XVIII asr oxirida Muhammad Amin hukmronligi davridan boshlab birmuncha siyosiy barqarorlik o’rnatildi. Bu omil Xiva shahrining holatiga ijobiy ta'sir ko’rsatdi. Chunonchi,
1782- yilga kelib Xiva shahrida qayta tiklash ishlari tugallandi.
Qayta tiklash ishlaridan tashqari yangi me'moriy obidalar ham qurildi. Masalan,
1765- yilda Sherg’ozixon va Muhammad Amin madrasalari bunyod etildi.
XIX asr boshlarida Xiva xonligi poytaxti yirik qurilish maydoniga aylandi. Xon farmoyishi bilan karvonsaroy, usti yopiq bozor va ular oralig’ida 1834- yilda Olloqulixon madrasasi qurilishi tugallandi.
1842- yilda Muhammad Yoqub mehtar rahbarligida Xiva atrofida 6 km uzunlikdagi mustahkam shahar-qal'a devori va uning darvozasi qurib tugallandi. Natijada, xonning shahar tashqarisidagi 2 saroyi ham shahar ichiga kirdi.O’sha paytdan boshlab shahar hududining bu qismi Dishan qal'a — Tashqi shahar (qal'a) deb nomlana bosbiangan.
Xivaning kichik halqali qal'a-devori bilan o’ralgan qismi Ichan qal’a — Ichki shahar (qal'a) deb atalgan.
Xivada XIX asr birinchi yarmiga kelganda jami 2 xon saroyi, 17 masjid, 22 madrasa mavjud bo’lgan.
Ichan qal'a bobolarimizdan qolgan o’rta Osiyodagi yirik va noyob me'moriy yodgorlikdir. U ming gumbaz shahri nomi bilan mashhur. Ichan qal'a Xiva shahrining ichki qal'a (Shahriston) qismidir.
www.arxiv.uz
ICHAN QAL'A
DARVOZALARI
Bog’cha,
Polvon
Tosh
Ota
Ichan qal’ani bunyod etishda Xiva me'morlari o’rta Osiyoda qadimdan davom etib kelayotgan an'ana — inshootlarni ro’parama-ro’para qurish usulidan foydalanishgan. Bu usul ,,qo'sh" deb ataladi.
Xorazm o’lkasi me'morchiligining ajoyib obidalari — madrasa, masjid, saroy va minoralar Ichan qal'ada joylashgan. Mazkur asrlar davomida Ota darvozadan Polvon darvozagachakattayo’l o’tkazildi..