Xonlikning asosiy boyligi yer hisoblanardi. Bu yerlar sug’oriladigan (axya) va sug’orilmaydigan (adra) yerlardan iborat edi.
Egalik shakliga ko’ra, Xiva xonligining yerlari ham uchga bo’lingan.
1. Davlat yerlari (podshohi).
2. Xususiy mulk (xususiy yerlar).
3. Vaqf yerlari.
Xonning qarindoshlari o’z xususiy yerlaridan davlatga soliq to’lamas edilar. Davlat soliqlaridan ruhoniylar, katta amaldorlar, tarxon yer olganlar ham ozod etilgan edilar.
Otlanuv— xon ovida qatnashish uchun lashkarlikka kelish.
Begar — rasman 12 kunlik davlat majburiyati; unga ko’ra, qishloqning har bir xonadonidan bir kishidan odamlarni to’plashardi. Ular har yili turli qurilish ishlarida, kanal qazishda, yo’llarni tuzatishda, xon saroylari qurilishida ishlar edilar.
Begarning muddati 12 kun deb belgilangan bo’lsa-da, aslida u bir oy, undan ko’proqqa ham cho’zilar edi.