devoridagi  shu 

xildagi bo’rtmalarni qayd qiladilar. 

Patologik  anatomiyasi.  Divertikul  asta-sekin  bir  necha  yillar  ichida 

rivojlanadi.  Halqum  quyi  bo’limi  orqa  devorida  hosil  bo’lgan  divertikul 

qizilo’ngachning  orqa  devori  va  umurtqa  pog’onasi  orasida  pastga  tushadi. 

Divertikul  teshigi  odatda  enlik  va  halqumning  to’g’ridan-to’g’ri  davomi 

hisoblanadi va qizilo’ngach kirish qismi oldinga, hiqildoqqa siljigan. Divertikul 

katta-kichikligi  har  xil  –  kichkina  botiqlikdan  to  nok  kattaligigacha  bo’ladi.  U 

ovqat  bilan  to’lganda  qizilo’ngachni  oldinga  qisib  qo’yadi  va  yutishni  juda 

qiyinlashtiradi.  Divertikul  qopchasida  mushak  tolalari  bo’lmaydi  va  odatda 

atrofdagi  to’qimalar  bilan  yopishib  ketmagan  bo’ladi.  Divertikulning  ichki 

yuzasi halqum shilliq pardasi bilan qoplangan. Ba’zan yuzasida eroziyalari bilan 

donador yoki yassi chandiqlari bo’ladi. 



 

269 


Klinik manzarasi. Kichik divertikul bir necha yilgacha yuzaga chiqmasligi 

yoki  halqumda  achishish,  qirilish  sezgisi, yo’tal,  halqumda  yot  jism  bordek his 

qilish,  yutinish  buzilishi,  ko’p  so’lak  oqishi,  og’izdan  badbo’y  hid  kelishi, 

ko’ngil aynishi kabi simptomlarni paydo qilishi mumkin. Ko’ngil aynish belgisi 

ba’zan  me’da  kasalligi  to’g’risida  o’ylashga  majbur  etadi.  Divertikul  qopchasi 

kattalashuvi  bilan  bir  vaqtda  yutishning  buzilishi  paydo  bo’ladi.  Bemorga 

hiqildoq  orqasida  ovqat  to’xtab  qolayotgandek  tuyuladi,  agar  qopcha  katta 

bo’lsa,  qizilo’ngachning  yuqori  qismida  to’xtab  qolayotgandek  bo’ladi.  Ovqat 

luqmasi  to’xtashi  Bensaude  va  Gregorie  «Blokada  fenomeni»  deb  tasvirlagan 

qator  simptomlar  bilan  o’tadi:  bemor  yutish  harakatlari  qiladi,  shundan  keyin 

yuzi qizarib, nafasi qisa boshlaydi, qayt qilganidan keyin engil tortadi. Agar qayt 

qilmasa, boshi aylanadi, qisman hushdan ketish holati yuzaga keladi. 

Regurgitatsiya  yoki  qayt  qilish  har  kuni  bo’lsada,  ovqat  divertikulda 

kamdan-kam  bir  necha  kun  turib  qoladi.  Divertikul  suyuqligining 

regurgitatsiyasi  va  uning  nafas  yo’llariga  tushishi  aspiratsion  zotiljam 

kasalliklariga  sabab  bo’ladi.  Boshqa  simptomlardan  qaytuvchi  nerv  bosilishi 

oqibatida paydo bo’ladigan tovush bug’ilishi, traxeyaning bosilishi sababli nafas 

olish qiyinlashuvini ko’rsatib o’tish mumkin. 

Umumiy  holat  bir  necha  yilgacha  unchalik  o’zgarmay  qoladi.  Qator 

hollarda  bemor  ozib  ketadi.  Ko’zdan  kechirilganda  ko’pincha  bo’yinda  bo’rtib 

chiqqan  joy  ko’rinadi  (bosh  orqaga  tashlanganda).  Ba’zan  u  buqoqni  eslatadi. 

Bo’rtma  yumshoq  konsistentsiyali  bo’lib,  bosilganda  kichiklashadi.  Bemorga 

suv  ichirib  bo’rtib  chiqqan  joy  urib  ko’rilganda  chayqalish  shovqinini  eshitish 

mumkin  (Kuper  belgisi).  Rentgenologik  tekshirishda  kontrast  modda 

divertikulni  to’ldiradi,  so’ngra  esa  qizilo’ngachga  o’tadi.  To’lgan  divertikul 

qizilo’ngachning orqa yoki yon tomonidan ko’rinib turadi. 




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin