Kun tartibidagi 4-masala yuzasidan so’zga fizika fani o’qituvchisi Atajanova Nodira so’zga chiqdi.
Biologiya fani o’qituvchisi Rahimova Sevaraning 7-sinflarda “Parazit chuvalchanglarning xilma xilligi” mavzusidagi darsida AKT dan, turli interfaol metodlardan samarali foydalanildi. Jumladan “Baliq skeleti”, “Savolli olma daraxti” metodlari o’quvchilarning darsni o’zlashtirishda yuqori natija ko’rsatishi aytib o’tildi. Ushbu metodlardan boshqa o’qituvchilar ham foydalanilsa o’quvchilarning bilim ko’rsatkichi yanada ko’tarilishini aytib o’tdi. Biologiya fani o’qituvchisi Rahimova Sevaraning “Yassi chuvalchanglar tipi: Kiprikli chuvalchanglar sinfi” mavzusidagi ochiq darsi namunali deb hisoblayman va maktab miqiyosida ommalashtirishga tavsiya etaman.
Yuqoridagi masalar yuzasidan yig’lish qaror qiladi Qaror: 1. 1-bosqich kimyo fan olimpiadasini o’tkazish va bayonnomalarini shakllantirish kimyo fani o’qituvchisi M.Matyakubova zimmasiga, 1-bosqich biologiya fan olimpiadasini o’tkazish va bayonnomalarini shakllantirish biologiya fani o’qituvchisi S.Rahimova zimmasiga, 1-bosqich fizika fan olimpiadasini o’tkazish va bayonnomalarini shakllantirish fizika fani o’qituvchisi N.Atajanova zimmasiga, 1-bosqich geografiya va iqtisodiyot asoslari fan olimpiadasini o’tkazish va bayonnomalarini shakllantirish geografiya fani o’qituvchisi Z.Xusainova zimmasiga yuklatilsin.
2. Tabiiy fanlardan o‘quvchilarning DTS talablarini o‘zlashtirish monitoringi natijasida o‘quvchilar bilimida mavjud bo‘shliqlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar yanada kuchaytirilsin.
3. Uslubiy birlashma rahbari S. Rahimova tagdim qilgan Mantiqiy metodlar texnologiyasi uslub birlashma a’zolariga nazariy darslarda foydalanish uchun tavsiya qilinsin.
4. STEAM yondashuvi haqida o’quvchilarga amaliy darslarda ma’lumotlar berib borilsin.
5.Biologiya fani o’qituvchisi Rahimova Sevaraning “Parazit chuvalchanglarning xilma xilligi” mavzusidagi ochiq darsi namunali deb topilsin.