Xirurgik kasalliklar


Surunkali kalkulyoz xoletsistit



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə292/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   363
Surunkali kalkulyoz xoletsistit. Jigar sanchig’i xuruji to’xtagandan keyin 

bemorlar  hech  nimadan  shikoyatlar  qilmay,  o’zlarini  sog’lom  xis  qilishlari 

mumkin.  Biroq  ularda  o’ng  qovurg’alar  ostida  og’irlik  va  simillagan  og’riq 

bo’lib, u ovqatdan keyin kuchayadi, qorin dam bo’ladi, ich ketadi, og’iz bemaza 

bo’ladi.  Birlamchi  surunkali  xoletsistit  jigar  sanchig’i  xurujlarisiz  ko’rsatib 

o’tilgan  simptomlar  bilan  kechadi.  O’t-tosh  kasalligi  va  kalkulyoz  xoletsistit 

asoratlari:  xoledoxolitiaz,  xoledox  terminal  bo’limida  chandiqli  striktura,  ichki 

oqmalar  paydo  bo’lishi,  xolangit,  xoletsistopankreatit,  o’t  pufagi  istisqosi,  o’t 

pufagi empiemasi. 

Xoledoxolitiaz  –  o’t-tosh  kasalligi  va  kalkulyoz  xoletsistitning  eng  ko’p 

uchraydigan asoratlaridan sanaladi (20% bemorlarda uchraydi). Yoshi o’tgan va 

keksa  yoshdagi  odamlarda  xoledoxolitiaz  2-3  marta  ko’proq  kuzatiladi. 

Ko’pchilik bemorlarda umumiy o’t yo’liga toshlar o’t pufagidan tushadi. Bunga 

pufak  yo’lining  kalta  serbarligi,  pufak  bo’yni  yoki  gartman  cho’ntagi  sohasida 

yara  bo’lib,  o’t  pufagi  bilan  umumiy  o’t  yo’li  o’rtasida  keng  oqma  paydo 

bo’lishi sababchidir. 

Xoledoxolitiaz  uzoq  vaqtgacha  simptomlarsiz  kechishi  mumkin.  Hatto 

gepotikoxoledoxning ko’p sonli toshlarida xam o’t ajralishi buzilishi hammavaqt 

sodir  bo’lavermaydi.  O’t  suyuqligi  jigardan  tashqaridagi  o’t  yo’llari 

bo’shlig’idagi toshlarni guyo chetlab oqib o’tadi va xoledox terminal bo’limida 

to’siq  bo’lmasa,  bemalol  o’n  ikki  barmoqli  ichakka  tushadi.  Toshlar 

gepatikoxoledoxning  eng  tor bo’limlariga,  uning terminal bo’limiga  va  ayniqsa 

katta  duodenal  surg’ichi  ampulasiga  tushganda  o’t  suyuqligining  ichakka  oqib 

ketishiga  to’siq  paydo  bo’lib,  bu  klinikasida  mexanik  sariqlik  bilan  yuzaga 




 

470 


chiqadi.  Ba’zan  sariqlik  xoledox  terminal  bo’limida  yoki  katta  duodenal 

surg’ichda «ventil» tosh bo’lganda sariqlik remittirlovchi xarakterga ega bo’ladi. 

Toshlarning  xoledox  terminal  bo’limidagi  okklyuziyasida  o’t  gipertenziyasi 

vujudga kelib, klinik jihatdan bu o’ng qovurg’alar ostida simillagan og’riqlar va 

mexanik  sariqlik  bilan  o’tadi.  Jigardan  tashqari  yo’llarda  bosim  yanada  osha 

borganda  ularning  bo’shlig’i  kengayadi  va  tosh  gepatikoxoledox  proksimal 

bo’limlariga  guyo  suzib  chiqqanday  bo’ladi,  sariqlik  kamayadi  va  yo’kolishi 

mumkin. 


Xolangit – jigar ichi va jigardan tashqari o’t yo’llarining o’tkir va surunkali 

yallig’lanishidir.  Xolangit  xolestaz  va  o’t  suyuqligiga  tushgan  infektsiya 

hisobiga  paydo  bo’ladi.  O’t  yo’llari  devorlaridagi  morfologik  o’zgarishlar 

xarakteri bo’yicha kataral va yiringli xolangit farq qilinadi. Xolangitning klinik 

belgilari: tana haroratining subfebril raqamlargacha to’satdan ko’tarilishi, qattiq, 

et junjikishi, o’ng qovurg’alar osti sohasida og’irlik va simillagan og’riq, ko’ngil 

aynishi  va  qusishdan  iborat.  Yiringli  xolangitda  og’riq  kuchli  bo’ladi,  sariqlik 

erta paydo bo’ladi. 

Yiringli  xolangit  avj  olib  jadal  kechganda  o’t  yo’llari  devorlarida, 

parenxima  bag’rida  va  uning  yuzasida  mayda  yiring  tuplangan  joylar  hosil 

bo’ladi,  bu  jigarda  ko’p  sonli  abstsesslar  paydo  bo’lishiga  olib  keladi.  Katta 

duodenal  so’rg’ich  ampulasida  tosh  qisilib  qolganda  o’t  oqib  ketishi  buzilishi 

bilan  birga  pankreatik  shira  oqib  ketishining  buzilishi  ro’y  berishi  ehtimol  va 

ko’pincha o’tkir pankreatit rivojlanadi. 

Katta  duodenal  so’rg’ich  va  umumiy  o’t  yo’li  terminal  bo’limidagi 

chandiqli  strikturalar  duodenal  so’rg’ich  shillik  pardasi  toshlardan,  yalig’lanish 

jarayonida  zararlanganda  paydo  bo’ladi.  Strikturalar  bir  necha  millimetrlardan 

1-1,5  sm  gacha  masofada  chegaralangan  va  umumiy  o’t  yo’lining  terminal 

bo’limi  2-2,5  sm  va  bundan  ko’prok  kontsentrik  toraygan  tubulyar  bo’lishi 

mumkin.  Chandiqli  strikturalarda  odatda  patognomonik  klinik  simptomlar 

bo’lmaydi.  Xoledox  terminal  bo’limining  o’t  suyuqligi  va  pankreatik  shira 



 

471 


oqishining  bo’zilishi  bilan  o’tadigan  stenozida  xoletsistopankreatit,  o’tkir  yoki 

surunkali pankreatit, mexanik sariqlik, xolangit simptomlari paydo bo’ladi. 

Ichki  biliodegistiv  oqmalar.  O’t  pufagida  toshlarning  uzoq  vaqt  turib 

qolishi o’t pufagi bilan uzviy bog’langan yakin joylashgan kovak organ orasida 

yara paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. 

Oqmalarning  ko’pincha  o’t  pufagi  bilan  me’da  o’rtasida  yoki  o’t  pufagi 

bilan  gepatikoxoledox  o’rtasida  shakllanishi  ro’y  beradi.  Ichki  biliodegistiv 

oqmalarning klinik belgilari juda kam, shunga ko’ra operatsiyaga qadar hamma 

bemorlarda ham diagnoz qo’yishning iloji bo’lavermaydi. 

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin